Otabekov Otajon G‘ayrat o‘g‘lining
bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifrlari (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Soliq tushumlari optimal darajasini shakllantirishda soliqlar nisbatini muvofiqlashtirishni ekonometrik modellashtirish”, 08.00.06–Ekonometrika va statistika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2174 
Ilmiy rahbar: Alimuxamedova Nargiza Batirjanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti, DSc.22/30.12.2019.I.85.01
Rasmiy opponentlar: Yusupov Qahramon Axmedovich, iqtisodiyot fanlar doktori; Islamkulov Alimnazar Xudjamuratovich (iqtisodiyot fanlar doktori,  professor), toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: 
Soliq tushumlarining optimal darajasini va iqtisodiyotga umumiy soliq yuklamasini aniqlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston sharoitida potensial soliq tushumlarini baholash va iqtisodiyotga umumiy soliq yukining maqbul darajasini aniqlashga qaratilgan ekonometrik model ishlab chiqilib, uning asosida taklif etilayotgan soliq yukini qo‘llash orqali iqtisodiy o‘sishni maksimal darajaga etkazish imkoniyati ilmiy jihatdan asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining barqaror rivojlanishi, byudjet daromadlarining mustahkamligi hamda potensial va haqiqiy soliq tushumlarini aniqlash asosida yashirin iqtisodiyot ko‘rsatkichini statistik baholash va tahlil qilishda qo‘llash uchun ekonometrik va iqtisodiy-matematik modellar ishlab chiqilgan;
qo‘shilgan qiymat solig‘i optimal stavkasini aniqlash bo‘yicha ekonometrtik model ishlab chiqilgan va qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 15 foizdan 12 foizga kamaytirish bo‘yicha taqdim etilgan tadqiqot taklifi asosida soliq bazasi kengayishi ilmiy jihatdan asoslangan;
iqtisodiyot tarmog‘ida soliq yukini aniqlash uchun statistik model metodologiyasi hamda tarmoqdagi soliq yukining maqbul darajalarini belgilash uchun ekonometrik model ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Soliq tushumlari optimal darajasini shakllantirishda soliqlar nisbatini muvofiqlashtirishni ekonometrik modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy natijalar asosida:
O‘zbekiston sharoitida potensial soliq tushumlarini baholash va iqtisodiyotga umumiy soliq yukining maqbul darajasini aniqlashga qaratilgan ekonometrik model ishlab chiqilib, uning asosida taklif etilayotgan soliq yukini qo‘llash orqali iqtisodiy o‘sishni maksimal darajaga etkazish bo‘yicha taklif Iqtisodiyot va moliya vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 25-iyuldagi 04/41-6-16273-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilik natijasiga ko‘ra O‘zbekistonda soliq yukining optimal (iqtisodiy o‘sishni maksimallashtiradigan) darajasi 18%–20% ni tashkil etadi. Soliq yukini bunday darajada targetlash yillik iqtisodiy o‘sishni o‘rtacha 0.8 foizga oshirishi ilmiy jihatdan asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining barqaror rivojlanishi, byudjet daromadlarining mustahkamligi hamda potensial va haqiqiy soliq tushumlarini aniqlash bo‘yicha taklif etilgan model yashirin iqtisodiyot ko‘rsatkichini va soliq solishdan kelib chiqadigan sof yo‘qotishlarni (deadweight loss) statistik baholashda asos bo‘lib xizmat qilgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 25-iyuldagi 04/41-6-16273-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijalarga ko‘ra haqiqiy soliq tushumlar potensial soliq tushumlarining 69 foizini tashkil etishi asoslangan;
qo‘shilgan qiymat solig‘i optimal stavkasini aniqlash bo‘yicha ekonometrtik model ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi “Soliq va byudjet siyosatining 2023-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ- 812-son Qonunida o‘z aksini topgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 25-iyuldagi 04/41-6-16273-sonli ma’lumotnomasi). Jumladan, optimal qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini hisoblash metodologiyasi ishlab chiqilgan va mazkur qonunning 3-moddasi 12-bandida 2023-yildan qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 15 foizdan 12 foizga tushirilishi belgilangan. Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 12 foiz qilib belgilash ilmiy jihatdan asoslangan va buning natijasida 2023-yilda QQS soliq bazasi qariyb 10,7 foizga oshishiga erishilgan.
iqtisodiyot tarmog‘ida soliq yukini aniqlash uchun statistik model metodologiyasi hamda tarmoqdagi soliq yukining maqbul darajalarini belgilash uchun ekonometrik model sohaga oid istiqbolli strategiyalar va dasturlarni ishlab chiqishda asosiy tahliliy vosita sifatida qo‘llanilgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 25-iyuldagi 04/41-6-16273-sonli ma’lumotnomasi). Tarmoqlar kesimida soliq yukini optimallashtirish (balanslashtirish) orqali yuridik shaxslardan olinadigan soliq tushumlarini 10,9 foizga oshirishga erishilishi ilmiy jihatdan asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish