Rizaev Baxtiyor Nazarboevichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash tarixi (1950–1970-yillar)”, 07.00.01 - O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari) 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Tar35
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.08.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Ravshan Normurodovich-tarix fanlari doktori (DSc), professor; Oblomurodov Naim Xalimovich- tarix fanlari doktori, professor; Sheripov Umurbek Atajonovich - tarix fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot:  Termiz davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1950–1970-yillarda O‘zbekiston SSRda amalga oshirilgan qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalashning mohiyati, yo‘nalishlari va natijalarini kompleks o‘rganish, mazkur davr islohotlari ta’sirida shakllangan agrar siyosatning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash hamda uning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston SSR sharoitida modernizatsiyalash samaradorligiga ta’sir etgan ijtimoiy-iqtisodiy omillar – jamiyatning an’anaviy tuzilishi, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimining ustuvorligi, ishchi-dehqon ommasining savodsizligi, er munosabatlaridagi ziddiyatlar, aholining zichligi va tadbirkor o‘rta tabaqaning shakllanmaganligi qishloq xo‘jaligini dversifikatsiya va modernizatsiya tadbirlariga to‘siq bo‘lib turgani aniqlandi;
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida kooperatsiya tizimini joriy etish, ularni ichki bozorda ishlab chiqarish va sotish zanjiriga integratsiya qilish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlarini muvofiqlashtirish va tarmoq siyosatini mustahkamlashga xizmat qiluvchi ma’lumotlar dalillangan;
Qo‘riq erlarni o‘zlashtirish siyosati nafaqat “Markaz” tashabbusi, balki O‘zbekiston SSR hukumatining iqtisodiy manfaatlari bilan ham uzviy bog‘liqligi, ushbu jarayonning ijobiy jihatlari (yangi ish o‘rinlari yaratilishi, infratuzilmaning kengayishi) va salbiy oqibatlari (ekologik muammolarning kuchayishi, ijtimoiy ziddiyatlarning ortishi) o‘zaro uyg‘unlikda baholanib, qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishiga ta’siri asoslab berildi;
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi an’anaviy ukladi -  moddiy manfaatdorlik negizidagi kichik, tarqoq xo‘jaliklaridan rejali iqtisodiy tamoillari asosidagi jamoa manfaati, davlat kapitalizmi sharoitidagi kolxoz, sovxoz, MS kabi yirik qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish tizimiga o‘tkazish mexanizmining modeli yaratildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 1950–1970-yillar O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash tarixi ilmiy tadqiqot ishiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida kooperatsiya tizimini joriy etish, ularni ichki bozorda ishlab chiqarish va sotish zanjiriga integratsiya qilish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlarini muvofiqlashtirish va tarmoq siyosatini mustahkamlashga xizmat qiluvchi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huziridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Markazi dasturlarini bajarishda keng foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Markazining 2025-yil 15-dekabr 05/06-04-928-son dalolatnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriylanishi qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat ta’minoti, ta’lim va axborot-maslahat xizmatlari sohalarida zamonaviy, integratsiyalashgan va moslashuvchan tizimni yaratish, tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini hamda ilm-fan sohasini tubdan isloh qilish tizimini takomillashtirishning nazariy asos bo‘lib xizmat qilgan.
O‘zbekiston SSR sharoitida modernizatsiyalash samaradorligiga ta’sir etgan ijtimoiy-iqtisodiy omillar – jamiyatning an’anaviy tuzilishi, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimining ustuvorligi, ishchi-dehqon ommasining savodsizligi, er munosabatlaridagi ziddiyatlar, aholining zichligi va tadbirkor o‘rta tabaqaning shakllanmaganligi qishloq xo‘jaligini dversifikatsiya va modernizatsiya tadbirlariga to‘siq bo‘lib turgani borasidagi ilmiy ma’lumotlardan O‘zbekiston fermerlar kengashi faoliyatida keng foydalanildi (O‘zbekiston fermerlar kengashining 2025-yil 2-oktyabrdagi 01/03-0389-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar Respublika fermerlar uyushmasi faoliyatini samarali tashkil qilishda, fermer xo‘jaliklarida er huquqlarini aniqlash, uzoq muddatli ijara shartlarini belgilash, er resurslaridan oqilona foydalanish, kichik va o‘rta fermer xo‘jaliklarini mikrokreditlar bilan ta’minlash, qishloq xo‘jaligida yoshlarni tadbirkorlikka jalb etishda tatbiq etilib, qishloq xo‘jaligini yanada samarali va barqaror rivojlantirishga xizmat qilmoqda;
Qo‘riq erlarni o‘zlashtirish siyosati nafaqat “Markaz” tashabbusi, balki O‘zbekiston SSR hukumatining iqtisodiy manfaatlari bilan ham uzviy bog‘liqligi, ushbu jarayonning ijobiy jihatlari (yangi ish o‘rinlari yaratilishi, infratuzilmaning kengayishi) va salbiy oqibatlari (ekologik muammolarning kuchayishi, ijtimoiy ziddiyatlarning ortishi) o‘zaro uyg‘unlikda baholanib, qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishiga ta’siri bilan bog‘liq ilmiy xulosa va natijalardan Buxoro davlat universitet tomonidan 2024-2025-yillarda bajarilgan ALM-202403110240 – “Buxoro viloyatining rekreatsion-turistik xaritasini va yangi turistik mashrutlarni yaratish” nomli amaliy loyihani bajarishda keng qo‘llanildi (Buxoro davlat universitetining 2025-yil 14-oktyabrdagi 01-6229-sonli ma’lumotnomasi). Ilgari surilgan ilmiy xulosalar va tavsiyalar grant loyihasini takomillashtirishga, fanlararo yondashuv asosidagi murakkab tizimlarni tadqiq etishga, loyihaning nazariy-metodologik ahamiyati va uning ilmiy-prognostik (loyihalashtirish va prognozlashtirishdagi) o‘rnini aniqlashga xizmat qildi.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi an’anaviy ukladi - moddiy manfaatdorlik negizidagi kichik, tarqoq xo‘jaliklaridan rejali iqtisodiy tamoillari asosidagi jamoa manfaati, davlat kapitalizmi sharoitidagi kolxoz, sovxoz, MS kabi yirik qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish tizimiga o‘tkazish mexanizmining modeli yaratilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar “O‘zbekiston rahbarlarining 1945-1983-yillardagi ijtimoiy-siyosiy faoliyati” mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda keng foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025-yil 13-oktyabrdagi 1/3-618-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqotda ilgari surilgan taklif va tavsiyalar sovet hokimiyatining O‘zbekiston SSR qishloq xo‘jaligida amalga oshirilgan siyosati mohiyatini ochib berishga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish