Rasulova Tursunoy Pazildjanovnaning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy texnika o‘quv yurtlarida mutaxassislik fanlarini loyihalab o‘qitish metodikasini takomillashtirish (“Identifikatsiyalash, modellashtirish va optimallashtirish” fani misolida)”, 13.00.02 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9375
Ilmiy rahbar: Yusupov Muxtorjon Tojiboevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat texnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Andijon davlat texnika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.T.18.01 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Safibullo Xabibullaevich, pedagogika fanlari doktori, professor, Azimova Ziyoda Ergashevna pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirish, ularning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish va olingan bilimlarni zamonaviy iqtisodiyot va ishlab chiqarish sharoitida amaliy muammolarni hal qilishda qo‘llash qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan oliy texnik ta’lim muassasalarida mutaxassislik fanlarini o‘qitishning loyihalab o‘qitish usulini takomillashtirish metodikasini ishlab chiqish va ilmiy asoslashdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
fan va ishlab chiqarish sohalarining jadal rivojlanishi sharoitida texnika oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislik fanlarini loyihaviy yondashuv asosida o‘qitishning pedagogik mohiyati muhandis-texnik mutaxassislarni tayyorlashning kompetensiyaviy paradigmasi hamda integrativ yondashuv tamoyillariga asoslangan holda nazariy-konseptual darajada aniqlashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarning o‘quv faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlari maqsad, mazmun, faoliyat va natija komponentlarining o‘zaro funksional bog‘liqligi hamda o‘quv yutuqlarini mezonli va darajaviy baholash mexanizmlariga tayangan holda nazariy-metodik jihatdan takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tizimida bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi innovatsion-axborot, metodik-texnologik hamda tashkiliy tarkibiy qismlar ta’lim sifati ko‘rsatkichlarining tizimli yondashuvi, indikatorlarning darajaviy talqini va amaliy yo‘naltirilgan mezonlari asosida strukturaviy jihatdan qayta modellashtirilgan hamda mazmunan takomillashtirilgan;
“Identifikatsiyalash, modellashtirish va optimallashtirish” fanini loyihalab o‘qitish jarayonida talabalarning mustaqil, ijodiy va refleksiv faoliyatga tayyorgarlik darajasini oshirish mexanizmlari o‘quv jarayonini prognostik modellashtirish, tajriba-sinov ishlarining statistik-qiyosiy tahlili hamda olingan natijalarni verifikatsiya qilish tartib-taomillari asosida metodik jihatdan takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Texnika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
fan va ishlab chiqarish sohalarining jadal rivojlanishi sharoitida texnika oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislik fanlarini loyihaviy yondashuv asosida o‘qitishning pedagogik mohiyati muhandis-texnik mutaxassislarni tayyorlashning kompetensiyaviy paradigmasi hamda integrativ yondashuv tamoyillariga asoslangan holda nazariy-konseptual darajada aniqlashtirishga oid takliflardan “Axborot tizimlari va texnologiyalari” bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun ishlab chiqilgan “Identifikatsiyalash, modellashtirish va optimallashtirish” deb nomlangan o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan. (Andijon mashinasozlik instituti rektorining 2024-yil 10-dekabrdagi 920-006 sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning fanni o‘zlashtirishdagi faol ishtiroki, mustaqil fikrlash va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish darajasi oshdi, nazariy bilimlarni real muammolarni hal etishga yo‘naltirishga, professional kompetensiyalarni rivojlantirishga erishilgan;
oliy ta’lim tizimida bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi innovatsion-axborot, metodik-texnologik hamda tashkiliy tarkibiy qismlar ta’lim sifati ko‘rsatkichlarining tizimli yondashuvi, indikatorlarning darajaviy talqini va amaliy yo‘naltirilgan mezonlari asosida strukturaviy jihatdan qayta modellashtirilgan hamda mazmunan takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan “Loyiha faoliyatining innovatsion usuli” deb nomlangan ilmiy ishlanmani ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” Davlat muassasasining №009033 sonli Mualliflik huquqi obektlarini deponentlash to‘g‘risidagi guvohnomasi). Natijada, “Axborot tizimlari va texnologiyalari” bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun ishlab chiqilgan va modernizatsiya qilingan yangi fan dasturi, sillabus va bir qator yangi o‘quv uslubiy adabiyotlar asosida talabalarning kasbiy kompetensiyasini takomillashtirishga erishilgan;
“Identifikatsiyalash, modellashtirish va optimallashtirish” fanini loyihalab o‘qitish jarayonida talabalarning mustaqil, ijodiy va refleksiv faoliyatga tayyorgarlik darajasini oshirish mexanizmlari o‘quv jarayonini prognostik modellashtirish, tajriba-sinov ishlarining statistik-qiyosiy tahlili hamda olingan natijalarni verifikatsiya qilish tartib-taomillari asosida metodik jihatdan takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan Andijon mashinasozlik institutida bajarilgan AIF2/21 “MEChAUZ: “Mexatronika va robototexnika” bakalavriat ta’lim yo‘nalishini raqamli texnologiyalar va innovatsion g‘oyalar asosida modernizatsiya qilish” (2019-2022-yillar) loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Andijon mashinasozlik institutining 2024-yil 26-sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, “Mexatronika va robototexnika” bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun kredit-modul tizimi sharoitida mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish bo‘yicha kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilgan;
talabalarning mustaqil, ijodiy fikrlashi va amaliy faoliyatga tayyorgarligini oshiruvchi loyihalab o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ilmiy asoslash va pedagogik tajriba-sinovlarda tasdiqlash, shuningdek, mahalliy va xorijiy ilg‘or tajribalarga tayangan holda loyihalab o‘qitish faoliyatini tashkil etish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishga oid takliflardan oliy texnik ta’lim muassasalarida zamonaviy talablarni hisobga olgan holda o‘quv jarayonini modernizatsiya qilish, innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish hamda talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirishda foydalanilgan. (Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi qoshidagi “Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazi”ning 29-yanvar 2025-yildagi 02/01-01-36 sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning o‘quv jarayonida faolroq ishtirok etishi, kasbiy bilimlarining chuqurlashishi, ijodiy va mustaqil ishlash ko‘nikmalarining rivojlanishi, amaliy masalalarni hal etish bo‘yicha kompetensiyalarining oshishi va ularning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini rivojlantirishga va ta’lim sifati samaradorligini oshishiga erishilgan.