Azizov Kobuljan Kaxramanovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda qand jo‘xorining boshlang‘ich manbasi va seleksiyasi», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Qx91.

Ilmiy rahbar: Edenbaev Davletbay, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Makkajo‘xori seleksiya va urug‘chiligi ilmiy-tajriba stansiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.

Rasmiy opponentlar: Narimanov Abdujalil Abdusamadovich, qishloq-xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Ostanaqulov Toshtemir Eshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: qand jo‘xorining mahalliy, xorijiy nav, namuna va duragaylarini taqqoslash, respublika sharoitiga mos, an’anaviy seleksiyaning qimmatli ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan eng yaxshi nav, duragaylarni tanlab olish, seleksiya jarayonlariga jalb etish va yangi nav, duragaylar yaratish hamda ularning birlamchi urug‘chiligini tashkil etishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor qand jo‘xorining «Qorabosh» navi yaratilgan va turli darajada sho‘rlangan maydonlarda andoza navga nisbatan 15–25 foiz yuqori yashil massa hosili olishi imkoniyati aniqlangan;

don va qand guruhiga mansub bo‘lgan «Massino», «Kr-4», «FBKA» yangi istiqbolli navlari yaratilgan;

qand jo‘xorining xorijiy, mahalliy nav, duragay va namunalaridan respublika sharoitiga mos bo‘lgan tezpishar, o‘rtapishar, kechpishar, noqulay omillarga chidamli bo‘lgan 20 dan ortiq qimmatli namunalari tanlab olingan;

kolleksiya ko‘chatzorida qand jo‘xorining tezpishar guruhiga mansub ISCV, K-184, K-142, Saxarnoe 18, K-194, Sorgo jeltoe,  Revolution, o‘rtapisharlar guruhiga mansub K-399, K-601, K-528, K-544, K-417, Yantar` ranniy, RAOBAIF, Speed Feed ICSSH 28, S – 35, ICSSH 58, kechpisharlar guruhiga mansub Golozyornoe, K-145, K-171, K-230, K-506, K-582, K-604, ICSR 93034, ICSV 745 nav namunalari tanlab olingan va kelgusi seleksiya ishlarida foydalanishi ilmiy asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Qand jo‘xorining boshlang‘ich manbasi va seleksiyasi bo‘yicha olib borilgan  tadqiqot natijalari asosida:

qand jo‘xorining«Qorabosh» navi 2012 yildan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish uchun Davlat reestriga kiritilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 19 oktyabrdagi 02/021-277-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu nav respublikadan qand jo‘xori ekiladigan asosiy maydonlarda ekish imkonini bergan;

qand jo‘xorining yangidan yaratilgan navlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani «Azamat» fermer xo‘jaligida 11 gektar maydonda urug‘lik don, 127 gektar maydonda yashil massa, Nukus tumani «Qo‘ng‘irboy-Mehri» fermer xo‘jaligida 8 gektar urug‘lik don, 89 gektar yashil massa va Chimboy tumani «Alautdin» fermer xo‘jaligida 105 gektar maydonda yashil massa etishtirish uchun joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 19 oktyabrdagi 02/021-277-son ma’lumotnomasi). Natijada qand jo‘xoridan gektaridan 2,0–2,2 tonna urug‘lik don va 28,0–32,0 tonna yashil massa hosili olish ikoniyati yaratilgan;

 qand jo‘xorining «Qorabosh» navi 2014–2017 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli, Nukus, Chimboy tumanlari fermer xo‘jaliklarida jami urug‘lik don uchun 19 gektar va yashil massa uchun 321 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 19 oktyabrdagi 02/021-277-son ma’lumotnomasi). Natijada gektaridan 2,8–3,2 mln. so‘m sof foyda olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish