Umarov Anvar Shuxratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “XIX asrning ikkinchi yarmi — XXI asr boshlarida Samarqand viloyati turkmanlarining etnomadaniyati”, 07.00.07– Etnografiya, etnologiya va antropologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tar1511
Ilmiy rahbar: Malikov Azim Mannonovich tarix fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti. PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02. 
Rasmiy opponentlar: Raxmonov Faxriddin Shoymardanovich tarix fanlari doktori, professor, Aqchaev Farrux Shavkatovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: XIX asrning ikkinchi yarmi – XXI asr boshlarida Samarqand viloyati turkmanlarining etnomadaniyatini tarixiy etnologik materiallar asosida ilmiy tahlil qilishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX asrning ikkinchi yarmi – XXI asr boshlarida Samarqand viloyatidagi turkmanlarning etnomadaniyati va yuz bergan transformatsion jarayonlar tarixiy manbalar va etnografik ma’lumotlarda aks etishi aniqlangan;
viloyat turkmanlarining etnomadaniy jarayonlarda bosib o‘tgan yoʻli, ularning mintaqaga kelib o‘rnashishi, etnohududiy joylashuvi va etnik tarixiga aniqlik kiritilib, Samarqand viloyatida turkmanlar yashayotgan aholi maskanlari xaritalashtirilgan; 
o‘rganilayotgan davrda yuz bergan siyosiy, iqtisodiy o‘zgarishlar ta’sirida Samarqand viloyati turkmanlarining chorvachilikka asoslangan xo‘jalik turidan o‘troq turmush tarziga o‘tishi aniqlanib, viloyat turkmanlari hayotida va qadriyatlarida yuz bergan o‘zgarishlar ilmiy jihatdan isbotlangan; 
globallashuv jarayonida turkmanlarning boshqa madaniyatlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lish xususiyatlari ochib berish va qo‘ni-qo‘shnichilik aloqalari ta’sirida voha turkman urug‘larining oilaviy marosimlari (nikoh munosabatlari, to‘y-hashamlari, farzand tarbiyasi, maxsus taomlari va boshqa) xususiyatlari, ulardagi an’anaviylik va o‘zgarishlar etnografik ma’lumotlar asosida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
XIX asrning ikkinchi yarmi – XXI asr boshlarida Samarqand viloyati turkmanlarining etnomadaniy jarayonlar masalalarini tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va xulosalar asosida:
XIX asrning ikkinchi yarmi – XXI asr boshlarida Samarqand viloyatidagi turkmanlarning etnomadaniyati va yuz bergan transformatsion jarayonlar tarixiy manbalar va etnografik ma’lumotlarda aks etishi aniqlangan xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Mahalla teleradiokanali viloyat bo‘limida 2024-yil fevral-mart oylarida efirga uzatilgan “Assalom, Mahalla!” tonggi dam olish ko‘rsatuvi navbatdagi sonining ssenariysini tayyorlashda foydalanildi (“Mahalla teleradiokompaniyasi” davlat muassasasining 2024-yil 04-aprel 02-12/272-son ma’lumotnomasi). Natijada Samarqand viloyatidagi turkmanlarning etnomadaniyati haqidagi ma’lumotlarining yanada boyishi uchun xizmat qilgan.
Samarqand viloyat turkmanlarining etnomadaniy jarayonlarda bosib o‘tgan yoʻli, ularning mintaqaga kelib o‘rnashishi, etnohududiy joylashuvi va etnik tarixiga aniqlik kiritilib, turkmanlar yashayotgan aholi maskanlari xaritalashtirilgan va voha turkmanlarining o‘zligini anglashi hamda urf-odatlari bo‘yicha keltirilgan ilmiy xulosa, amaliy taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi “Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasida amaliyotga tatbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi madaniy meros agentligining 2024-yil 15-noyabrdagi 04-05/4356 son ma’lumotnomasi). Natijada Samarqand viloyati hududida faoliyat olib borayotgan muzeylar – O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi, viloyat O‘lkashunoslik muzeyi faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilgan. 
O‘zbekistonda yashovchi turli millatlarning o‘zaro inoqligi, voha turkmanlarining o‘ziga xos moddiy va ma’naviy madaniyati, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan milliy qadriyatlar yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim amaliy ahamiyat kasb etishiga oid xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Mahalla teleradiokanali viloyat bo‘limida 2024-yil fevral-mart oylarida efirga uzatilgan “Assalom, Mahalla!” tongi dam olish ko‘rsatuvi navbatdagi sonining ssenariysini tayyorlashda foydalanildi (“Mahalla teleradiokompaniyasi” davlat muassasasining 2024-yil 04-aprel 02-12/272-son ma’lumotnomasi). Natijada keltirib o‘tilgan ma’lumotlar tomoshabinlarda Samarqand viloyati turkmanlarining chorvachilikka asoslangan xo‘jalik turidan o‘troq turmush tarziga o‘tishi aniqlanib, viloyat turkmanlari hayotida va qadriyatlarida yuz bergan o‘zgarishlar haqidagi ma’lumotlarining yanada boyishi uchun xizmat qilgan.
Globallashuv jarayonida turkmanlarning boshqa madaniyatlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lish xususiyatlarini ochib berish va qo‘ni-qo‘shnichilik aloqalari ta’sirida voha turkman urug‘larining oilaviy marosimlari (nikoh munosabatlari, to‘y-hashamlari, farzand tarbiyasi, maxsus taomlari va boshqa) xususiyatlari, ulardagi an’anaviylik va o‘zgarishlar etnografik ma’lumotlar, keltirilgan ilmiy xulosa, amaliy taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi “Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasida amaliyotga tatbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi madaniy meros agentligining 2024-yil 15-noyabrdagi 04-05/4356 son ma’lumotnomasi). Natijada muzeyga tashrif buyuruvchilarning Samarqand hududi turkmanlari tarixi, etnografiyasiga oid bilimlarini boyitadi. O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyida konferensiya, seminar, davra suhbatlari, shuningdek ma’rifiy sohalardagi tadbirlarni tashkil etishga xizmat qilgan.
“Movarounnahrning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida Termiz shahrining o‘rni (IX – XV asrlar)” mavzusini o‘rganish yuzasidan to‘plangan ma’lumotlar asosida: 
Termiz shahriga oid yozma manbalar, arxiv hujjatlari, elchi va sayohatchilarning kundaliklari, statistik ma’lumotlar, siyosiy sulolalar faoliyati, islom dining ustuni sifatida madrasa va masjidlar faoliyati bilan bog‘liq manbalardan foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” kanalining 2023-yil 25-maydagi 02-32-821-son ma’lumotnomasi). Bu esa Termizshohlarning Chag‘onxudotlar, Gufton viloyati, Balx, Buxoro bilan munosabatlari, Termizda ishlangan tilla suvi berilgan po‘lat va mis tulunboslar “qiyoqdan tikilgan va oltin qadalgan” sovutlar haqidagi ma’lumotlarni aniqlashga xizmat qilgan; 
Termiz shahri masalasida Somoniylar, G‘aznaviylar, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar, Termizshohlar haqidagi ma’lumotlarning xorijiy tadqiqotchilar tomonidan yoritilishi, Movarounnahrning ijtimoiy-siyosiy holati, Termiz va uning atrofidagi hududlar “Bo‘g‘”, “Temir darvoza”, “Solihobod” haqidagi manbalardan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va Ma’rifat kengashi Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazining 2023-yil 24-maydagi 02-02/487-son ma’lumotnomasi). Natijada, Termiz hokimlarining diplomatik munosabatlari, harbiy hukmdorlari, ularning shaharda amalga oshirgan qurilish, qalʼa, mudofaa, sug‘orish, madrasa, masjidlar qurishdagi ishlari ilmiy-tarixiy jihatdan xolisona yoritishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish