Erkaboeva Yoqutxon Mamasobirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Onlayn OAVda gonzo jurnalistikasi: shakllanishi va taraqqiyot tendensiyalari” (xalqaro va milliy tajriba tahlili asosida) 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fil5414
Ilmiy rahbar: Mamatova Yoqutxon Muhammadjonovna, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston   jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, DSc.03/2025.27.12 Fil.03.01
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Muhtor Xudoyqulov, filologiya           fanlari nomzodi, dotsent Olimjon Toshboev Shoyimovich, 
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat Universiteti
 Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Onlayn OAVda gonzo jurnalistikasining shakllanishi va rivojlanish tendensiyalarini xorijiy va milliy tajribalar asosida tahlil qilish, nazariy-metodologik asoslari hamda zamonaviy media maydonida tutgan o’rnini ilmiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:  
    gonzo jurnalistikasi ijtimoiy jurnalistikaning tarkibiy qismi sifatida dolzarb  voqea-hodisalarni jurnalist subektiv keskinlik asosida ekspressiv baholashi, stereotiplardan chekinishida namoyon bo‘lishi aniqlanib, kubizm, impressionizm va modernizm kabi modellari asoslangan.
    gonzo jurnalistikasining tili, uslubi va texnologik xususiyatlari tadqiqida  matnning performativlik xususiyati, manipulyativ tabiati, auditoriyaga psixologik ta’siri mexanizmlaridan “muammo-reaksiya-echim”, “e’tiborni chalg‘itish”,  faol ishtirokchi fenomeniga aylantirish kabi kommunikativ  usullari dalillangan. 
    onlayn mediada gonzo jurnalistikasi kontenti tarkibini o‘rganish orqali   raqamli media transformatsiyasi immersiv, narrativ-shaxsiy tajriba formatlarida, blog, vlog, post va podkast ko‘rinishlarida namoyon bo‘lishi aniqlangan; 
gonzo mazmunidagi chiqishlarning shakli, uslubi va usullari tahlili asosida  dolzarb ijtimoiy muammolarni jamiyatga ko‘rsatishda sarkazm, giperbola, metonimiya,  metafora kabi ifoda imkoniyatlaridan, opponent bilan polemikaga kirishish, voqeaga “sho‘ng‘ish”, “kasbini o‘zgartirish” kabi ijodiy formatlardan foydalanishi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Onlayn OAVda gonzo jurnalistikasining shakllanishi va taraqqiyot tendensiyalarini o‘rganish yuzasidan ishlab chiqilgan xulosa va amaliy takliflar asosida: 
    gonzo jurnalistikasi ijtimoiy jurnalistikaning tarkibiy qismi sifatida dolzarb  voqea-hodisalarni jurnalist subektiv keskinlik asosida ekspressiv baholashi, stereotiplardan chekinishida namoyon bo‘lishi aniqlanib,  badiiy publisistika, tahliliy va yangiliklar jurnalistikasi unsurlarini qo‘llagan holda voqea-hodisalarning xolis yoritilishi emas, balki muallifning talqinlari ustun ekanligi to‘g‘risidagi ilmiy qarashlar “uzdiplomat.uz” sayti tahririyat kontentini boyitishda foydalanilgan (“Web Factor Media” MChJ 2025-yil 3-dekabr №212-sonli ma’lumotnoma). Natijada “uzdiplomat.uz” saytidagi materiallarni yaratish va takomillashtirish hamda xodimlar malakasini oshirishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.
xorijiy va milliy medialar gonzo yo‘nalishidagi matnlarining kontent - tahlili asosida muallif pozisiyasi, “men”i real voqelikni auditoriyaga badiiy ifoda vositalaridan unumli foydalangan holda kutilmagan rakurslarda taqdim etilishi, mediamatn strukturasida hikoyaning bir nechta qatlamlari yaratilishi kabi ilmiy qarashlardan “Ishonch” nashri va gazeta sayti www.ishonch.uz faoliyatini yanada rivojlantirish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, 2025-yil 2-dekabr №BM-06-1491-sonli ma’lumotnomasi). Natijada  “Ishonch” gazetasi materiallari va sayt faoliyatining mazmun sifati, mavzu rang-barangligi ta’minlashga  va uni ommalashtirishga erishilgan. 
    onlayn mediada gonzo jurnalistikasi kontenti tarkibini o‘rganish orqali   raqamli media transformatsiyasi jarayonida immersiv, narrativ-shaxsiy tajriba formatlarida, blog, vlog, post va podkast ko‘rinishlarida namoyon bo‘lishi  to‘g‘risidagi xulosa va takliflardan “Mushtum” jurnali tahririyati faoliyatida foydalanilgan (“Mushtum ijodiy uyi” MChJ 2025-yil 3-dekabr №21-sonli ma’lumotnomasi). Natijada jurnal materiallarni sifatini yaxshilash va  takomillashtirish hamda soha mutahassislarning malakasini oshirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari takomillashgan.  
    gonzo mazmunidagi chiqishlarning shakli, uslubi va usullarini tahlili asosida  dolzarb ijtimoiy muammolarni  turli janrlarda, karikaturalarda  sarkazm, giperbola, metonimiya, metafora kabi ifoda imkoniyatlaridan, opponent bilan polemikaga kirishish, voqeaga “sho‘ng‘ish”, “kasbini o‘zgartirish” kabi ijodiy yondashuvlardan keng foydalanish kabi xulosa va tavsiyalardan “Hurriyat” gazetasi materiallari tahlilida foydalanilgan (O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi, 2025-yil 1-dekabr №02-18/294 ma’lumotnomasi). Natijada tahririyat materiallarini takomillashtirishga, loyiha tarkibidagi podcast va vlog tayyorlashga, boshlovchilar mahoratini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish