Sadikova Yulduzxon Kamolovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining STEAM texnologiyasidan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8281
Ilmiy rahbar: Bobomurodova Latofat Elmurodovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.01/2025.27.12.Ped.10.01 raqmli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Mustafaev Shomurod Normo‘minovich, pedagogika fanlari falsafa doktori, dotsent; Turdiev Shoxrux Razzakovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining STEAM texnologiyasidan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida STEAM texnologiyasidan foydalanish ko‘nikmasini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari interdisiplinar integratsiya asosida tizimli, dizayn fikrlash va kontekstual oʻqitish ko‘nikmalarini kuzatish, eksperiment, modellashtirish va prototiplash tarzida tajribaviy va konstruktivistik ta’lim tamoyillariga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
STEAM texnologiyasidan foydalanish ko‘nikmasini rivojlantirish didaktik modeli boʻlajak oʻqituvchilarda integrativ, amaliy va barqaror kasbiy fazilatlar hamda fanlararo tafakkur, pedagogik faoliyatni loyihalash, kolloborativ va muammoga qaratilgan rivojlantiruvchi va shakllantiruvchi strategiyalarni natijaga yoʻnaltirilgan yaxlit tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining STEAM texnologiyasidan foydalanish ko‘nikmasini rivojlantirish metodikasi reflektiv, aralash, mikro, faol, illyustrativ, simulyativ oʻqitish texnologiyalarini mujassamlashtirish hamda dars mazmuniga “STEAM haftaligi”, “Obektga savol bering”, “Daraxt barglari” kabi integrativ metodlarning transferi asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning STEAM texnologiyasidan foydalanish ko‘nikmasi rivojlanganlik darajasi integrativ va dizayn tafakkur, loyiha sifati, texnologik ongli faoliyat, moslashuvchanlik, hamkorlik, alternativ fikrlash hamda amaliy echim qimmatini formativ, autentik, reflektiv va rubrikaviy baholash asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining STEAM texnologiyasidan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy tavsiyalar asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida STEAM texnologiyasidan foydalanish ko‘nikmasini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari interdisiplinar integratsiya asosida tizimli, dizayn fikrlash va kontekstual oʻqitish ko‘nikmalarini kuzatish, eksperiment, modellashtirish va prototiplash tarzida tajribaviy va konstruktivistik ta’lim tamoyillariga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Boshlang‘ich sinf matematika darslarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 9-iyuldagi 258-son buyrugʻiga asosan berilgan 437268-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida STEAM texnologiyasidan foydalanish ko‘nikmasini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari fanlararo uygʻunlik asosida kengaytirilishiga erishilgan;
STEAM texnologiyasidan foydalanish ko‘nikmasini rivojlantirish didaktik modeli boʻlajak oʻqituvchilarda integrativ, amaliy va barqaror kasbiy fazilatlar hamda fanlararo tafakkur, pedagogik faoliyatni loyihalash, kolloborativ va muammoga qaratilgan rivojlantiruvchi va shakllantiruvchi strategiyalarni natijaga yoʻnaltirilgan yaxlit tizimlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalardan
I-203-4-raqamli “Mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish va uygʻunlashtirish” nomli fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Madaniyat vazirligining 2025-yil 18-iyuldagi 02-14-06-910-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, STEAM texnologiyasidan foydalanish ko‘nikmasini rivojlantirish didaktik modelini jarayonni yaxlit tizimlashtirish orqali takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining STEAM texnologiyasidan foydalanish ko‘nikmasini rivojlantirish metodikasi reflektiv, aralash, mikro, faol, illyustrativ, simulyativ oʻqitish texnologiyalarini mujassamlashtirish hamda dars mazmuniga “STEAM haftaligi”, “Obektga savol bering”, “Daraxt barglari” kabi integrativ metodlarning transferi asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Maktabgacha ta’limda bolalarni mantiqiy fikrlashga o‘rgatish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 14-apreldagi 136-son buyrugʻiga asosan berilgan 904490-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining STEAM texnologiyasidan foydalanish ko‘nikmasini rivojlantirish metodikasini zamonaviy ta’lim texnologiyalarini mujassamlashtirish asosida takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning STEAM texnologiyasidan foydalanish ko‘nikmasi rivojlanganlik darajasi integrativ va dizayn tafakkur, loyiha sifati, texnologik ongli faoliyat, moslashuvchanlik, hamkorlik, alternativ fikrlash hamda amaliy echim qimmatini formativ, autentik, reflektiv va rubrikaviy baholash asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalardan “Boshlang‘ich sinf matematika darslarida mantiqiy fikrlashga o‘rgatish metodikasi” nomli elektron dastur ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 31-iyuldagi 02/01-01-304-sonli ma’lumotnomasi, Adliya vazirligi tomonidan berilgan DGU 52341-sonli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning STEAM texnologiyasidan foydalanish ko‘nikmasi rivojlanganlik darajasini majmuaviy baholash asosida aniqlashga erishilgan.