Bobodustov Ulug‘bek Kenja o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda tish qatorlari anomaliya va deformatsiyalarni ortodontik davolashda kelib chiqadigan gingivitlarni davolashni takomillashtirish», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3379.
Ilmiy rahbar: Saidov Akbar Ahadovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.03.
Rasmiy opponentlar: Xabibova Nazira Nasulloevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ermuxanova Gul`jan Tleumuxanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat tibbiyot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda tish qatorlari anomaliya va deformatsiyalarni ortodontik davolash jarayonida kelib chiqadigan gingivitlarni davolash-profilaktikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda tish qatorlari anomaliya va deformatsiyalarni ortodontik davolash jarayonida kelib chiqadigan gingivitlar epidemiologiyasi, ularning ko‘rinishlari aniqlangan;
bolalarda tish qatorlari anomaliya va deformatsiyalarni ortodontik davolash jarayonida kelib chiqadigan gingivitlarni davolashda anor danagi moyidan  va propolis tarkibli geldan individual tayyorlangan kappalar bilan qo‘llash davolash chora-tadbirlar rejasi patogenetik o‘zgarishlar asosida takomillashtirilgan;
bolalarda tish qatorlari anomaliya va deformatsiyalarni ortodontik davolash jarayonida tishlarning yuqori sezuvchanligida dentin kanalchalarida kalsiy donachalarini hosil qiluvchi geldan individual kappalar bilan qo‘llash ijobiy samarasi isbotlangan;
gingivitni oldini olish uchun elektr tish cho‘tkalaridan foydalanish va tavsiya etilgan og‘iz chayish vositasi bilan og‘izni chayish morfofunksional tekshiruvlar asosida samarali ekanligi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy - tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha 2025 yil 7 oktyabrdagi 26/38 - son xulosasiga ko‘ra:
 birinchi ilmiy yangilik: bolalarda tish qatorlari anomaliya va deformatsiyalarni ortodontik davolashda olinmaydigan ortodontik aparatlar qo‘llanganda parodont va og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarining bevosita bog‘liqligi o‘rganilib, ushbu kontingentlarda boshqa ortodontik apparatlarga nisbatan 1,5 marta ko‘p milk to‘qimasida yallig‘lanishlari aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bolalarda tish qatorlari anomaliya va deformatsiyalarni ortodontik davolashda gingivit kasalliklarining keng tarqalishi, parodontal indekslarning o‘rta og‘irlik darajadaligi, asoratlarning klinik kechish xususiyatlari mikrobiologik va bioximik tekshirishlar bilan izohlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy - amaliy ma’lumotlar Navoiy shaxar 3-son oilaviy poliklinikasi bo‘yicha buyruq (05.04.2024 yildagi 125-5-79-DOP/2024 - son) hamda Qashqadaryo viloyat Yakkabog‘ tuman shifoxonasi bo‘yicha buyruq (10.05.2024 yildagi 283-4-68-TV/2024-son) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar bolalarda tish qatorlari anomaliya va deformatsiyalarni ortodontik davolashda kelib chiqadigan gingivitlarni erta tashxislashga imkon berdi. Yuqoridagi tekshirish usullari ushbu kontingentdagi bemorlarda stomatologik yordamni tashkil qilish hamda asoratlarning oldini olish uchun xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda tish qatorlari anomaliya va deformatsiyalarni ortodontik davolashda kelib chiqadigan gingivitlarni tavsiya etilayotgan ushbu tekshirish usullaridagi hamda  stomatologik tekshirish o‘tkazish jarayonida har bir bemorga sarflangan mablag‘ning 230000 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Bu esa mablag‘i tejalishi, mukammallashtirilgan tashxislash jarayonini ta’minladi. Xulosa: bolalarda tish qatorlari anomaliya va deformatsiyalarni ortodontik davolashda kelib chiqadigan gigiviti bor bolalarda milk kasalliklarining tarqalishi, tuzilishi, klinikasi va kechishi tabiati ortodontik aparat turi va foydalangan muddatiga bog‘liq. Olinmaydigan ortodontik aparatlarda olinadigan aparatlarga nisbatan 2 barobar ko‘p gingivitlar kelib chiqishi aniqlangan.
 ikkinchi ilmiy yangilik: bolalarda tish qatorlari anomaliya va deformatsiyalarni ortodontik davolash jarayonida kelib chiqadigan gingivitlarni davolashda anor danagi moyidan  va propolis tarkibli geldan individual tayyorlangan kappalar bilan qo‘llash davolash chora-tadbirlar rejasi patogenetik o‘zgarishlar asosida takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ilk marotaba bolalarda tish qatorlari anomaliya va deformatsiyalarni ortodontik davolash jarayonida kelib chiqadigan gingivitlarni davolashda anor danagi moyidan foydalanishni amaliyotga kiritish asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy - amaliy ma’lumotlar Navoiy shaxar 3-son oilaviy poliklinikasi bo‘yicha buyruq (05.04.2024 yildagi 125-5-79-DOP/2024 - son) hamda Qashqadaryo viloyat Yakkabog‘ tuman shifoxonasi bo‘yicha buyruq (10.05.2024 yildagi 283-4-68-TV/2024-son) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi:  bolalarda tish qatorlari anomaliya va deformatsiyalarni ortodontik davolash jarayonida kelib chiqadigan gingivitlarni davolashda anor danagi moyi va prapolis gelidan foydalanish samarali davolashga imkon berdi. Yuqoridagi davolash usullari ushbu kontingentdagi bemorlarda stomatologik yordamni tashkil qilish hamda asoratlarning oldini olish uchun xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda tish qatorlari anomaliya va deformatsiyalarni ortodontik davolash jarayonida kelib chiqadigan gingivitlarni davolashda anor danagi moyidan va prapolis gelidan foydalanish jarayonida har bir bemorga sarflangan mablag‘ning 250000 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Bu esa mablag‘i tejalishi, mukammallashtirilgan davolash jarayonini ta’minladi. Xulosa: bolalarda tish qatorlari anomaliya va deformatsiyalarni ortodontik davolash jarayonida kelib chiqadigan gingivitlarni davolashda anor danagi moyidan va prapolis gelidan foydalanish bazaviy davolashga nisbatan samarali natija berdi.
 uchinchi ilmiy yangilik: bolalarda tish qatorlari anomaliya va deformatsiyalarni ortodontik davolash jarayonida tishlarning yuqori sezuvchanligida dentin kanalchalarida kalsiy donachalarini hosil qiluvchi geldan individual kappalar bilan qo‘llash ijobiy samarasi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bolalarda tish qatorlari anomaliya va deformatsiyalarni ortodontik davolash jarayonida tishlarning yuqori sezuvchanligida dentin kanalchalarida kalsiy donachalarini hosil qiluvchi geldan individual kappalar bilan qo‘llash stomatologik amaliyotga tavsiya etilgan, ushbu gel tishlar sezuvchanlikka samara berishi  isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy - amaliy ma’lumotlar Navoiy shaxar 3-son oilaviy poliklinikasi bo‘yicha buyruq (05.04.2024 yildagi 125-5-79-DOP/2024 - son) hamda Qashqadaryo viloyat Yakkabog‘ tuman shifoxonasi bo‘yicha buyruq (10.05.2024 yildagi 283-4-68-TV/2024-son) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda tishlarning yuqori sezuvchanligida dentin kanalchalarida kalsiy donachalarini hosil qiluvchi Sensistab geldan individual kappalar bilan foydalanish, ushbu kontingentdagi bemorlarda stomatologik yordamni tashkil qilish hamda asoratlarning oldini olish uchun xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda tish qatorlari anomaliya va deformatsiyalarni ortodontik davolash jarayonida tishlarning yuqori sezuvchanligida dentin kanalchalarida kalsiy donachalarini hosil qiluvchi Sensistab geldan individual kappalar bilan foydalanish  har bir bemorga sarflangan mablag‘ning 250000 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Bu esa mablag‘i tejalishi, mukammallashtirilgan davolash jarayonini ta’minladi. Xulosa: tishlarning yuqori sezuvchanligida dentin kanalchalarida kalsiy donachalarini hosil qiluvchi Sensistab geldan individual kappalar bilan foydalanilgan, bu esa tishlar sezuvchanligi sababli depul`patsiya qilinishini oldi olgan. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: gingivitni oldini olish uchun elektr tish cho‘tkalaridan foydalanish va tavsiya etilgan og‘iz chayish vositasi bilan og‘izni chayish morfofunksional tekshiruvlar asosida samarali ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bolalarda tish qatorlari anomaliya va deformatsiyalarni ortodontik davolash jarayonida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan gingivitlarni erta tashhislashni hamda profilaktika choralari ijobiy samara berganligi bilan izohlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy - amaliy ma’lumotlar Navoiy shaxar 3-son oilaviy poliklinikasi bo‘yicha buyruq (05.04.2024 yildagi 125-5-79-DOP/2024 - son) hamda Qashqadaryo viloyat Yakkabog‘ tuman shifoxonasi bo‘yicha buyruq (10.05.2024 yildagi 283-4-68-TV/2024-son) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda tish qatorlari anomaliya va deformatsiyalarni ortodontik davolash jarayonida tavsiya etilayotgan profilaktika choralari  gingivitlarni oldini olishga imkon berdi. Yuqoridagi tekshirish usullari ushbu kontingentdagi bemorlarda stomatologik yordamni tashkil qilish hamda kasalliklarning asoratlarini oldini olish uchun xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda tish qatorlari anomaliya va deformatsiyalarni ortodontik davolash jarayonida tavsiya etilayotgan profilaktika choralari  gingivitlarni oldini olishga imkon berdi. Yuqoridagi profilaktika usullari ushbu kontingentdagi bemorlarda stomatologik yordamni tashkil qilish hamda kasalliklarning oldini olish uchun xizmat qildi. Tavsiya etilayotgan ushbu profilaktika usullari har bir bemorga sarflangan mablag‘ning 230000 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Bu esa mablag‘i tejalishi, mukammallashtirilgan tashxislash jarayonini ta’minladi. Xulosa: bolalarda tish qatorlari anomaliya va deformatsiyalarni ortodontik davolashda kelib chiqadigan gigiviti bor bolalarda milk kasalliklarining tarqalishi, tuzilishi, klinikasi va kechishi tabiati ortodontik aparat turi va foydalangan muddatiga bog‘liq. Tavsiya etilayotgan profilaktika choralari gingivit kaslligini oldini olishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish