Umarov Ulug‘bek Xusanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gastroezofageal reflyuks kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda surunkali tonzillitlarni kompleks tashxislash va davolash» 14.00.04 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib 4466.
Ilmiy rahbar: Amonov Shavkat Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professsor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.06.
Rasmiy opponentlar: Shamsiev Djaxangir Fazlitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Panaxian Vafa Mustafa, tibbiyot fanlari doktori, professor (Ozarbayjon Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: “Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi” AJ (Qozog‘iston).
II. Tadqiqotning maqsadi:
gastroezofageal reflyuks kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda surunkali tonzillitning klinik kechishini o‘rganish va kompleks davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gastroezofageal reflyuks kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda surunkali tonzillitning klinik-laborator va instrumental belgilariga ko‘ra 43,2% holatda eroziyali reflyuks-ezofagit turi qayd qilinishi, 54,7% holatda kasallik og‘ir va cho‘ziluvchan holatda kechishi aniqlangan;
uzoq muddat davomida oshqozon sekretining halqumga o‘tishi natijasida surunkali tonzillit va GERK o‘rtasidagi o‘zaro patogenetik bog‘liqligi ilmiy asosda aniqlanib, kislotali muhit og‘iz bo‘shlig‘i va halqum shilliq qavatining yallig‘lanish jarayonlariga ta’siri isbotlangan;
mikrobiologik tahlillar asosida, GERK bilan og‘rigan STli bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘ida asosan kuzatiladigan simbioz mikrofloraning streptococcus piogenes+staphylocccus aureus (58,2%) va streptococcus pneumoniae+ staphylocccus aureus (43,2%) turlarining kuzatilishi aniqlangan;
GERK+ST kasalligida davolashning yangi integrativ yondashuvi: reflyuksga qarshi proton pompasi ingibitorlari, mahalliy antiseptiklar va immunomodulyatorlarni o‘z ichiga olgan kompleks terapiya sxemasi taklif qilinib va ushbu usulning samarali ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 04 sentyabrdagi 24/35-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: gastroezofageal reflyuks kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda surunkali tonzillitning klinik-laborator va instrumental belgilariga ko‘ra 43,2% holatda eroziyali reflyuks-ezofagit turi qayd qilinishi, 54,7% holatda kasallik og‘ir va cho‘ziluvchan holatda kechishi aniqlangan. ilmiy yangilikning axamiyati: GERK bilan og‘rigan bemorlarda klinik - funksional, nurli va mikrobiologik tekshirishlarga asoslanib, ilk bora surunkali tonzillitning klinik kechishi, qaytalanish va og‘irlik darajasi aniqlangan. ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi: Tadqiqot natijalari Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 2025 yil 5 iyundagi 1719-7-107-TB/2025–sonli va “Andijon davlat tibbiyot instituti Yusuf Otabekov nomidagi klinikasi” davlat muassasasining 2025 yil 30 maydagi 75–sonli buyruqlari asosida amaliyotga joriy etilgan. ijtimoiy samaradorligi: GERK bilan og‘rigan bemorlarda STlarni o‘z vaqtida to‘liq tashhislash, zaruriy bo‘lgan tekshirishlarni to‘g‘ri tanlash, keraksiz yoki ortiqcha tekshiruvlar bilan bemorlarni nurlantirish kabi holatlarni cheklash davo samaradorlik darajasini 87% ga oshganligini ko‘rsatdi. iqtisodiy samaradorligi: Taklif qilingan usul bo‘yicha bitta bemorda tashxislash uchun sarflangan xarajatlari bir yil davomida kasallikning qaytalanish chastotasining kamayishini hisobga olgan holda iqtisodiy ulushi 490500 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: GERK kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda surunkali tonzillitlarni kompleks tashxislash uchun LOR a’zolarining endoskopiyasi va mikrobiologik ko‘rsatkichlar va nur tashxis tekshirishlarini qo‘llash, ularda kuzatiladigan yo‘ldosh kasalliklarni, jumladan LOR a’zolari surunkali kasalliklarini aniqlash va davolash taktikasini o‘z vaqtida to‘g‘ri tanlash imkonini beradi, shuningdek, profilaktik jihatdan ham muhim ahamiyat kasb etadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: uzoq muddat davomida oshqozon sekretining halqumga o‘tishi natijasida surunkali tonzillit va GERK o‘rtasidagi o‘zaro patogenetik bog‘liqligi ilmiy asosda aniqlanib, kislotali muhit og‘iz bo‘shlig‘i va halqum shilliq qavatining yallig‘lanish jarayonlariga ta’siri isbotlangan. ilmiy yangilikning axamiyati: Olingan klinik va instrumental tekshiruvlar natijalariga asoslanib GERK bilan og‘rigan bemorlarda ST o‘rtasidagi o‘zaro patogenetik bog‘liqlik ilmiy asosda aniqlanib, kislotali muhit og‘iz bo‘shlig‘i va halqum shilliq qavatining yallig‘lanish jarayonlariga ta’siri ishonchli ravishda isbotlangan. ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi: Tadqiqot natijalari Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 2025 yil 5 iyundagi 1719-7-107-TB/2025–sonli va “Andijon davlat tibbiyot instituti Yusuf Otabekov nomidagi klinikasi” davlat muassasasining 2025 yil 30 maydagi 75–sonli buyruqlari asosida amaliyotiga joriy etilgan. ijtimoiy samaradorligi: GERK bilan og‘rigan bemorlarda surunkali tonzillitning avj olib ketuvchi shakllariga o‘tishini kamaytirish, ichki a’zolarga asoratlarini oldi olindi, tadbiq natijasida davolanish muddati qisqardi, bemorlarda hayot sifati ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga erishildi, qo‘shimcha jarrohlik aralashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan noqulayliklar bartaraf etildi. iqtisodiy samaradorligi: GERK va ST bilan og‘rigan bemorlarda bitta bemorga sarflangan sarf xarajati bo‘yicha aniqlanib, tavsiya qilingan usul bo‘yicha bitta bemor uchun o‘rtacha sarflangan sarf xarajat miqdori va an’anaviy usul xarajatlari o‘rtacha bir yillik qaytalanishi (o‘rtacha 4,2 marotaba) hisobga olgan holda, iqtisodiy ulushi 3675000 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: GERK bilan og‘rigan bemorlarni to‘liq yo‘naltirilgan ravishda tekshirishlardan o‘tishi hamroh kasallikni to‘g‘ri va o‘z vaqtida aniqlashdan tashqari, davo muolajalarini to‘g‘ri tanlashga, shuningdek iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lishi yuqori ahamiyat kasb etadi. Yuqori klinik samaraga erishish bilan birga, bemorlarda moliyaviy mablag‘ tejalishi, ularda qatnovlar sonining kamayishi va bemorlar salomatligini saqlanishi ta’minlanadi va profilaktik jihatdan ham muhim o‘rin egallaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: mikrobiologik tahlillar asosida, GERK bilan og‘rigan STli bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘ida asosan kuzatiladigan simbioz mikrofloraning streptococcus piogenes+staphylocccus aureus (58,2%) va streptococcus pneumoniae+ staphylocccus aureus (43,2%) turlarining kuzatilishi aniqlangan. ilmiy yangilikning axamiyati: GERK bilan og‘rigan bemorlarda tanglay murtaklaridan olingan surtma mikroflorasining tarkibini o‘rganish surunkali tonzillitning kechishida alohida o‘rni aniqlangan. GERK bilan og‘rigan bemorlarda surunkali tonzillitning turli og‘irlik darajalaridagi kilinik alomatlarini erta aniqlash imkonini bergan. ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi: Tadqiqot natijalari Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 2025 yil 5 iyundagi 1719-7-107-TB/2025–sonli va “Andijon davlat tibbiyot instituti Yusuf Otabekov nomidagi klinikasi” davlat muassasasining 2025 yil 30 maydagi 75–sonli buyruqlari asosida amaliyotiga joriy etilgan. ijtimoiy samaradorligi: GERK bilan og‘rigan bemorlarda tanglay murtaklaridan olingan surtmani tahlil qilish va o‘z vaqtida tegishli davo choralarini qo‘llash, qo‘shaloq kasallikning turli asoratlarini oldini olish, kasallik oqibatini o‘z vaqtida bashorat qilishni takomillashtirish va bemorlarning tezroq sog‘ayib ketishi, ularning shifoxonada bo‘lish kunlarining qisqarishi, shu orqali bemorlarning hayot sifati va ularning sog‘lomlashtirish holatini oshirish imkonini bergan. iqtisodiy samaradorligi: GERK zaminida surunkali tonzillit bilan og‘rigan bemorlarda kompleks davo-choralarining erta qo‘llanilishi kasallikning klinik simptomlarining tez yaxshilanishiga, hayotiy funksiyalarining barqarorlashishiga va reaktivlik faoliyatining oshishiga yordam bergan. Xulosa: GERK zaminida surunkali tonzillit bilan og‘rigan bemorlarda tanglay murtaklaridan olingan mikrobiologik surtmaning ma’lumotlariga asoslanib, taklif qilingan usul bo‘yicha davo rejasini amalga oshirish kasallikning remissiya davrining o‘rtacha 11,2±0,3 oygacha cho‘zilishi va residivlar sonining keskin kamayishi 1,1±0,03, shuningdek, tavsiya qilingan davo muolajalarining ishonchli va xavfsiz usul bo‘lishi, jumladan, uning nojo‘ya ta’siri va noxush asoratlari juda kam holatlarda qayd qilinishi amalda isbotlangan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: GERK+ST kasalligida davolashning yangi integrativ yondashuvi: reflyuksga qarshi proton pompasi ingibitorlari, mahalliy antiseptiklar va immunomodulyatorlarni o‘z ichiga olgan kompleks terapiya sxemasi taklif qilinib va ushbu usulning klinik jihatdan samarali ekanligi isbotlangan. ilmiy yangilikning axamiyati: GERK bilan og‘rigan bemorlarda, ishlab chiqilgan ST ning kompleks konservativ va jarrohlik usuliga asoslangan holda bajarilishi, yuqori klinik samara berishi bilan bir qatorda, reabilitatsiya jarayonlarining yaxshilanishi bilan alohida ahamiyat kasb etishi tafsiflangan. ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi: Tadqiqot natijalari Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 2025 yil 5 iyundagi 1719-7-107-TB/2025–sonli va “Andijon davlat tibbiyot instituti Yusuf Otabekov nomidagi klinikasi” davlat muassasasining 2025 yil 30 maydagi 75–sonli buyruqlari asosida amaliyotiga joriy etilgan. ijtimoiy samaradorligi: Bajarilgan konservativ va jarrohlik amaliyotidan so‘ng kasallik uzoq vaqt muddatda o‘rganilganda, tavsiya qilingan usuldan foydalanilgan gurux bemorlarida GERK zaminidagi STda asoratli va progressirlovchi shakllarning rivojlanish xavfini kamaytirish va turli xil asoratlarining oldini olish, mikst kasalliklardan aziyat chekuvchi bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va nogironlikni kamaytirish imkonini bergan. iqtisodiy samaradorligi: GERK va ST bilan og‘rigan bemorlarda bitta bemorga sarflangan sarf xarajati o‘rin kun bo‘yicha aniqlanib, tavsiya qilingan usul bo‘yicha bitta bemor uchun o‘rtacha sarflangan o‘rin kun sarf xarajat miqdori statsionar davolash muddatini 3,9 kunga kamayishi hisobga olgan holda, iqtisodiy ulushi 1248000 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: GERK bilan og‘rigan bemorlarda uchraydigan surunkali tonzillitni kompleks davolashning uzoq muddatdagi klinik tahlil natijalariga asoslanib, shunday xulosa chiqarish mumkinki, ushbu tadqiqot davomida olingan natijalar kompleks konservativ va jarrohlik davo usullarining ijobiy ta’sirini yaqqol namoyon qilib, olingan samaradorlik 91,2% ni tashkil etib, oshqozon-ichak tizimidagi patologik jarayonning faolligini kamaytirishga va ST+GERK bo‘lgan bemorlarda klinik-laboratoriya ko‘rsatkichlarining uzoq va davomli klinik remissiya davriga o‘tishiga, shuningdek, kasallikning qaytalanish ehtimolligini kamaytiradigan istiqbolli yondashish hisoblanadi.