Jo‘raeva Shaxlo Uchqun qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish orqali aholi turmush darajasini oshirish yo‘nalishlarini takomillashtirish», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3059.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Irmatova Aziza Baxramovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.03/2025.27.12.1.24.01 
Rasmiy opponentlar: Xasanov Rustam Rabbimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Maxmudov Odiljon Xolmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish orqali aholi turmush darajasini oshirish yo‘nalishlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholi turmush darajasiga ta’sir etuvchi omillarning integrativ modeli iqtisodiy, ijtimoiy, demografik, texnologik va ekologik determinantlarni tizimli birlashtirish va turmush darajasini oshirishga o‘zaro bog‘liq ta’siri va sinergetik samara ko‘rsatishining asoslanishiga ko‘ra takomillashtirilgan;
 aholi daromadini oshirish, barqaror bandlik, kambag‘allikni qisqartirish va innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadlarini rag‘batlantiruvchi tizimli mexanizm uy xo‘jaligi resurslarini ishlab chiqarish omillari bilan uzviy integratsiyalashgan holda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish va joriy etish ushbu maqsadlarga erishishning eng maqbulligi asoslanishiga ko‘ra takomillashtirilgan;
raqamli iqtisodiyotda mikrobiznes orqali aholi turmush darajasini oshirishning barqarorlik mexanizmi “Sanoat 4.0” sharoitida mikrotadbirkorlikni rivojlantirish tizimini sun’iy intellekt, raqamli platforma va AI-gigiena elementlari bilan boyitilishiga ko‘ra takomillashtirilgan;
aholi turmush darajasini oshirishning nazariy va amaliy yondashuvlari va ilg‘or amaliy tajribalar natijalari umumlashtirilgan holda istiqbol talablarga ko‘ra tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish orqali aholi turmush darajasini oshirish eng samarali maqbul yo‘l ekanligi nazariy va ekonometrik tahlilga ko‘ra asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish orqali aholi turmush darajasini oshirish yo‘nalishlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
aholi turmush darajasiga ta’sir etuvchi omillarning integrativ modeli iqtisodiy, ijtimoiy, demografik, texnologik va ekologik determinantlarni tizimli birlashtirish va turmush darajasini oshirishga o‘zaro bog‘liq ta’siri va sinergetik samara ko‘rsatishining asoslanishiga ko‘ra takomillashtirilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son “«O‘zbekiston - 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonida inobatga olingan bo‘lib, xususan mazkur farmonning 7 bandida belgilangan “Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omili sifatida biznes uchun yanada qulay sharoitlarni yaratish maqsadida "Biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturini" ishlab chiqish”da foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 3-iyuldagi 1/00-03/10-6166-sonli ma’lumotnomasi). Taklif hududlarda tadbirkorlik shakllarini rivojlantirish orqali aholi turmush darajasini oshirishga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
aholi daromadini oshirish, barqaror bandlik, kambag‘allikni qisqartirish va innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadlarini rag‘batlantiruvchi tizimli mexanizm uy xo‘jaligi resurslarini ishlab chiqarish omillari bilan uzviy integratsiyalashgan holda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish va joriy etish ushbu maqsadlarga erishishning eng maqbulligi asoslanishiga ko‘ra takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14- fevraldagi PQ-64-son “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini ta’minlash uchun moliyaviy yordamlar ajratish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan “Aholiga moliyaviy yordamlarni ajratish tizimini soddalashtirish va ulardan samarali foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish hamda manzilliligini ta’minlash maqsadini” ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025 yil 3-iyuldagi 1/00-03/10-6166-sonli ma’lumotnomasi). Taklif aholi iqtisodiy faolligini rag‘batlantirish, zamonaviy tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, moliyaviy resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, hududiy tafovutlarni kamaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
raqamli iqtisodiyotda mikrobiznes orqali aholi turmush darajasini oshirishning barqarorlik mexanizmi “Sanoat 4.0” sharoitida mikrotadbirkorlikni rivojlantirish tizimini sun’iy intellekt, raqamli platforma va AI-gigiena elementlari bilan boyitilishiga ko‘ra takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-sentyabrdagi PQ-286-son “Respublikaning hudud, soha va tarmoqlarida raqamli texnologiyalar joriy etilishini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan “Aholi va tadbirkorlar uchun 100 dan ortiq turdagi elektron xizmatlarni joriy etish, shu jumladan 10 turdagi davlat xizmatini proaktiv va kompozit shaklga o‘tkazish, 19 ta hayotiy vaziyatda fuqarolarga avtomatik tarzda xabar yuborish” yo‘nalishini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 3-iyuldagi 1/00-03/10-6166-sonli ma’lumotnomasi). Taklif tadbirkorlik faoliyati va aholi turmush darajasini o‘zaro muvofiq holda rivojlantirishda mavjud qo‘shimcha imkoniyatlarni aniqlashga muayyan darajada xizmat qilgan;
aholi turmush darajasini oshirishning nazariy va amaliy yondashuvlari va ilg‘or amaliy tajribalar natijalari umumlashtirilgan holda istiqbol talablarga ko‘ra tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish orqali aholi turmush darajasini oshirish eng samarali maqbul yo‘l ekanligi taklifi Buxoro viloyati Olot tuman hokimligi “Aholini ish bilan bandligiga ko‘maklashish, ularni tadbirkorlikka jalb etish hamda kasb-hunarga o‘qitish orqali ish bilan bandlik darajasini oshirish yuzasidan hamkorlikdagi ishlarni samarali tashkil etish to‘g‘risi-daga “qo‘shma qarori”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 3-iyuldagi 1/00-03/10-6166-sonli ma’lumotnomasi). Taklif tadbirkorlik faoliyati orqali aholi turmush darajasini oshirishga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish