Qobiljonova Shaxnoza Rustam qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisosliklar shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Me’da ichak traktining buzilishi bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarda allergik kasalliklarning oldini olishning gigienik jixatlari», 14.00.07 – Gigiena, 14.00.09 - Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4522.
Ilmiy rahbarlar: Salomova Feruza Ibodullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mirraximova Maktuba Xabibullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mamasaidov Jamoliddin Turg‘inbaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Xolmatova Barno Turdixodjaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti. 
II. Tadqiqotning maqsadi: me’da-ichak trakti kasalliklari mavjud bo‘lgan maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarda allergik kasalliklarning oldini olishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
allergik kasalliklarga chalingan maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarda birga kechadigan oshqozon-ichak kasalliklarining tarqalishi va nozologik tuzilishi, hamda gigienik jihatdan ahamiyatli omillarning salbiy ta’sirining ko‘rsatkichi sifatida ularning chastotasi aniqlangan; 
ovqat hazm qilish tizimi patologiyalari allergik kasalliklar bilan birga kechgan bolalarda jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari hamda organizmning yetakchi tizimlarining funksional ko‘rsatkichlari (o‘pkaning tiriklik sig‘imi, jismoniy tolerantlik darajasi) sog‘lom bolalarga nisbatan sezilarli darajada pasayishi aniqlanib, ushbu salbiy o‘zgarishlarning hamrox patologiyalar bilan bog‘liqligi asoslangan;
allergik kasalliklar rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy tibbiy-biologik va sanitar-gigienik xavf omillari baholanib, og‘ir allergoanamnez, antibiotiklarni erta yoshdan va ko‘p qo‘llash, ichak mikrobiotsenozining buzilishi, tartibsiz ovqatlanish, fasfud, kolbasa va  qandolat mahsulotlari ortiqcha iste’mol qilish, nomuvofiq mikroiqlim, havodagi yuqori chang miqdorining yuqori prognostik ahamiyatga ega ekanligi asoslangan;
ovqat hazm qilish tizimi va allergik kasalliklari mavjud maktabgacha yoshdagi bolalar uchun personallashtirilgan tashxislash va davolash bayonnomalari, sanitar-gigienik tavsiyalar hamda dispanser kuzatuvni qamrab olgan multidissiplinar profilaktika dasturi ishlab chiqilib, uning amaliyotga joriy etilishi kasallik residivining kamayishi, bolalarda hayot sifati yaxshilanishi va tibbiy yordam samaradorligini oshirishini ta’minlashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Me’da ichak traktining buzilishi bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarda allergik kasalliklarning oldini olishning gigienik jihatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yanglilik: allergik kasalliklarga chalingan maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarda birga kechadigan oshqozon-ichak kasalliklarining tarqalishi va nozologik tuzilishi, hamda gigienik jihatdan ahamiyatli omillarning salbiy ta’sirining ko‘rsatkichi sifatida ularning chastotasi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 4 martda 01-24694-t-son bilan tasdiqlangan «Algortm gigienicheskoy otsenki riskov razvitiya allergicheskix zabolevaniy u detey doshkol`nogo vozrasta» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi bo‘yicha 30.01.2026 yildagi 02-/27-son  hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi bo‘yicha 16.01.2026 yildagi 03T-2-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 oktyabrdagi  26/15-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ovqat hazm qilish tizimi patologiyalari tashxislangan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda retrospektiv tahlillar asosida allergik kasalliklar bilan bog‘liq murojaatlar sonining umumiy populyasiya ko‘rsatkichidan sezilarli darajada yuqoriligi hisobiga allergik kasalliklarning ortishi va me’da ichak tizimi faoliyatining pasayishi oldini olish tartibi va davolash taktikasini tanlash tiklash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: kompleks gigienik chora-tadbirlarni joriy etish orqali ovqat hazm qilish tizimi patologiyalari tashxislangan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda kasallikning surunkali shakllariga o‘tishini kamaytirish va davolanishga bo‘lgan ehtiyojni qisqartirish natijasida bir nafar bemor hisobiga davolanish uchun sarflanadigan o‘rtacha 180000 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: ovqat hazm qilish tizimi patologiyalari allergik kasalliklar bilan birga kechgan bolalarda jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari hamda organizmning yetakchi tizimlarining funksional ko‘rsatkichlari (o‘pkaning tiriklik sig‘imi, jismoniy tolerantlik darajasi) sog‘lom bolalarga nisbatan sezilarli darajada pasayishi aniqlanib, ushbu salbiy o‘zgarishlarning hamrox patologiyalar bilan bog‘liqligi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 4 martda 01-24694-t-son bilan tasdiqlangan «Algortm gigienicheskoy otsenki riskov razvitiya allergicheskix zabolevaniy u detey doshkol`nogo vozrasta» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi bo‘yicha 30.01.2026 yildagi 02-/27-son  hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi bo‘yicha 16.01.2026 yildagi 03T-2-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 oktyabrdagi  26/15-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ovqat hazm qilish tizimi patologiyalari allergik kasallik bilan birga kechgan bolalarda jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari va bola organizmi yetakchi tizimlarining funksional ko‘rsatkichlari sog‘lom bolalarga nisbatan sezilarli darajada pasayishi, o‘pkaning tiriklik sig‘imi, jismoniy tolerantlik darajasining salbiy oqibatlarining o‘rni va hamrox patologiyalarga bog‘liqligining o‘rni isbotlash orqali xastlikni oldini olish va hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: kompleks gigienik chora-tadbirlarni joriy etish orqali ovqat hazm qilish tizimi patologiyalari tashxislangan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda kasallikning surunkali shakllariga o‘tishini kamaytirish va davolanishga bo‘lgan ehtiyojni qisqartirish natijasida bir nafar bemor hisobiga davolanish uchun sarflanadigan o‘rtacha 180000 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: allergik kasalliklar rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy tibbiy-biologik va sanitar-gigienik xavf omillari baholanib, og‘ir allergoanamnez, antibiotiklarni erta yoshdan va ko‘p qo‘llash, ichak mikrobiotsenozining buzilishi, tartibsiz ovqatlanish, fasfud, kolbasa va  qandolat mahsulotlari ortiqcha iste’mol qilish, nomuvofiq mikroiqlim, havodagi yuqori chang miqdorining yuqori prognostik ahamiyatga ega ekanligi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 4 martda 01-24694-t-son bilan tasdiqlangan «Algortm gigienicheskoy otsenki riskov razvitiya allergicheskix zabolevaniy u detey doshkol`nogo vozrasta» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi bo‘yicha 30.01.2026 yildagi 02-/27-son  hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi bo‘yicha 16.01.2026 yildagi 03T-2-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 oktyabrdagi  26/15-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: allergik kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo‘luvchi asosiy tibbiy-biologik va sanitar-gigienik omillar og‘ir allergoanamnezning ortishi, antibiotiklarni erta yoshdan ko‘p qo‘llanilishi, mikrobiotsenozning buzilishi, tartibsiz ovqatlanishdagi fasfutlar, kolbasa mahsulotlari va  qandolatlarning o‘rni, havo tarkibidagi ortiqcha chang miqdorining yuqori prognostik ahamiyatini inobatga olgan tartibida bolalarni shifoxonada qolish muddatini qisqartirish, xastlikni erta tashxislash va davolash samaradorligini oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: kompleks gigienik chora-tadbirlarni joriy etish orqali ovqat hazm qilish tizimi patologiyalari tashxislangan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda kasallikning surunkali shakllariga o‘tishini kamaytirish va davolanishga bo‘lgan ehtiyojni qisqartirish natijasida bir nafar bemor hisobiga davolanish uchun sarflanadigan o‘rtacha 180000 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ovqat hazm qilish tizimi va allergik kasalliklari mavjud maktabgacha yoshdagi bolalar uchun personallashtirilgan tashxislash va davolash bayonnomalari, sanitar-gigienik tavsiyalar hamda dispanser kuzatuvni qamrab olgan multidissiplinar profilaktika dasturi ishlab chiqilib, uning amaliyotga joriy etilishi kasallik residivining kamayishi, bolalarda hayot sifati yaxshilanishi va tibbiy yordam samaradorligini oshirishini ta’minlashi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 4 martda 01-24694-t-son bilan tasdiqlangan «Algortm gigienicheskoy otsenki riskov razvitiya allergicheskix zabolevaniy u detey doshkol`nogo vozrasta» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi bo‘yicha 30.01.2026 yildagi 02-/27-son  hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi bo‘yicha 16.01.2026 yildagi 03T-2-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 oktyabrdagi  26/15-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: personallashtirilgan tashxislash va davolash bayonnomalari, sanitar-gigienik tavsiyalar, dispanser kuzatuv tizimini qamrab olgan multidissiplinar profilaktika dasturi ishlab chiqish  va ushbu dasturning joriy etilishi me’da ichak traktining buzilishi bo‘lgan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda allergik kasalliklarning oldini olishning gigienik jixatlarini tatabiq etish orqali bolalarda kasallik residivining kamayishi, hayot sifatini yaxshilash, samarali tashxislash va davolash taktikasini to‘g‘ri tanlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: kompleks gigienik chora-tadbirlarni joriy etish orqali ovqat hazm qilish tizimi patologiyalari tashxislangan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda kasallikning surunkali shakllariga o‘tishini kamaytirish va davolanishga bo‘lgan ehtiyojni qisqartirish natijasida bir nafar bemor hisobiga davolanish uchun sarflanadigan o‘rtacha 180000 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish