Norbekov Raxmatilla Eshpulatovichning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Isajon Sultonning “Abu Rayhon Beruniy” romanida tarixiy voqelikning badiiy talqini” 10.00.02 - O‘zbek adabiyoti. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil2720 
Ilmiy rahbar: Davlatova Adiba Raxmatovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirqich  davlat pedagogika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK raqami: DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05. 
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Imomova Gulchehra Muxammadievna; filologiya fanlari doktori, professor Ashurova Gulbahor Nurillaevna. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi. Zamonaviy o‘zbek romanchiligida Isajon Sulton ijodining o‘rni,  tarixiy asarlar va obraz yaratish mahorati, yozuvchi ijodida Beruniy shaxsiyatiga yondashish tendensiyasini aniqlash, “Abu Rayhon Beruniy” romani misolida epik tasvir qonuniyatlari, qahramonlar portreti,  xarakteri va ruhiyatini badiiy to‘qima tasviridan kelib chiqqan holda ilmiy baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: yozuvchining Sharq Renessansi asoschilaridan biri bo‘lgan Abu Rayhon Beruniy tarixiy-biografik asari yaratishishida mutafakkirning tarixiy merosi va asl manbalarga tayangan holda o‘tmish voqea-hodisalarini badiiy rivoyatlar va kichik hikoyatlar talqinida tasvirlash mahorati tarixiy jarayonlarni zamonaviy o‘quvchiga real va keng epik ko‘lamda etkazishga xizmat qilishi zamonaviy o‘zbek tarixiy prozasida yangi bosqichni ifodalagani asoslangan;
yozuvchining o‘ziga xos badiiy uslubi asarning tili, qahramonlar ruhiyatidagi evrilishlar, xarakterlar tasviri, poetik unsurlar asosida epik ko‘lam mazmum-mohiyatini boyitib borishi isbotlangan;
“Abu Rayhon Beruniy” romani biografik asosi, tarixiy koloriti, obrazlar tasvirida faktlardan foydalanish, istorizmlarni qo‘llash mahorati asosida yozuvchining zamonaviy ijtimoiy masalalarni, umumbashariy muammolarni ham badiiy tasvirlar orqali taqdim etish mahorati zamonaviy o‘qirmanni davrlar osha asar mohiyati va yozuvchi niyatini anglashi ochib berilgan; 
tarix va badiiy adabiyot sinkretizmi, xarakterlash va poetik ifoda uyg‘unligi, obraz yaratish va tasvir obektlariga nazariy-estetik yondashuv asosida tarixiy voqelik syujeti va qahramonlar tasviriga ko‘ra tarixiy roman kompozision butunlikda realistik asar ham bo‘lishi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  
Isajon Sultonning “Abu Rayhon Beruniy” romanida tarixiy voqelikning badiiy talqini muammosi tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
yozuvchining Sharq Renessansi asoschilaridan biri bo‘lgan Abu Rayhon Beruniy tarixiy-biografik asari yaratishishida mutafakkirning tarixiy merosi va asil manbalarga tayangan holda o‘tmish voqea-hodisalarini badiiy rivoyatlar va kichik hikoyatlar talqinida tasvirlash mahorati tarixiy jarayonlarni zamonaviy o‘quvchiga real va keng epik ko‘lamda etkazishga xizmat qilishi zamonaviy o‘zbek tarixiy prozasida yangi bosqichni ifodalagani bilan bog‘liq tahlillardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2023-yillarda bajarilgan “IL-52 tur-21091433 raqamli “O‘zbek milliy madaniyatiga xos atamalarga oid maqolalar bazasini yaratish” (Vikipediya elektron ensiklopediyasi mezonlari asosida)” nomli amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUning 2025-yil 10-dekabrdagi 04/1-5922-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, asar syujetida prototip qahramonning badiiy qiyofasi namoyon bo‘lib, tarixiy voqelikning badiiy talqiniga doir xulosalar elektron platforma materiallarining ilmiy-nazariy jihatdan xilma-xilligini ta’minlagan;
Isajon Sultonning “Abu Rayhon Beruniy” romanidagi yozuvchi badiiy uslubi, individual asar tili, qahramon ruhiyatidagi evrilish, epik ko‘lam va xarakter tasviri kabi poetik unsurlar, biografik asos, tarixiy kolorit, obrazlar tasvirida faktlardan foydalanish, istorizmlarni qo‘llash, yozuvchining ijtimoiy masalalar tasviri negizida badiiy niyatining o‘rni, Abu Rayhon Beruniy va unga yondosh qahramonlar, o‘tmish manzarasi, qadim xalqlardan qolgan ilmiy, madaniy, falsafiy yodgorliklar misolida asoslangan ilmiy xulosalardan “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” va “Buyuk tarix” ko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 1-dekabrdagi 01-33/907-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ko‘rsatuv ilmiy dalillar bilan boyitilib, tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan.
“Abu Rayhon Beruniy” romani biografik asosi, tarixiy koloriti, obrazlar tasvirida faktlardan foydalanish, istorizmlarni qo‘llash mahorati asosida yozuvchining zamonaviy ijtimoiy masalalarni, umumbashariy muammolarni ham badiiy tasvirlar orqali taqdim etish mahorati zamonaviy o‘qirmanni davrlar osha asar mohiyati va yozuvchi niyatini anglashi ochib berilgani; tarix va badiiy adabiyot sinkretizmi, xarakterlash va poetik ifoda uyg‘unligi, obraz yaratish va tasvir obektlariga nazariy-estetik yondashuv asosida tarixiy voqelik syujeti va qahramonlar tasviriga ko‘ra tarixiy roman kompozision butunlikda realistik asar ham bo‘lishi bilan bog‘liq tahlillardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan “PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUning 2025-yil 10-dekabrdagi 04/1-5921-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tarixiy voqelikning badiiy talqiniga doir ilmiy xulosalar elektron platforma materiallarini boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish