Shokirova Hilola Shokir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alisher Navoiy “Xamsa”si XIX asr qo‘lyozmalarining matn xususiyatlari (Davlat adabiyot muzeyi fondi misolida)”, 10.00.10 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2022.2.PhD/ Fil2689.
Ilmiy rahbar: Jo‘raboev Otabek Rustambek o‘g‘li, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.41.01.
Rasmiy opponentlar: Shodmonov Nafas Nomozovich, filologiya fanlari doktori, professor; Zohidov Rashid Fozilovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
   Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi fondida saqlanayotgan Alisher Navoiyning “Xamsa” dostonlarining XIX asrda ko‘chirilgan nusxalarini manbashunoslik jihatdan tadqiq qilib, matn xususiyatlarini aniqlash. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi fondidagi XIX asrga oid 11 ta “Xamsa” qo‘lyozmasi ilk bor to‘liq va tizimli ravishda tekshirilib, ularga batafsil monografik tavsif berilgan, ularning xronologiyasi, kitobat hududlari, xattotlik maktablari hamda badiiy bezak darajasiga ko‘ra aniqlangan;
qo‘lyozmalardagi bob va fasl sarlavhalari ilk marta ilmiy-tanqidiy matnlar (P. Shamsiev nashri) va Revan kutubxonasining 808-inventarli nusxasi bilan qiyoslanib, XIX asr kotiblari tomonidan sarlavhalarni qisqartirish, moslashtirish, almashtirish yoki yangidan kiritish kabi tahrir uslublari muntazam qo‘llangani dalillangan;
qo‘lyozmalarda til va uslub darajasida kuzatilgan o‘zgarishlar ya’ni,  turkiylashtirish, sheva unsurlarini qo‘shish, murakkab birliklarni soddalashtirish — ilk marta tizimli tahlil qilinib, XIX asr yozma adabiyotidagi til jarayonlarini aks ettiruvchi muhim manba ekanligi ochib berilgan;
qo‘lyozmalar tarkibidagi badiiy bezak, lavha, unvon, jadval, miniatura va geometrik naqshlarning turlari ilk bor ilmiy jihatdan qayd etildi va ularning funksional vazifalari (saroy nusxalari, hadya nusxalari, ishchi-amaliy nusxalar) aniqlangan holda tipologik farqlari asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Huvaydoning “Rohati dil” asari matniy tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Davlat adabiyot muzeyi fondidagi XIX asrga oid 11 ta “Xamsa” qo‘lyozmasi ilk bor to‘liq va tizimli ravishda o‘rganilib, ularga batafsil monografik tavsif berilgan, ularning xronologiyasi, kitobat hududlari, xattotlik maktablari hamda badiiy bezak darajasiga ko‘ra ilmiy tasnifi berilganiga doir ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021–2023-yillarda bajarilgan IL-402104474 raqamli “bolalaradabiyoti.uz elektron platformasi va uning mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada samarali foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti institutining 2025-yil 9-apreldagi 01/25-1312-son ma’lumotnomasiga muvofiq). Natijada, Navoiy “Xamsa”sining XIX–XX asrlardagi adabiy jarayondagi o‘rni, dostonlarning mazmuniy va matniy saviyasiga oid ma’lumotlar elektron platformani yaratishda muhim manba sifatida xizmat qilgan;
qo‘lyozmalar tarkibidagi badiiy bezak, lavha, unvon, jadval, miniatura va geometrik naqshlarning turlari ilk bor ilmiy jihatdan qayd etilganiga va ularning funksional vazifalari (saroy nusxalari, hadya nusxalari, ishchi-amaliy nusxalar) aniqlangan holda tipologik farqlari asoslanganiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021–2023-yillarda bajarilgan PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 4-apreldagi 01/04-1314-son ma’lumotnomasiga muvofiq). Natijada, “Xamsa” qo‘lyozmalarining ilmiy-tanqidiy matnlarini yaratish jarayonida o‘zbek matnshunosligida mavjud bo‘lgan muammo va o‘ziga xosliklar aniqlangan manbalar asosida yoritilib, tegishli bo‘limlarni boyitishga xizmat qilgan;
qo‘lyozmalarda til va uslub darajasida kuzatilgan o‘zgarishlar ya’ni,  turkiylashtirish, sheva unsurlarini qo‘shish, murakkab birliklarni soddalashtirish — ilk marta tizimli tahlil qilinib, XIX asr yozma adabiyotidagi til jarayonlarini aks ettiruvchi muhim manba ekanligiga oid ilmiy xulosalardan  Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021–2023-yillarda bajarilgan IL-402104474 raqamli “bolalaradabiyoti.uz elektron platformasi va uning mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada samarali foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti institutining 2025-yil 9-apreldagi 01/25-1312-son ma’lumotnomasiga muvofiq). Natijada, loyiha XIX asr yozma adabiyotidagi til jarayonlarini aks ettiruvchi muhim manbalar haqidagi ilmiy materiallar bilan boyigan;
qo‘lyozmalardagi bob va fasl sarlavhalari birinchi marotaba ilmiy-tanqidiy matnlar (P. Shamsiev nashri) va Revan kutubxonasining 808-inventarli nusxasi bilan qiyoslanib, XIX asr kotiblari tomonidan sarlavhalarni qisqartirish, moslashtirish, almashtirish yoki yangidan kiritish kabi tahrir uslublari muntazam qo‘llangani aniqlandi; qo‘lyozmalar tarkibidagi badiiy bezak, lavha, unvon, jadval, miniatura va geometrik naqshlarning turlari ilk bor ilmiy jihatdan qayd etildi va ularning funksional vazifalari (saroy nusxalari, hadya nusxalari, ishchi-amaliy nusxalar) aniqlangan holda tipologik farqlariga asoslangan ilmiy ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalidagi “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRKning 2024-yil 11-martdagi 02-31-351-son ma’lumotnomasiga muvofiq). Natijada, ko‘rsatuvlar ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilib, ularning ilmiy-ma’rifiy saviyasi sezilarli darajada oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish