Isroilova Navruza Abdulxamid qizining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Evristik ta’lim vositasida bo‘lajak tarbiyachi-pedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi” 
13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7052
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Abdug‘opirova Feruza Akramjon qizi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat pedagogika instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.08.01
Rasmiy opponentlar: Chirchiq davlat pedagogika universiteti professori, pedagogika fanlari doktori (DSc) Xurvalieva  Tarmiza  Latipovna, Andijon davlat pedagogika instituti professori, pedagogika fanlari doktori (DSc) Tairova Madina Baxtiyarovna.
Yetakchi tashkilot: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi evristik ta’lim vositasida bo‘lajak tarbiyachi-pedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
falsafa, pedagogika va psixologiya fanlari kontekstida  evristik ta’limning gnoseologik kategoriya,  mustaqil izlanish, kashf etish va ijodiy faollikka asoslangan ta’lim konsepsiyasi, tafakkurni faollashtiruvchi jarayon, ta’lim texnologiyasining izlanishli-muammoli modeli  sifatidagi talqini va tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlarini evristik ta’lim vositasida bo‘lajak tarbiyachi-pedagoglarning kasbiy kompetentligini bosqichma-bosqich rivojlantirishning yaxlit metodik ta’minotini ishlab chiqishga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
evristik ta’lim vositasida bo‘lajak tarbiyachi-pedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning  didaktik imkoniyatlari muammoli va rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalarini integratsiyalash orqali reproduktiv ta’limdan konstruktiv va transformatsion  ta’limga o‘tishni ta’minlash,  kasbiy kompetentlikning kognitiv, kreativ-innovatsion va refleksiv komponentlarini evristik faoliyat bilan bog‘liqlikda modellashtirish asosida aniqlashtirilgan; 
evristik ta’lim vositasida bo‘lajak tarbiyachi-pedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish modelining strukturasi (motivatsion-maqsadli, mazmunli-texnologik, refleksiv-natijaviy) komponentlarining o‘zaro aloqadorligi  evristik ta’limning nazariy, amaliy-metodik asoslari va bo‘lajak tarbiyachi-pedagoglarda kasbiy kompetentlikni baholash mezonlari, ko‘rsatkichlari va darajalari bilan internal (ichki) integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan; 
evristik ta’lim vositasida bo‘lajak tarbiyachi-pedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi innovatsion ta’lim  (muammoli va rivojlantiruvchi) texnologiyalari  asosida  muammoli-izlanishli, kreativ-tadqiqotchilikka yo‘naltirilgan topshiriqlarni ishlab chiqish va  “SCAMPER”, “Jigsaw” va “Idrok xaritasi”(Ming mapping) metodlarining evristik ta’lim modeliga adekvatligini ta’minlash  orqali takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagog-tarbiyachilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va ishlab chiqilgan takliflar asosida:
falsafa, pedagogika va psixologiya fanlari kontekstida  evristik ta’limning gnoseologik kategoriya,  mustaqil izlanish, kashf etish va ijodiy faollikka asoslangan ta’lim konsepsiyasi, tafakkurni faollashtiruvchi jarayon, ta’lim texnologiyasining izlanishli-muammoli modeli  sifatidagi talqini va tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlarini evristik ta’lim vositasida bo‘lajak tarbiyachi-pedagoglarning kasbiy kompetentligini bosqichma-bosqich rivojlantirishning yaxlit metodik ta’minotini ishlab chiqishga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar “IL-402104274 – Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyasining yagona ma’lumotlar bazasi va elektron platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida  foydalanilgan. (Qo‘qon davlat universitetining 2025-yil 27-oktyabrdagi 130-son ma’lumotnomasi) Natijada, bo‘lajak pedagog-tarbiyachilarning kasbiy kompetentligini evristik ta’lim asosida rivojlantirishning metodik ta’minotini takomillashtirishga erishilgan. 
evristik ta’lim vositasida bo‘lajak tarbiyachi-pedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning  didaktik imkoniyatlarini muammoli va rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalarini integratsiyalash orqali reproduktiv ta’limdan konstruktiv va transformatsion  ta’limga o‘tishni ta’minlash,  kasbiy kompetentlikning kognitiv, kreativ-innovatsion va refleksiv komponentlarini evristik faoliyat bilan bog‘liqlikda modellashtirish asosida aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalardan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tasarrufidagi oliy ta’lim  muassasalari o‘quv jarayonida foydalanilagan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 29-oktyabrdagi 02/01-01-445-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak pedagog-tarbiyachilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda evristik ta’lim  metodlari va vositalaridan  amaliyotda foydalanish imkoniyati yaratilgan;
evristik ta’lim vositasida bo‘lajak tarbiyachi-pedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish modelining strukturasi (motivatsion-maqsadli, mazmunli-texnologik, refleksiv-natijaviy) komponentlarining o‘zaro aloqadorligi  evristik ta’limning nazariy, amaliy-metodik asoslari va bo‘lajak tarbiyachi-pedagoglarda kasbiy kompetentlikni baholash mezonlari, ko‘rsatkichlari va darajalari bilan internal (ichki) integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar “60110200- Maktabgacha ta’lim “bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun  “Pedagog-tarbiyachilarning kasbiy kompetentligini evristik metod orqali shakllantirish” uslubiy qo‘llanmasiga singdirilgan.  (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining  2025-yil 29-oktyabrdagi 02/01-01-445-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak pedagog-tarbiyachilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan evristik ta’lim metodlarini takomillashtirishga  sharoit yaratilgan.
evristik ta’lim vositasida bo‘lajak tarbiyachi-pedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini  innovatsion ta’lim  (muammoli va rivojlantiruvchi) texnologiyalari  asosida  muammoli-izlanishli, kreativ-tadqiqotchilikka yo‘naltirilgan topshiriqlarni ishlab chiqish va  “SCAMPER”, “Jigsaw” va “Idrok xaritasi”(Ming mapping) metodlarining evristik ta’lim modeliga adekvatligini ta’minlash  orqali takomillashtirish bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “Bolalar va biz” nomli eshittirishlarni tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 31-oktyabrdagi 05-09-1720-son xati) Natijada, bo‘lajak pedagog-tarbiyachilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan evristik ta’lim metodlarining samaradorligini aniqlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish