Safaev Xasan Abdubasitovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dorilarga chidamli o‘pka tuberkulezini etiotropik davolashga yondashuvlarni takomillashtirish» 14.00.26 – Ftiziatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib4328.
Ilmiy rahbar: Parpieva Nargiza Nusratovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc 06/2025.27.12.Tib.22.01.
Rasmiy opponentlar: Djurabaeva Muxabbat Xusanovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc); Fayzullaeva Dilfuza Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘p dorilarga chidamli o‘pka sili bilan kasallangan bemorlarni davolashda modifikatsiyalangan qisqa muddatli 9 oylik davolash rejimlarini (mQDR) joriy etishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor ko‘p dorilarga chidamli o‘pka tuberkulyozi aniqlangan bemorlarda, modifikatsiyalangan qisqa muddatli davolash rejimi qo‘llanilganda, individuallashtirilgan yondashuv ta’minlanishi hisobiga an’anaviy uzoq muddatli standart rejimga nisbatan klinik va bakteriologik samaradorlik yuqori ekani hamda doriga bog‘liq nojo‘ya ta’sirlar chastotasining kamayishi tufayli o‘lim ko‘rsatkichlari ishonchli darajada kamayishi aniqlangan;
ilk bor modifikatsiyalangan qisqa muddatli davolash rejimining samaradorligini pasaytiruvchi asosiy omillar – muqaddam qamoqda bo‘lganlik, OIV holati, virusli gepatit S, chekuvchilik, keksalik va past TMI (<18,5 kg/m²) ekanligi aniqlangan; 
tadqiqotda modifikatsiyalangan qisqa muddatli davolash rejimi qo‘llanilgan bemorlarda, davolashga sodiqlikning yuqori darajada saqlanishi hamda doriga chidamli turlari shakllanishining oldi olinishi tufayli, davolash yakunlanganidan keyingi 12 oylik kuzatuv davrida erta residivlar uchrash darajasi standart davolash rejimiga nisbatan ancha past ekani aniqlangan;
silga qarshi dori vositalarining nojo‘ya ta’sirlarini og‘irlik darajasiga ko‘ra klassifikatsiya qilish va ularni aniq dori bilan bog‘liqligini aniqlash bo‘yicha davolash xavfsizligini monitoring qilishning tizimli metodikasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dorilarga chidamli o‘pka tuberkulezini etiotropik davolashga yondashuvlarni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy ish natijalari:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor ko‘p dori dorilarga chidamli o‘pka sili kasalligini davolash uchun modifikatsiyalangan qisqa muddatli davolash rejimining samaradorligi va xavfsizligini bo‘yicha takliflar akademik Sh.Alimov nomidagi RIFvaPIATM Ilmiy kengashining 2025 yil 4 iyuldagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan "Eng yaxshi klinik amaliyotlar doirasida ko‘p dorilarga chidamli o‘pka silini davolashning innovatsion texnologiyalari" uslubiy qo‘llanmasining mazmuniga kiritilgan. Ushbu tadqiqot doirasida zarur sinovlar o‘tkazilib, ishlab chiqilgan yondashuvlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi ftiziatriya va pulmonologiya markazining (2024 yil 6 noyabrdagi  120/1-son buyruq) va Toshkent viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazi (2024 yil 5 noyabrdagi 266a-son buyruq) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga, ijtimoiy stigmani kamaytirishga va aholi orasida ko‘p dorilarga chidamli o‘pka sili kasalligining tarqalishini kamaytirishga hissa qo‘shdi. Iqtisodiy samaradorligi: standart uzoq muddatli rejimga nisbatan har bir bemor uchun o‘rtacha davolash xarajatlarining 31,2 foizga kamayishi (taxminan 18000000 so‘m iqtisod) ko‘rsatdi. Xulosa: modifikatsiyalangan qisqa muddatli davolash rejimlarining qo‘llanilishi bemorlarda davolash samaradorligini oshirishda va davolash xarajatlarini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega, bu esa sog‘liqni saqlash tizimining ijtimoiy va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor modifikatsiyalangan qisqa muddatli davolash rejimi yordamida ko‘p dorilarga chidamli o‘pka sil kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalariga ta’sir qiluvchi omillar bo‘yicha tavsiyalar akademik Sh.Alimov nomidagi RIFvaPIATM Ilmiy kengashining 2025 yil 4 iyuldagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan "Eng yaxshi klinik amaliyotlar doirasida ko‘p dorilarga chidamli o‘pka silini davolashning innovatsion texnologiyalari" uslubiy qo‘llanmasining mazmuniga kiritilgan. Ushbu tadqiqot doirasida zarur sinovlar o‘tkazilib, ishlab chiqilgan yondashuvlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi ftiziatriya va pulmonologiya markazining (2024 yil 6 noyabrdagi  120/1-son buyruq) va Toshkent viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazi (2024 yil 5 noyabrdagi 266a-son buyruq) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: nojo‘ya ta’sirlarni bashorat qiluvchi omillarni aniqlash xavf guruhlarini erta aniqlash va maqsadli qo‘llab-quvvatlash choralarini qo‘llash imkonini beradi, davoni to‘xtatishni va o‘lim xavfini kamaytirdi. Iqtisodiy samaradorligi: shaxsiylashtirilgan yondashuvlar qimmatbaho silga qarshi dorilar va sog‘liqni saqlash tizimi resurslaridan oqilona foydalanish imkonini beradi, qo‘shimcha yordamsiz muvaffaqiyatga erishish ehtimoli past bo‘lgan bemorlarga samarasiz xarajatlar xavfini minimallashtirdi. Xulosa: tadqiqot turli toifadagi bemorlarda bemorlarni davolash natijalariga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlab, xavf guruhlarini belgilash, maqsadli davolashga, asoratlar sonini kamaytirishga va sog‘liqni saqlash tizimida sezilarli iqtisodiy tejamkorlikka olib keldi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor modifikatsiyalangan qisqa muddatli davolash rejimlardan foydalangan holda nojo‘ya ta’sirlarning chastotasi va tabiati haqidagi ma’lumotlar tizimlashtirildi va eng zaif bemor guruhlari bo‘yicha takliflar akademik Sh.Alimov nomidagi RIFvaPIATM Ilmiy kengashining 2025 yil 4 iyuldagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan "Eng yaxshi klinik amaliyotlar doirasida ko‘p dorilarga chidamli o‘pka silini davolashning innovatsion texnologiyalari" uslubiy qo‘llanmasining mazmuniga kiritilgan. Ushbu tadqiqot doirasida zarur sinovlar o‘tkazilib, ishlab chiqilgan yondashuvlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi ftiziatriya va pulmonologiya markazining (2024 yil 6 noyabrdagi  120/1-son buyruq) va Toshkent viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazi (2024 yil 5 noyabrdagi 266a-son buyruq) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: og‘ir nojo‘ya hodisalarning past darajasi (bemorlarning 5,6 foizi) va ularning qaytarilishi davolanishga rioya qilishni oshiradi, nogironlik xavfini kamaytiradi va psixologik farovonlikni yaxshiladi. Iqtisodiy samaradorligi: kasalxonaga yotqizishlar sonining kamayishi va asoratlarni (gepatotoksiklik, QT oralig‘ining uzayishi, og‘ir neyropatiya) davolash xarajatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sirini kamaytirdi. Xulosa: tadqiqot tuberkulyozga qarshi dorilarning yangi kombinatsiyasi dorilarning nojo‘ya ta’siri yukini pasaytirdi, davolash samaradorligini oshirdi hamda sog‘liqni saqlash tizimi uchun sezilarli iqtisodiy tejamkorlikni ta’minladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: milliy silga qarshi kurash dasturida modifikatsiyalangan qisqa muddatli davolash rejimidan foydalanishni optimallashtirish bo‘yicha dalillarga asoslangan tavsiyalar akademik Sh.Alimov nomidagi RIFvaPIATM Ilmiy kengashining 2025 yil 4 iyuldagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan "Eng yaxshi klinik amaliyotlar doirasida ko‘p dorilarga chidamli o‘pka silini davolashning innovatsion texnologiyalari" uslubiy qo‘llanmasining mazmuniga kiritilgan. Ushbu tadqiqot doirasida zarur sinovlar o‘tkazilib, ishlab chiqilgan yondashuvlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi ftiziatriya va pulmonologiya markazining (2024 yil 6 noyabrdagi  120/1-son buyruq) va Toshkent viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazi (2024 yil 5 noyabrdagi 266a-son buyruq) amaliyotga joriy etilgan. ishlab chiqildi. Ijtimoiy samaradorligi: tavsiyalarni amalga oshirish davolash qamrovini kengaytirdi, shu jumladan bolalar, reproduktiv yoshdagi ayollar va standart rejimlarga qarshi ko‘rsatmalari bo‘lgan bemorlar uchun. Iqtisodiy samaradorligi: xalqaro strategiyalarni milliy sharoitlarga moslashtirish davlat byudjetidan sotib olinadigan dori-darmonlardan oqilona foydalanishni ta’minladi. Xulosa: modifikatsiyalangan qisqa muddatli davolash rejimini joriy etishning iqtisodiy samarasi an’anaviy rejimlarga nisbatan 68,8 foizni tashkil etdi, bu esa uning sog‘liqni saqlash tizimi uchun yuqori iqtisodiy samaradorligini tasdiqlaydi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish