Turdieva Maftuna Abdurahmonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostoni syujeti, obrazlari genezisi va takomil bosqichlari”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4021.
Ilmiy rahbar: Mullaxo‘jaeva Karomat Toshxo‘jaevna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.41.01.
Rasmiy opponentlar: Shodmonov Nafas Namozovich, filologiya fanlari doktori, professor; Abdulhakimova Yulduz G‘ofur qizi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostoni genezisini aniqlash orqali dostonning qadimiy ildizlari, manbalarini belgilash hamda Navoiyning mavzu va an’ana adabiy takomiliga qo‘shgan hissasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Layli va Majnun mavzusining takomil bosqichlari tekshirilib, mavzuning adabiy manbalarda qayta ishlanish jarayonini ko‘rsatish orqali Majnun obrazi genezisi VII asrga borib taqalishi aniqlangan hamda uning nisbasi to‘g‘risidagi qarashlarga aniqlik kiritilgan;
Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostonidagi asosiy qahramonlar doston motivlari asosida dalillangan va ularga yuklatilgan irfoniy mazmun ochib berilgan;
Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostonidagi syujet va obrazlar genezisi hamda ularning tadrijiy takomili xamsanavislarning mazkur dostonlari obrazlari qiyosi asosida aniqlangan;
dostonning hamd va na’t boblari asarning asosiy mazmuni bilan chambarchas bog‘liqligi, ushbu boblarning doston mohiyatini idrok etishdagi ahamiyati aniqlanib, asar syujetidagi ramziylik asosida shoirning tasavvufiy qarashlari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostoni syujeti, obrazlari genezisini hamda tadrijiy takomili tadqiqi bo‘yicha olinadigan ilmiy natijalar asosida:
Layli va Majnun mavzusining takomil bosqichlari tekshirilib, Majnun obrazi genezisi VII asrga borib taqalishi manbalar asosida yoritilib, uning nisbasi to‘g‘risidagi qarashlarga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan. Natijada, Alisher Navoiyning “Xamsa”si tarkibidagi uchinchi doston genezisiga doir tahlillar asosidagi ilmiy xulosalar elektron platforma materiallarini boyitgan;
Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostonidagi asosiy qahramonlar doston motivlari asosida dalillangan va ularga yuklatilgan irfoniy mazmun ochib berilganiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 19-iyundagi 01/4-2619-son ma’lumotnomasi). Natijada, doston bosh qahramonlariga singdirilgan Alisher Navoiyning tasavvufiy qarashlariga oid xulosalar elektron platforma materiallarini boyitishga xizmat qilgan;
Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostonidagi syujet va obrazlar genezisi hamda ularning tadrijiy takomili xamsanavislarning mazkur dostonlari obrazlari qiyosi asosida ochib berilganligiga oid xulosalardan “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Tamaddun darg‘alari” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi 2025-yil 25-avgustdagi 01-33/645-son ma’lumotnomasi). Natijada, Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostoni obrazlar sistemasi tavsifi va tasnifi, obrazlar transformatsiyasi hamda ushbu doston syujeti motivlariga doir tahlillar asosidagi ilmiy xulosalar adabiy ko‘rsatuv materiallarini boyitgan;
dostonning hamd va na’t boblari asarning asosiy mazmuni bilan chambarchas bog‘liqligi, ushbu boblarning doston mohiyatini tushunishdagi ahamiyati aniqlanib, asar syujetidagi ramziylik asosida shoirning tasavvufiy qarashlari yoritilganligiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan IZ-2021020813 raqamli “Alisher Navoiy ijodining xorijda o‘rganilishi va targ‘iboti asosida ko‘p tilli multimedia to‘plamini yaratish mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 3-noyabrdagi 04/1-5311-son ma’lumotnomasi). Natijada, dostondagi tasavvufiy-irfoniy tushunchalar, ularda ilgari surilgan umumbashariy g‘oyalarga oid xulosalar elektron platforma materiallarini boyitishga xizmat qilgan.