Sa’dullaev Aziz Akmal o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi  e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘smir kurashchilarda musoboqa oldi xavotirlanish hissini engib o‘tishning psixologik xususiyatlari”. 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/P768.
Ilmiy rahbar: Bahrom Juraev, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro xalqaro universiteti, PhD.03/2025.27.12.R.43.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Obid Safarovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor. 
Akramov Abdufattoh Shavkatovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi  tashkilot:  Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘smir kurashchi sportchilarda musobaqa oldi xavotirlanish hissini engib o‘tishning psixologik xususiyatlarini o‘rganish hamda uning o‘ziga xos jihatlarini ochib berishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
o‘smir kurashchi sportchilarda musobaqa oldi xavotirlanish hissini engib o‘tish natijasida, «irodaviy harakat-qaror qabul qilish-vaziyatlarni engib o‘tish-muvaffaqiyatga erishish» singari omillar ularda nazorat, qat’iylik, mas’uliyatlilik xususiyatlarini rivojlantirganligi aniqlangan; 
o‘smir kurashchi sportchilarda muvaffaqiyasizlikdan qochish, jur’atsizlik, vaziyatli xavotir, atrofdagilardan madad kutish, irodaviy mas’uliyasizlik, qat’iyasizlik singari psixologik birliklar tufayli xavotirlanish hissi shakllanishi isbotlangan;
o‘smir kurashchi sportchilar faoliyatida irodaviy matonat, muvaffaqiyatga erishish, nazorat, irodaviy mas’uliyatlilik, g‘ayratlilik, jur’atlilik va qat’iylik kabi xususiyatlar shakllanishi natijasida, yuqori ahamiyatli faktorlarga birlishganligi asoslangan;
o‘smir kurashchi sportchilarda musobaqa oldi xavotirlanish hissini engib o‘tish samaradorligiga qaratilgan psixokorreksion dastur va “havotirlanish hissini engib o‘tishga mo‘ljallangan to‘rt bosqichli” psixologik model ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘smir kurashchi sportchilarda musobaqa oldi xavotirlanish hissini engib o‘tishning psixologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida: 
o‘smir kurashchi sportchilarda musobaqa oldi xavotirlanish hissini engib o‘tish natijasida, «irodaviy harakat-qaror qabul qilish-vaziyatlarni engib o‘tish-muvaffaqiyatga erishish» singari omillar ularda nazorat, qat’iylik, mas’uliyatlilik xususiyatlarini rivojlantirganligi aniqlanganligiga doir natijalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv ilmiy markazining 2025-yil 25-iyundagi  PM-100-sonli buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv ilmiy markazining 2025-yil 25-iyundagi  PM-100-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sport ta’lim muassasalari o‘quvchilarida musobaqa oldi xavotirlanish hissini engib o‘tishning psixologik jihatlarini takomillashtirishga erishilgan.
o‘smir kurashchi sportchilarda muvaffaqiyasizlikdan qochish, jur’atsizlik, vaziyatli xavotir, atrofdagilardan madad kutish, irodaviy mas’uliyasizlik, qat’iyasizlik singari psixologik birliklar tufayli xavotirlanish hissi shakllanishi isbotlanganligiga oid natijalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv ilmiy markazining 2025-yil 25-iyundagi  PM-100-sonli buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv ilmiy markazining 2025-yil 25-iyundagi  PM-100-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, xavotirlanish hissini engib o‘tishda murabbiylar va sport psixologlari faoliyatining metodik ta’minotini boyitishga xizmat qilgan. 
o‘smir kurashchi sportchilar faoliyatida irodaviy matonat, muvaffaqiyatga erishish, nazorat, irodaviy mas’uliyatlilik, g‘ayratlilik, jur’atlilik va qat’iylik kabi xususiyatlar shakllanishi natijasida, yuqori ahamiyatli faktorlarga birlishganligi asoslanganligiga doir natijalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv ilmiy markazining 2025-yil 25-iyundagi  PM-100-sonli buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv ilmiy markazining 2025-yil 25-iyundagi  PM-100-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kurashchi sportchilarni bo‘lajak musobaqalarga tayyorligini aniqlashning psixodiagnostik vositalarini takomillashtirishga xizmat qilgan; 
o‘smir kurashchi sportchilarda musobaqa oldi xavotirlanish hissini engib o‘tish samaradorligiga qaratilgan psixokorreksion dastur va “havotirlanish hissini engib o‘tishga mo‘ljallangan to‘rt bosqichli” psixologik model ishlab chiqilganligiga doir takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv ilmiy markazining 2025-yil 25-iyundagi  PM-100-sonli buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv ilmiy markazining 2025-yil 25-iyundagi  PM-100-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur taklifning joriy etilishi sport maktablarida faoliyat yuritadigan mutaxassislarni psixologik xizmat faoliyatiga doir, bilim, malaka, ko‘nikma va kompetensiyalarini oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish