Iskandarova Gulbahor Turabaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalar nutqining antropotsentrik tadqiqi”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi(filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil107.
Ilmiy rahbar: filologiya fanlari doktori, professor Usmanova Shoira Rustamovna.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.41.01 (bir martalik kengash).
Rasmiy opponentlar: Qurbonova Munavvara Abdujabborovna, filologiya fanlari doktori, professor; Abduraxmanova Mukaddas Tursunalievna, filologiya fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: bolalar nutqining sotsiopsixolingvistik, lingvomadaniy va gender xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik yoshdagi bolalar nutqining sotsiopsixolingvistik tahlili natijasida vokalizatsiyaning ijtimoiy muhit, emotsional holat, gender xoslanish hamda kommunikativ vazifalar bilan bog‘liqligi dalillangan;
bolalar nutqining funksional-semantik jihatdan mushtarak va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash jarayonida leksik birliklarning funksional-semantik taraqqiyot bosqichlari ochib berilgan;
bolalar nutqining paydo bo‘lish bosqichlari, har bir yosh davriga xos xususiyatlar, nutq rivojiga ta’sir etuvchi omillar, shuningdek tafakkur va nutq munosabatining voqelanishi aniqlangan;
bolalar muloqotida noverbal vositalarning muayyan ehtiyojni qondirish, ko‘zlangan kommunikativ maqsadga erishish, emotsional-psixologik holatni ifodalash maqsadi belgilanib, nutqda gender va lingvomadaniy omillarning muhimligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bolalar nutqining sotsiopsixolingvistik, gender va lingvomadaniy tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kichik yoshdagi bolalar nutqining sotsiopsixolingvistik tahlili natijasida vokalizatsiyaning ijtimoiy muhit, emotsional holat, gender xoslanish hamda kommunikativ vazifalar bilan bog‘liqligi haqidagi ilmiy xulosalar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2018-2020-yillarda bajarilgan BV-Atex-2018-(143) raqamli “Ko‘zi ojiz shaxslar uchun kompyuter texnikasidan foydalanish, matnlarni o‘qish va yozish imkonini beruvchi o‘zbek tiliga asoslangan gapiruvchi dasturiy ta’minot va ovoz sintezatorini ishlab chiqish” mavzusidagi davlat amaliy granti loyihasi doirasida “UzNutq Sintezator” kompyuter dasturini yaratishda foydalanildi (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 26-fevraldagi 04/1-497-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihada elektron matnlarni adabiy talaffuz me’yorlariga muvofiq tarzda ovozli xabarga aylantiruvchi o‘zbek nutq sintezatori lingvistik ta’minoti va audio ma’lumotlar bazasini shakllantirishda foydalanilgan;
bolalar nutqining funksional-semantik jihatdan mushtarak va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash jarayonida leksik birliklarning funksional-semantik taraqqiyot bosqichlari ochib berilganiga doir xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2018-2020-yillarda bajarilgan BV-Atex-2018-(143) raqamli “Ko‘zi ojiz shaxslar uchun kompyuter texnikasidan foydalanish, matnlarni o‘qish va yozish imkonini beruvchi o‘zbek tiliga asoslangan gapiruvchi dasturiy ta’minot va ovoz sintezatorini ishlab chiqish” mavzusidagi davlat amaliy granti loyihasi doirasida “UzNutq Sintezator” kompyuter dasturini yaratishda foydalanildi (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 26-fevraldagi 04/1-497-son ma’lumotnomasi). Natijada, dasturiy ta’minot amaliy ma’lumotlar va o‘quv materiallari bilan boyitilgan;
bolalar nutqining paydo bo‘lish bosqichlari, har bir yosh davriga xos xususiyatlar, nutq rivojiga ta’sir etuvchi omillar, shuningdek tafakkur va nutq munosabatining voqelanishi haqidagi va ontogenez jarayonidagi leksik birliklarning semantik xususiyatlari, gap va uning kommunikativ xususiyatlari, bola tafakkurining lingvomadaniy jamoada shakllanishi omillari bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan va natijalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillarda amalga oshirilgan AM-FZ-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 26-fevraldagi 04/1-496-son ma’lumotnomasi). Natijada, korpuslarda xususiy fan atamalari kodirovkasiga oid metodologiya yangi nazariy qarashlar bilan boyitilgan;
bolalar muloqotida noverbal vositalarning muayyan ehtiyojni qondirish, ko‘zlangan kommunikativ maqsadga erishish, emotsional-psixologik holatni ifodalash maqsadi belgilanib, nutqda gender va lingvomadaniy omillarning muhimligi haqidagi taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanalining “O‘zbekiston” telekanalining “Assalom, O‘zbekiston!” dasturining mavzuga daxldor ayrim ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” Ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 16-dekabrdagi 05-09-2029-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvda bolalar nutqining o‘ziga xos xususiyatlari, bolalar nutq rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi omillar, o‘zbek bolalari nutqida uchrovchi qiziqarli “so‘z-ijod” namunalaridan, nutqni rivojlantirishga qaratilgan maslahat va ilmiy xulosalardan keng jamoatchilikka etkazishga erishilgan.