Xuvaydullaeva Iroda Xusniddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Mehnat bozorida inson resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2620.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Abduraxmanova Gulnora Kalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.03/2025.27.12.I.24.01
Rasmiy opponentlar: Xasanov Rustam Robbimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xodjaeva Nodiraxon Abdurashidovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mehnat bozorida inson resurslaridan foydalanishni samaradorligini oshirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inson kapitalini kompleks rivojlantirishga ko‘ra korxonalar va davlat strategiyalari darajasida inson resurslarini samarali boshqarishning yagona tizimga birlashtirgan holda inson resurslaridan samarali foydalanishning makro-mikro darajadagi yondashuvlar integratsiyasiga asoslangan kompleks modeli taklif etilgan;
inson resurslaridan samarali foydalanish va to‘liq ish bilan bandlikka erishish avvalo kasbiy ko‘nikmalarning ish joyi talablariga muvofiqligi va mutaxassislik bo‘yicha ishlash imkoniyatlari bilan belgilanishi, shu bilan birga ish haqidan qoniqish hal qiluvchi omil emasligi asoslangan;
sun’iy intellekt texnologiyalarining inson resurslari, ish bilan bandlik va raqobatbardoshlikka keskin ta’siri sharoitida avtomatlashtirish xatarlari va mehnat salohiyati sifatini oshirish imkoniyatlarini tizimli baholash bo‘yicha sun’iy intellektning inson resurslaridan samarali foydalanishga, ish bilan bandlikka va raqobatbardoshlikka ta’sirini baholovchi model taklif etilgan;
milliy, hududiy va korporativ darajalar o‘zaro bog‘liqligini hisobga olgan holda inson resurslaridan samarali foydalanish mezonlari va ko‘rsatkichlari tizimiga ko‘ra ijtimoiy himoya va mehnat sharoitidan qoniqishi darajasi sharoitida mehnat sifati ustuvor ahamiyat kasb etishi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mehnat bozorida inson resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha olingan natijalar asosida:
inson kapitalini kompleks rivojlantirishga ko‘ra korxonalar va davlat strategiyalari darajasida inson resurslarini samarali boshqarishni yagona tizimga birlashtirgan holda inson resurslaridan samarali foydalanishning makro-mikro darajadagi yondashuvlar integratsiyasiga asoslangan kompleks modeli bo‘yicha taklif 2024-yil 17-oktyabrdagi “Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonlarini tartibga solish chora-tadbirlalari to‘g‘risida”gi PQ-367-sonli qaror 1-ilovasi “2024 - 2026-yillarda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash dasturi” 3-bandida belgilangan “2025 - 2030-yillarga moʻljallangan xavfsiz, tartibli va qonuniy migratsiya uchun huquqiy hamda tashkiliy shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan harakatlar rejasini ishlab chiqish”da va “Ishga marhamat” monomarkazlari faoliyatida xorijga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolarni ketishdan oldin ko‘niktirish, qaytib kelgan mehnat migrantlarini ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish, psixologik yordam ko‘rsatishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 23-sentyabrdagi 01/00/-03/26-9161-son ma’lumotnomasi). Taklif boshqaruv faoliyati samaradorligni oshirishga, korxonalar va davlat strategiyalari uslubiy ta’minotini takomillashtirishga hamda “Ishga marhamat” monomarkazlari faoliyatini natijador tashkil qilishga muayyan darajada xizmat qilgan;
inson resurslaridan samarali foydalanish va to‘liq ish bilan bandlikka erishish avvalo kasbiy ko‘nikmalarning ish joyi talablariga muvofiqligi va mutaxassislik bo‘yicha ishlash imkoniyatlari bilan belgilanishi, shu bilan birga ish haqidan qoniqish hal qiluvchi omil emasligi bo‘yicha taklifdan “Xalqaro mehnat takshkiloti” tomonidan ishlab chiqilgan “2024-yil 4-oktyabrdagi PQ-347-sonli “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori”ni ishlab chiqishda foydalanilgan va “Ishga marhamat” monomarkazlari faoliyatida kasbiy ko‘nikmalar mosligini ta’minlash va bitiruvchilarning bandligiga shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlar rejasida keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 23-sentyabrdagi 01/00/-03/26-9161-son ma’lumotnomasi). Taklif ishsiz va band bo‘lmagan aholini qisqa muddatlarda mehnat bozoridagi talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish, kasbga yo‘naltirish, jumladan, bir qancha sohalarda muddatli o‘quv kurslaridagi o‘quv dasturlarini to‘liq bandlik tamoyillari asosida qayta ko‘rib chiqishga muayyan darajada xizmat qilgan;
sun’iy intellekt texnologiyalarining inson resurslari, ish bilan bandlik va raqobatbardoshlikka keskin ta’siri sharoitida avtomatlashtirish xatarlari va mehnat salohiyati sifatini oshirish imkoniyatlarini tizimli baholash bo‘yicha sun’iy intellektning inson resurslaridan samarali foydalanishga, ish bilan bandlikka va raqobatbardoshlikka ta’sirini baholash bo‘yicha taklif etilgan modeldan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 30-sentyabrdagi PQ-345-son qarori 5-ilovasi “Kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlarining asosiy vazifalari”da belgilanga bandlar ijrosini samarali ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 23-sentyabrdagi 01/00/-03/26-9161-son ma’lumotnomasi). Taklif kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirishning uslubiy va amaliy ta’minotini takomilashtirishga va faoliyat samaradorligni oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
milliy, hududiy va korporativ darajalar o‘zaro bog‘liqligini hisobga olgan holda inson resurslaridan samarali foydalanish mezonlari va ko‘rsatkichlari tizimiga ko‘ra ijtimoiy himoya va mehnat sharoitidan qoniqishi darajasi sharoitida mehnat sifati ustuvor ahamiyat kasb etishi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 15.09.2024-yildagi “Xodimlar mehnatini muhofaza qilish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 263-son qarorida 3-bandi ijrosini ta’minlashda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 23-sentyabrdagi 01/00/-03/26-9161-son ma’lumotnomasi). Taklif mehnat sifatini oshirish, norasmiy ish bilan bandlikni qisqartirish, tashkilotlarning barqarorligi va samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan kadrlar qo‘nimsizligini kamaytirishga muayyan darajada uslubiy asos sifatida xizmat qilgan.