Astanov Otabek Mirjonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ruhiy patologiyasi mavjud bemorlarda ixtisoslashgan stomatologik diagnostika va yordam ko‘rsatishni takomillashtirish” ixtisoslik shifri: 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Tib1059.
Ilmiy maslahatchi: Gafforov Sunnatullo Amrulloevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.03.
Rasmiy opponentlar: Xabibova Nazira Nasulloevna, tibbiyot fanlari doktori, professor, Habilov Nig‘mon Luqmonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Solov`ev Andrey Gorgon`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: I.K.Axunbaev nomidagi Qirg‘iz tibbiyot akademiyasi (Qirg‘iziston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli ruhiy patologiyalari mavjud bemorlarda ambulator-statsionar  sharoitlarda tibbiy xizmat ko‘rsatishda ixtisoslashgan diagnostik yondoshuvlar asosida stomatologik yordamni takomillashtirishdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, ruhiy patologiyasi mavjud bemorlarda stomatologik kasalliklarning tarqalganligi, klinik xususiyatlari baholandi, og‘iz bo‘shlig‘i mikrobiotsinozi yomonlashuvining ortib borishi ruhiy-agressiv shaklda kechishi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqligi korrelyasion statistik usullarda asoslangan;
ilk bor, stomatolog qabuliga murojaat etayotgan ruhiy patologiyasi mavjud, jumladan ruhiy-agressiv shakldagi bemorlarning ruhiy holati – darajasi va stomatolog mutaxasisning ruhiy-agressiv shaklini tashhislash darajasi aniqlangan;
ilk bor, ijtimoiy, ruhiy, stomatologik, klinik va funksional tadqiqotlar natijasida, ruhiy-agressiv shakldagi bemorlarning yuz-jag‘ patologiyalari psixopatologik simptomlar manifestatsiyasi yoki ekzatserbatsiyasi ko‘rinishida shakllanishi, xamda profilaktikasida, davolashda psixofarmakoterapevtik samaradorlik kasallik etiopatogenezidagi ahamiyati davo-profilaktika algoritmi ishlab chiqishda asos bo‘lishi isbotlangan;
ilk bor, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati sezuvchanlik darajasini yangi - “Esteziometr” qurilmasi yordamida aniqlanib, olib qo‘yiladigan tish protezlarini 3D bosma kompyuter orqali keng foydalanish asoslangan;
ilk bor, ruhiy patologiyasi mavjud bemorlar orasida stomatologik-ortopedik muolajalarda tish qattiq to‘qima nuqsonlarini sun’iy tish protezlari bilan bartaraf etishda, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati sohasiga kam aloqali usulni aniqlash va tanlash, kam allergen, fizik-mexanik jihatidan kirishuvchan xom-ashyolar va ularni  tayyorlashda yangicha raqamli texnlologiyalar imkoniyatlarining keng qo‘llanilishdagi samaradorligi, avtomatlashtirilgan dasturi - anamnez tizimini shakllantirish, ruhiy-hissiy holatni baholash takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha 2025 yil 7 iyuldagi 21/14– son xulosasiga ko‘ra: 
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor, ruhiy patologiyasi mavjud bemorlarda stomatologik kasalliklarning tarqalganligi, klinik xususiyatlari baholandi, og‘iz bo‘shlig‘i mikrobiotsinozi yomonlashuvining ortib borishi ruhiy-agressiv shaklda kechishi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqligi korrelyasion statistik usullarda asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ruhiy patologiyasi mavjud bemorlar og‘iz bushlig‘i a’zo va to‘qimalarida stomatologik kasalliklarda o‘ziga xos klinik o‘zgarishlar – karies va nokaries patologiyalar, parodont va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati to‘qimasidagi GI, PI va CPITN salbiy holati og‘iz bo‘shlig‘i mikrobiotsenozini yomonlashuvi oshirishini, tashhislash va davolashda bu holatni axamiyatsizligiga yul qo‘ymaslik zarurati ko‘rsatib o‘tildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy markazi (RIRSIAM) Jizzax viloyati filialida (06.03.2025 yil, №9 sonli Buyruq), RIRSIAM Samarqand viloyati filialida (06.03.2025 yil, №47-U sonli Buyruq) va RIRSIAM Navoiy viloyati filialida (11.03.2025 yil, №30 sonli Buyruq) amaliytga tatbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: ruhiy patologiyasi mavjud bemorlarda stomatologik kasalliklarning tarqalishi va og‘iz bo‘shlig‘i mikrobiotsenozining ruhiy-agressiv holat bilan bog‘liqligini aniqlash orqali, ushbu toifadagi shaxslar uchun individual diagnostika tizimi yaratildi va bu tibbiyot xodimlariga kasallik rivojlanishini oldindan prognoz qilish va ijtimoiy himoyaga muhtoj bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: og‘iz bo‘shlig‘i a’zo va to‘qimalaridagi kasalliklarni davolashda, dastlab GI, PI, CPITN ko‘rsatkichlarini yaxshilashga, hamda shaxsiy gigiena vositalarini qo‘llash orqali bemorlar orasida olib borilgan tibbiy-oqartiruv va sanatsiya natijasida turli xil asoratlarga olib keladigan kasalliklarni o‘z vaqtida oldi olindi va bir nafar bemor uchun 294420 so‘m antibiotiklarga qilinadigan xaridlardan tejalishiga erishildi. Xulosa: ruhiy patologiyasi mavjud bemorlar og‘iz bo‘shlig‘i a’zo va to‘qimalarida stomatologik kasalliklarda o‘ziga xos klinik o‘zgarishlari – karies va nokarioz patologiyalar, parodont va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati to‘qimasidagi GI, PI va CPITN salbiy holatini aniqlash imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor, stomatolog qabuliga murojaat etayotgan ruhiy patologiyasi mavjud, jumladan ruhiy-agressiv shakldagi bemorlarning ruhiy holati – darajasi va stomatolog mutaxasisning ruhiy-agressiv shaklini tashhislash darajasi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: stomatolog mutaxasislarimiz ruhiy patologiyalari mavjud bemorlar bilan munosabat o‘rnatish va tibbiy yordam jarayonidagi yondoshuvni bilishlari natijasida kasbiy xavfsizliklarini ta’minlashadi, natijada sifatli xizmat ko‘rsatishda samaradorlikga erishiladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy markazi (RIRSIAM) Jizzax viloyati filialida (06.03.2025 yil, №9 sonli Buyruq), RIRSIAM Samarqand viloyati filialida (06.03.2025 yil, №47-U sonli Buyruq) va RIRSIAM Navoiy viloyati filialida (11.03.2025 yil, №30 sonli Buyruq) amaliytga tatbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: stomatolog mutaxassislarning ruhiy-agressiv holatlarni tashxislash darajasini ilmiy isbotlash orqali shifokor va bemor o‘rtasidagi kasbiy muloqot madaniyati takomillashtirildi. Bu tibbiy xodimlarning psixologik tayyorgarligini oshirishga va davolash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizoli vaziyatlarning oldini olishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: shifokorning bemor ruhiy holatini to‘g‘ri baholashi natijasida noto‘g‘ri tanlangan davo taktikasi va ehtimoliy jarohatlar xavfi 15-20% ga kamayadi. Bu esa har bir bemor uchun qo‘shimcha tibbiy konsul`tatsiyalar va shoshilinch yordam xarajatlarini bir nafar bemor uchun o‘rtacha 250.000 so‘m mablag‘larni tejash imkonini beradi. Xulosa: ruhiy-agressiv holatini tashhislashdagi klinik-amaliy munosabatlari ilmiy asoslanishi natijasida bemor va stomatolog mutaxaslar orasidagi munosabatlar tartibga solish imkoniyatlari o‘rganilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor, ijtimoiy, ruhiy, stomatologik, klinik va funksional tadqiqotlar natijasida, ruhiy-agressiv shakldagi bemorlarning yuz-jag‘ patologiyalari psixopatologik simptomlar manifestatsiyasi yoki ekzatserbatsiyasi ko‘rinishida shakllanishi, xamda profilaktikasida, davolashda psixofarmakoterapevtik samaradorlik kasallik etiopatogenezidagi ahamiyati davo-profilaktika algoritmi ishlab chiqishda asos bo‘lishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati shundan iboratk: ruhiy patologiyasi mavjud insonlar tishi va tish qatori nuqsonini erta tashhislash va davolashda raqamli texnologiyalardan foydalanib, yuz-jag‘ patologiyalarini bartaraf etish asoslari, hamda sun’iy tish protezlari xom-ashyolarining fizik-mexanik tarkibiy xususiyatlarining ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga tadbiq qilinishi: olingan natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy markazi (RIRSIAM) Jizzax viloyati filialida (06.03.2025 yil, №9 sonli Buyruq), RIRSIAM Samarqand viloyati filialida (06.03.2025 yil, №47-U sonli Buyruq) va RIRSIAM Navoiy viloyati filialida (11.03.2025 yil, №30 sonli Buyruq) amaliytga tatbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: yuz-jag‘ patologiyalari va psixopatologik simptomlar orasidagi uzviy bog‘liqlikni aniqlash hamda psixofarmakoterapevtik yondashuv asosida davo-profilaktika algoritmini ishlab chiqish, bemorlarning ruhiy zo‘riqishini kamaytiradi. Natijada, stomatologik muolajalarning samaradorligi ortib, bemorlarning umumiy salomatligi tiklanishiga ijtimoiy zamin yaratiladi. Iqtisodiy samaradorligi: raqamli texnologiyalar stomatologiya amaliyotiga tadbiq etilishi natijasida har bir bemor uchun 343800 so‘m tejamkorlikga erishildi Xulosa: agressiv shakldagi ruhiy patologiyalarda yuz-jag‘ kasalliklari psixopatologik simptomlar manifestatsiyasi yoki ekzatserbatsiyasi ko‘rinishida shakllanishi isbotlangan va yuz-jag‘ profilaktikasi va davolashda psixofarmakoterapevtik samaradorligi aniqlandi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati sezuvchanlik darajasini yangi - “Esteziometr” qurilmasi yordamida aniqlanib, olib qo‘yiladigan tish protezlarini 3D bosma kompyuter orqali keng foydalanish asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ruhiy patologiyasi mavjud bemorlarda og‘riqsizlantirishda qo‘llanilayotgan dori vositalari turlariga bog‘liq holda agressiv shaklidan qat’iy nazar samaradorligi bemor ijtimoiy-ruhiyatiga, mutaxasis bilim darajasiga va dori vositasining to‘g‘ri tanlanishiga bog‘liqligidagi ahamiyati ilmiy asoslangan. olingan natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy markazi (RIRSIAM) Jizzax viloyati filialida (06.03.2025 yil, №9 sonli Buyruq), RIRSIAM Samarqand viloyati filialida (06.03.2025 yil, №47-U sonli Buyruq) va RIRSIAM Navoiy viloyati filialida (11.03.2025 yil, №30 sonli Buyruq) amaliytga tatbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: mahalliy og‘riqsizlantirishning yuqori samaradorligi va «Esteziometr» qurilmasining qo‘llanishi stomatologik muolajalarni mutlaqo og‘riqsiz va xavfsiz o‘tkazish imkonini beradi. 3D bosma texnologiyalarining joriy etilishi esa davolash muddatlarini qisqartirib, bemorlarning jamiyatdagi faol hayot tarziga tezroq qaytishini ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: an’anaviy usulda protez tayyorlashdagi klinik-laboratoriya bosqichlari soni kamayishi hisobiga bitta bemor uchun xarajatlar bir nafar bemor uchun 486000 so‘m mablag‘ tejaladi. Xulosa: stomatologik og‘riqsizlantirishda qo‘llanilayotgan dori vositalar turlari va qo‘llanilish usullari kasallikning agressiv shaklidan qat’iy nazar samarali bo‘lishi bemorlarning ijtimoiy-ruhiy holatini aniqlash imkonini bergan.
beshinchi ilmiy yangilik: ilk bor, ruhiy patologiyasi mavjud bemorlar orasida stomatologik-ortopedik muolajalarda tish qattiq to‘qima nuqsonlarini sun’iy tish protezlari bilan bartaraf etishda, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati sohasiga kam aloqali usulni aniqlash va tanlash, kam allergen, fizik-mexanik jihatidan kirishuvchan xom-ashyolar va ularni  tayyorlashda yangicha raqamli texnlologiyalar imkoniyatlarining keng qo‘llanilishdagi samaradorligi, avtomatlashtirilgan dasturi - anamnez tizimini shakllantirish, ruhiy-hissiy holatni baholash takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bemorlarning ruhiy-ijtimoiy xususiyatlari uchun ixtisoslashgan ortopedik stomatologik yordamning samarador algoritmini avtomatlashtirilgan tarzda joriy etish dasturi yaratilishiga asos solingan va ambulator qabulda bemorlar anamnezini tizimli shakllantirish, ruhiy-hissiy holat imkoniyatlarini darajasini oldindan baholash uchun ahamiyati asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy markazi (RIRSIAM) Jizzax viloyati filialida (06.03.2025 yil, №9 sonli Buyruq), RIRSIAM Samarqand viloyati filialida (06.03.2025 yil, №47-U sonli Buyruq) va RIRSIAM Navoiy viloyati filialida (11.03.2025 yil, №30 sonli Buyruq) amaliytga tatbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: ortopedik muolajalarda kam allergenli va yuqori fizik-mexanik xususiyatga ega xom-ashyolardan foydalanish hamda avtomatlashtirilgan anamnez tizimini shakllantirish, tibbiy xizmat ko‘rsatish tezligi va sifatini yangi bosqichga ko‘taradi. Iqtisodiy samaradorligi: yuqori sifatli va fizik-mexanik jihatdan chidamli xom-ashyolarni tanlash protezlarning xizmat qilish muddatini 1,5-2 baravarga oshiradi. Bu qayta tiklash xarajatlarini har bir bemor uchun 289600 so‘m iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: ruhiy patologiyalari mavjud qovushqoq bo‘lgan xom-ashyo, hamda raqamli texnologiyalarga 3D bosmali kompyuter yordamida tayyorlash usullari «Ruhiy patologiyasi mavjud bemorlarada ixtisoslashgan stomatologik diagnostika va yordam ko‘rsatishni takomillashtirish» nomli bemorlarda ortopedik stomatologik muolajalarda tish qatorlarini sun’iy tishlar bilan protezlashda, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati sezuvchanlik sohalarini kam aloqali usullarini o‘rganish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish