Halimova Sayyora Abdurahimovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda milliy jurnalistikani shakllanishida jadid publisistikasining o‘rni”,  10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № V 2022.4.DSc/Fil502
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Saidov Halim Amanovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, DSc.03/2025.27.12 Fil.03.01
Rasmiy opponentlar:  filologiya fanlari doktori, professor  Muxtor Xudoyqulov,   filologiya fanlari doktori, professor Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor Masharipova Tamara Joldasbaevna.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda milliy jurnalistika shakllanishida jadid publisistikasining o‘rni va ahamiyatini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jadid publisistikasi jurnalistik nuqtayi nazardan kompleks tahlil qilinib, uning milliy mediatizimning shakllanishi va transformatsiyasida epistemologik omil ekanligi aniqlangan,
 jadid publisistikasidagi mavzular ilmiy klassifikatsiya asosida tizimlashtirilib, matbuotning integrativ tabiati, uning emotsional va intellektual ta’sir mexanizmlari hamda mavzular spektrining xilma-xilligi aniqlangan;
 jadid publisistikasida janrlarning shakllanishi, tadrijiy rivoji va integratsion jarayonlari tahlil qilinishi natijasida janr tizimidagi diversifikatsiya hamda funksional evolyusiyasi dalillangan;
jadid publisistikasi lingvistik me’yorlar, milliy til siyosati va imlo qoidalarining tarixiy shakllanishi nuqtayi nazaridan kompleks tahlil qilinib, ularning unifikatsion funksiyasi milliy matbuot tilining kommunikativ obrazini shakllantiruvchi omil ekanligi asoslab berilgan;
milliy noshirlik infratuzilmasi va uning ijtimoiy-kommunikativ mexanizmlari tahlil qilinib, jadid publisistlarining lokal ekspertlik salohiyatini shakllantirish, media-homiylik tizimini joriy etish hamda kommunikatsion mobilizatsiya strategiyalarini amalga oshirishdagi innovatorlik roli dalillangan;
jadid publisistikasining diskursiv kompetensiyasi Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida aks etgan demokratik islohotlarning g‘oyaviy-manaviy ildizlari bilan genetik aloqada o‘rganilib, jamiyatda yangicha dunyoqarash modelini shakllantirish, milliy birlikni mustahkamlashdagi institutsional va intellektual resurs sifatidagi o‘rni dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot mavzusi yuzasidan ishlab shiqilgan nazariy-metodologik va amaliy takliflar asosida:
jadid publisistikasida ilgari surilgan ilg‘or g‘oyalar yosh avlodda yangisha dunyoqarashning shakllanishi, millatning milliy o‘zligini anglashida bebaho ma’naviy va madaniy meros sifatida muhim manba ekanligiga doir xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan ko‘rsatuvlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2025-yil 2-maydagi 01-30/290-son ma’lumotnomasi). Natijada telekanalning “Aslida qanday?” ko‘rsatuvida milliy uyg‘onish davri jadid matbuotining tarixi, uning yirik namoyandalari Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Ubaydulla Asadullaxo‘jaev, Abdurauf Fitrat publisistikasida ko‘tarilgan dolzarb masalalar, fakt va dalillardan foydalanilgan;
dissertatsiyada keltirilgan janrlar integratsiyasi, shakllanish bosqishlari, tadrijiy taraqqiyot xususiyatlari hamda jadid publisistikasining milliy matbuotimiz tarixidagi o‘rni, shakllanish bosqishidagi ahamiyatini ko‘rsatishga qaratilgan ilmiy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, Fan va Innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqot markazi tomonidan “60320100-jurnalistika” ta’lim yoʻnalishining malaka talabi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, Fan va Innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqot markazining 2025-yil 14-maydagi 02/01-01-171-sonli ma’lumotnomasi). Natijada jurnalistika yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar va yosh tadqiqotshilar ushun mo‘ljallangan fan dasturlari XX asr milliy uyg‘onish davri publisistikasiga oid mavzular bilan boyitilgan;
tadqiqot ishidagi demokratik xarakterdagi ma’rifatparvarlik g‘oyalari negizida mamlakatda ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy, ma’naviy sog‘lom va erkin muhitni shakllantirish, vatanparvar avlodni tarbiyalashda jadidlar publisistikasining o‘rni va ahamiyati to‘g‘risidagi xulosalardan O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi tomonidan OAV faoliyatini rivojlantirish, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy yoʻnalishdagi nashrlar, ularning mazmun-mohiyati, mavzular xilma-xilligini boyitishda fundamental asos sifatida foydalanildi (O‘zbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasining 2025-yil 14-maydagi 01-25/210-son ma’lumotnomasi). Natijada OAVda jadid publisistlari ijodiga doir materiallar, mavzular qamrovini oshirish, ular ijodini, ilg‘or g‘oyalarini keng targ‘ib etish, “Yosh kitobxonlar”, “Jadid izdoshlari” kabi ko‘rik tanlovlarda samaradorlikka erishilgan. Shuningdek, tadqiqot bosma nashrlarda tahririyat marketing faoliyatini rivojlantirishda ham muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.
dissertatsiyada ilgari surilgan jadid publisistlarining konseptual g‘oyalari Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasiga oid islohotlarning genetik asosi ekanligi, bu ijodiy meros yosh avlodda yangisha dunyoqarashning shakllanishida, millatning milliy o‘zligini anglashida bebaho ma’naviy va madaniy meros sifatida milliy uyg‘onish davriga oid barsha nashrlarni arab alifbosidan o‘zbek alifbosiga tabdil qilish, mualliflar kesimida mavzular, janrlar tasnifi bo‘yisha xrestomatiya to‘plamlarini yaratish kabi xulosa va takliflardan “JADID” gazetasi  materiallarini tayyorlashda foydalanildi (“JADID” gazetasining 2025-yil 16-maydagi 01/05/118-sonli dalolatnomasi, O‘zbekiston Yozuvshilar Uyushmasining 2025-yil, 9-iyuldagi 01/03/290-sonli ma’lumonomasi). Natijada “Jadid” gazetasi buyuk ma’rifatparvar jadid bobolarimizning millatni isloh etishga doir ilg‘or g‘oyalari “Manbalar”, “Boqiy meros”, “Moziy sabog‘i” kabi ruknlar ostida taniqli adabiyotshunos, yozuvshi, publisist, olim va tarixshilarning ilmiy-ommabop maqolalari tabdil qilingan yangi manbalar asosida mazmunan, g‘oyaviy jihatdan boyitildi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Ubaydulla Asadullaxo‘jaev, Abdulhamid Sho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Said Rizo Alizoda kabi jadid ma’rifatparvarlarining milliy davlatshilik konsepsiyasi, demokratik ruhdagi ilg‘or g‘oyalari jamiyatning demokratlashuvida, xolis tanqidiy fikrning rivojlanishida muhim manba ekanligiga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va Ommaviy kommunikatsiyalar Agentligi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi faoliyatini yanada yangi manbalar bilan boyitishda foydalanildi (Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2025-yil 1-iyuldagi 21/20/951-sonli ma’lumotnomasi).     Natijada tadqiqot doirasida shop etilgan “Ubaydulla Asadullaxo‘jaev va “Sadoi Turkiston”, “Jadidlar publisistikasi”, “Milliy uyg‘onish davri publisistikasi” nomli monografiya va o‘quv qo‘llanmalar, “Sadoi Turkiston” gazetasining bibliografik ko‘rsatkishi kutubxonaning “Nodir nashrlar” bo‘limini yangi manbalar bilan boyitdi va jadid matbuotiga doir ishonshli axborotlarni to‘plash, tarqatish va ta’minlashni tashkil etishni yanada takomillashtirishga erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish