Abdullaev Bilolxon Xamitjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gul va bulbul” turkumidagi dostonlarning qiyosiy-matniy tadqiqi”, 10.00.10 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2023.4.PhD/Fil4270.
Ilmiy rahbar: Hasanova Shafoat Saidbekovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.41.01. 
Rasmiy opponentlar: Shodmonov Nafas Nomozovich, filologiya fanlari doktori, professor; Mahmudov Jasurbek Xusinovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: “Gul va bulbul” turkumidagi dostonlarning manbalarini ilmiy tekshirish, asarlarning matniy-qiyosiy tadqiqini amalga oshirish hamda adabiy manbashunoslik va matnshunoslikning so‘nggi yutuqlariga tayangan holda ilmiy asoslashdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Gul va bulbul” turkumidagi dostonlarning yurtimizda saqlanayotgan litografik nashrlari Salohiy qalamiga mansub “Gul va Bulbul” dostonining Buxoroda chop etilgan toshbosma nusxalari, Salohiy qalamiga mansub “Gul va Bulbul” dostonining Toshkentda chop etilgan nusxalari va O‘zga  mualliflarga tegishli bo‘lgan “Gul va bulbul” dostonlarining toshbosma nusxalari kabi uch guruhlarga ajratilgan hamda ularning tarkibiy tuzilishi, bezak xususiyatlari, nashr etilishidagi o‘ziga xosliklari   mufassal bayon etilgan;
muallifi noma’lum bo‘lgan “Hikoyayi bulbulnoma” hamda Shobanda qalamiga mansub “Gul-Bulbul” asarlarining xorijiy fondlarda saqlanayotgan mavjud nusxalariga qo‘shimcha tarzda ilgari ma’lum bo‘lmagan yangi nusxalari aniqlanib, ilmiy muomalaga kiritilgan;
Salohiy “Gul va Bulbul” dostonining hozirgacha ma’lum bo‘lgan 3402, 5354 (O‘zR FA Sharqshunoslik institutining Asosiy fondi); C847, A836, C1722, B297 (Rossiya fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondi) raqamli qo‘lyozma nusxalaridan tashqari to‘rtta qo‘lyozmasi (O‘zR FA Sharqshunoslik institutining Hamid Sulaymon fondi: 3361, 1739, 2513; O‘zR Qo‘lyozma manbalar reystri: 438) aniqlanib, ularning ilmiy tavsifi amalga oshirilgan;
Salohiy dostonning mavjud qo‘lyozma va toshbosmalari qiyosiy-matniy tekshirilib, ularning tarkibi, tuzilishi, matniy xususiyatlari, nuqson va kamchiliklari, o‘zaro farqlari (fasllarning nomlanishidagi tafovutlar, birida mavjud ikkinchisida yo‘q bo‘lgan baytlar, baytlarning birinchisi, yoki ikkinchisi farqlanuvchi o‘rinlar, sinonimlarni qo‘llanishi bilan bog‘liq jihatlar, baytlarda misralarning o‘rin almashishi, bir baytning turli o‘rinlarda kelishi, misralarda so‘zlarning o‘zaro o‘rin almashuvi, qo‘shimchalar bilan bog‘liq o‘zgarishlar aniqlangan) tahlil qilingan hamda   ijodkorning matnostida ifodalagan badiiy qarashlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Gul va bulbul” turkumidagi dostonlarning matniy-qiyosiy tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Gul va bulbul” turkumidagi dostonlarning yurtimizda saqlanayotgan litografik nashrlari Salohiy qalamiga mansub “Gul va Bulbul” dostonining Buxoroda chop etilgan toshbosma nusxalari, Salohiy qalamiga mansub “Gul va Bulbul” dostonining Toshkentda chop etilgan nusxalari va O‘zga  mualliflarga tegishli bo‘lgan “Gul va bulbul” dostonlarining toshbosma nusxalari kabi uch guruhlarga ajratilgan hamda ularning tarkibiy tuzilishi, bezak xususiyatlari, nashr etilishidagi o‘ziga xosliklari   mufassal bayon etilgan; majoziy mazmundagi asarlarning Sharq adabiyoti, jumladan, o‘zbek adabiyotidagi o‘rni va ahamiyatiga doir qarashlari haqidagi tadqiqot natijalari umumlashtirilib, ularning amaliy ahamiyati ko‘rsatib berilgan; “Gul va bulbul” turkumidagi dostonlarning manbalari va ularning tadqiqi borasidagi ilmiy-nazariy qarashlar asoslab berilgan; mazkur turkumdagi asarlarning matniy xususiyatlari tadqiq etilib, manbalarning adabiy ahmiyati aniqlangan; turli shoirlar tomonidan yaratilgan, biroq o‘zbek adabiyotida  tilga olinmagan “Gul va bulbul” dostonlari va ular borasidagi ma’lumotlar keltirilgan ilmiy xulosalardan  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan  PF-201912258 raqamli  “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti  2025-yil 17-martdagi 04/1-861-son ma’lumotnomasi). Natijada platformada jamlangan majoziy xarakterdagi asarlar borasidagi nazariy ma’lumotlar boyitildi. 
Salohiy dostonning mavjud qo‘lyozma va toshbosmalari qiyosiy-matniy tekshirilib, ularning tarkibi, tuzilishi, matniy xususiyatlari, nuqson va kamchiliklari, o‘zaro farqlari (fasllarning nomlanishidagi tafovutlar, birida mavjud ikkinchisida yo‘q bo‘lgan baytlar, baytlarning birinchisi, yoki ikkinchi misrasi farqlanuvchi o‘rinlar, sinonimlarni qo‘llanishi bilan bog‘liq jihatlar, baytlarda misralarning o‘rin almashishi, bir baytning turli o‘rinlarda kelishi, misralarda so‘zlarning o‘zaro o‘rin almashuvi, qo‘shimchalar bilan bog‘liq o‘zgarishlar aniqlangan) tahlil qilingan hamda ijodkorning matnostida ifodalagan badiiy qarashlari ochib berilgan; majoziy xarakterdagi asarlarning genezisi va tadrijiy taraqqiyotiga doir nazariy qarashlari haqidagi tadqiqot natijalari umumlashtirilib, ularning ma’naviy ahamiyati ko‘rsatib berilgan; “Gul va bulbul” turkumidagi dostonlarning manbalari va ularning tasniflash tamoyillari borasidagi xulosalar atroflicha asoslab berilgan; ayni turkumdagi dostonlarning matn xususiyatlari tahlil etilib, ijodkorning matnostida ifodalangan badiiy qarashlariga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan  IL-402104474 “bolalaradabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti  2025-yil 17-martdagi 04/1-862-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot tarkibidagi bolalar adabiyotiga doir o‘rinlar veb-sayt va elektron platforma yaratishda xizmat qilgan.  
 Muallifi noma’lum bo‘lgan “Hikoyayi bulbulnoma” hamda Shobanda qalamiga mansub “Gul-Bulbul” asarlarining xorijiy fondlarda saqlanayotgan mavjud nusxalariga qo‘shimcha tarzda ilgari ma’lum bo‘lmagan yangi nusxalari aniqlanib, ilmiy muomalaga kiritilgan; “Gul va bulbul” turkumidagi dostonlarning manbalari va ularning tadqiqi borasidagi ilmiy-nazariy qarashlar asoslab berilgan; mazkur turkumdagi asarlarning matniy xususiyatlari tadqiq etilib, manbalarning adabiy ahmiyati aniqlanganligiga doir ilmiy xulosalardan  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan  PF-201912258 raqamli  “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti  2025-yil 17-martdagi 04/1-861-son ma’lumotnomasi). Natijada majoziy mazmundagi asarlar xususidagi nazariy ma’lumotlar boyitildi.
Salohiy “Gul va Bulbul” dostonining hozirgacha ma’lum bo‘lgan 3402, 5354 (O‘zR FA Sharqshunoslik institutining Asosiy fondi); C847, A836, C1722, B297 (Rossiya fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondi) raqamli qo‘lyozma nusxalaridan tashqari to‘rtta qo‘lyozmasi (O‘zR FA Sharqshunoslik institutining Hamid Sulaymon fondi: 3361, 1739, 2513; O‘zR Qo‘lyozma manbalar reystri: 438) aniqlangan; allegorik tipdagi asarlarning tadrijiy taraqqiyotidagi o‘ziga xos xususiyatlarga doir yangi nazariy qarashlar haqidagi tadqiqot natijalari va ularning ma’naviy ahamiyati ko‘rsatib berilgan; “Gul va bulbul” turkumidagi dostonlarning manbalari va ularning tadqiq tarixi borasidagi ilmiy-nazariy qarashlar umumlashtirilib, shu asosida mazkur tipdagi asarlarning manbalari, muallifi, o‘rganilishidagi muhim jihatlari asoslab berilgan ilmiy xulosalardan  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2023-2024-yillarda amalga oshirilgan  AL-662205561 raqamli  “Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti  2025-yil 17-martdagi 04/1-863-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘lyozma va toshbosma asarlar bilan bogʻliq ilmiy xulosalar elektron platforma materiallarining davr nuqtayi nazaridan xilma-xilligini ta’minlagan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish