Suyunova Zarina Muzaffar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanida milliy ruh va epik tasvir mutanosibligi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (XX asr o‘zbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3362.
Ilmiy rahbar: Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.41.01.
Rasmiy opponentlar:Yaqubov Islomjon Axmedjanovich, filologiya fanlari doktori, professor; To‘laganova Sanobar Panjievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: milliy ruh va epik tasvir mutanosibligi masalasini Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romaniga xos epik tasvir qonuniyatlari, qahramonlar portreti, xarakteri, peyzaj va ruhiyat uyg‘unligi misolida ilmiy-nazariy aspektda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
badiiy nasrda milliy ruh xususiyatlarining ifodasi qonuniyatlari asoslanib, “O‘tkan kunlar” romanida milliy ruhni belgilovchi omillar – tarixiy voqelik va ijtimoiy muhit, milliy urf-odat va an’analar, asar tili va uslubi, qadriyatlar va yozuvchi estetik ideali nazariy asosda misollar orqali dalillangan;
milliy ruh ifodasiga xos bo‘lgan tamoyillar – millat axloqi, ma’rifati, eʼtiqodi va irodasining romandagi epik tasvir bilan mutanosibligi isbotlangan;
Abdulla Qodiriy “O‘tkan kunlar” romani syujeti hamda kompozisiyasining milliy ruh va epik tasvir uyg‘unligini ta’minlashdagi vazifasi tarixiy, ijtimoiy va madaniy-estetik kontekstda baholanib, milliy kolorit tasvirining asar badiiyatini yuksaltirishdagi o‘rni va ahamiyati asoslangan;
romandagi qahramonlar portreti va ularning xarakteri, peyzaj tasvirining milliy ruh va muallif hamda qahramon ruhiyatidagi ifodaviy vazifasi, milliy ruhni tasvirlovchi obrazlar poetikasi qonuniyatlari yoritilib, milliy ruhni belgilovchi mezonlar va o‘zbek xalqining milliy qadriyatlarini ifodalovchi badiiy vositalar uyg‘unligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanida milliy ruh va epik tasvir mutanosibligi tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
badiiy nasrda milliy ruh xususiyatlarining ifodasi qonuniyatlari asoslangani, “O‘tkan kunlar” romanida milliy ruhni belgilovchi omillar – tarixiy voqelik va ijtimoiy muhit, folklor, urf-odat va marosimlar, milliy til, sheva va badiiy ifoda, qadriyatlar va estetik ideallar, milliy ruh va epik tasvirning poetik obrazdagi uyg‘unligi, qahramonlar portreti va ularning xarakteri, peyzaj tasvirining milliy ruh va muallif-qahramon ruhiyatidagi ifodaviy vazifasi, milliy ruhni ifodalovchi obrazlar poetikasi hamda uni belgilovchi mezonlar, o‘zbek xalqining milliy qadriyatlarini ifodalovchi badiiy vositalar ifodasiga doir ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan “AL-662205561” raqamli “Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 14-apreldagi 01/4-1375-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihadagi mualliflik korpusi “O‘tkan kunlar” romanida milliy ruhni belgilovchi omillar haqida yangi ilmiy-nazariy umumlashmalar bilan boyitilgan;
milliy ruh ifodasiga xos bo‘lgan tamoyillar – millat axloqi, ma’rifati, eʼtiqodi va irodasining romandagi epik tasvir bilan mutanosibligi, milliy ruhning adabiy-estetik asoslari anʼanalar, qadriyatlar, madaniy va tarixiy merosga bog‘liqligi haqidagi ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan “IL-402104474” raqamli “bolalaradabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 15-apreldagi 01/4-1446-son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy ruh ifodasiga xos bo‘lgan tamoyillar – millat axloqi, ma’rifati, eʼtiqodi va irodasining romandagi epik tasvir bilan mutanosibligiga oid nazariy qarashlar loyiha materiallarining ilmiy saviyasi oshishiga xizmat qilgan;
“O‘tkan kunlar” romani syujeti va kompozisiyasining milliy ruh va epik tasvir uyg‘unligini ta’minlashdagi vazifasi tarixiy, ijtimoiy va madaniy-estetik kontekstda baholangani, milliy kolorit tasvirining asar badiiyatini yuksaltirishdagi o‘rni bilan bog‘liq ilmiy xulosalarda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan “PF-201912258” raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 15-apreldagi 01/4-1448-son ma’lumotnomasi). Natijada roman syujeti va kompozisiyasida milliy ruh va epik tasvirning aks etishiga oid ilmiy xulosalar loyiha ma’lumotlar bazasini to‘ldirgan.
romandagi qahramonlar portreti va ularning xarakteri, peyzaj tasvirining milliy ruh va muallif hamda qahramon ruhiyatidagi ifodaviy vazifasi, milliy ruhni tasvirlovchi obrazlar poetikasi qonuniyatlari yoritilib, milliy ruhni belgilovchi mezonlar va o‘zbek xalqining milliy qadriyatlarini ifodalovchi badiiy vositalar uyg‘unligi tahliliga oid ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan “AL-662205561” raqamli “Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 14-apreldagi 01/4-1375-son ma’lumotnomasi). Natijada, romandagi qahramonlar portreti va ularning xarakteri, peyzaj tasvirining milliy ruh va muallif hamda qahramon ruhiyatidagi ifodaviy vazifasiga oid nazariy qarashlar loyiha materiallarining ilmiy saviyasini oshirgan.