Usmonova Moxinur Dilshod qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Homilador ayollarda subklinik gipotireozda gipertenziyaning rivojlanish xususiyatlari va intensivligi», 14.00.01 - Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib4813.
Ilmiy rahbar: Yakubova Oltinoy Abduganievna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.04.
Rasmiy opponentlar: Zufarova Shaxnoza Alimdjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Andijon viloyati sharoitida subklinik gipotireoz mavjud homiladorlarda gipertenziv buzilishlar xususiyatlarini o‘rganish hamda ularni erta aniqlash va profilaktikasiga qaratilgan klinik-diagnostik algoritm samaradorligini asoslashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yod tanqisligi sharoitida raqamli usullarni qo‘llash orqali homiladorlarda gestatsion arterial gipertenziya, preelampsiya kabi gipertenzion buzilishlarning shakllanishida subklinik gipotireozning patogenetik ahamiyati aniqlangan hamda ularni erta aniqlash va oldini olish zarurati asoslangan;
subklinik gipotireoz fonida gipertenziv buzilishlarning og‘ir shakllari rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan vegetativ disregulyasiyaning erta kliniko-funksional belgilari aniqlangan hamda ushbu omillar kasallik og‘ir kechishining prognostik markerlari ekanligi isbotlangan;
«Gipertenzioskrin» va «SubTireoTest» shkalalarining klinik amaliyotda qo‘llanilishi gipertenziv buzilishlar va subklinik gipotireozning xavf darajalarini erta aniqlash orqali yuqori xavf guruhiga kiruvchi homiladorlarni ajratib olish hamda ularda individual profilaktik choralarni belgilashi asoslangan;
ishlab chiqilgan diagnostik algoritmning klinik amaliyotga joriy etilishi subklinik gipotireozni o‘z vaqtida aniqlash hamda homiladorlikni yuritishning optimal taktikasini tanlash, diagnostik va profilaktik samaradorlikni oshirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
subklinik gipotireoz mavjud homiladorlarda gipertenziv buzilishlar xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: yod tanqisligi sharoitida raqamli usullarni qo‘llash orqali homiladorlarda gestatsion arterial gipertenziya, preelampsiya kabi gipertenzion buzilishlarning shakllanishida subklinik gipotireozning patogenetik ahamiyati aniqlangan hamda ularni erta aniqlash va oldini olish zarurati asoslanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 fevralda 6i-16/u-son bilan tasdiqlangan va «Subklinik gipotireoz bilan homilador ayollarda gipertonik holatlarni erta diagnostika qilish usullarini optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik RIO va BSIATM Namangan filialining 2024 yil 4 martdagi 25-son va Farg‘ona filialining 2024 yil 6 maydagi 100-son hamda Andijon shahar 1-tug‘ruq komplekining 2024 yil 8 iyuldagi 133-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 25 apreldagi 16/08-son xulosasi). Ilmiy yangilikning tibbiy samaradorligi: yod tanqisligi sharoitida homiladorlarda subklinik gipotireoz va gipertenziv buzilishlarni erta aniqlash jarayoni KoboToolbox platformasi orqali yagona elektron ma’lumotlar bazasi shakllantirish orqali amalga oshirilgan bo‘lib, mazkur raqamli tizim klinik ma’lumotlarni standartlashtirilgan shaklda to‘plash, avtomatik nazorat o‘rnatish, ball hisoblash va xavf-stratifikatsiyasini real vaqt rejimida amalga oshirish imkonini berib, ortiqcha tekshiruvlar hamda kechikkan gospitalizatsiya holatlarini qisqartirishga xizmat qilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: iqtisodiy tahlil natijalariga ko‘ra bir bemorni statsionarda davolashda bir koyka-kun qiymati 1,2 mln so‘m va o‘rtacha gospitalizatsiya muddati 5 kunni tashkil etgan holda, bir bemor hisobiga 6 mln so‘m xarajat yuzaga kelishi aniqlangan. An’anaviy laborator-instrumental diagnostika o‘rniga raqamli skrining va algoritm qo‘llanilishi natijasida har bir bemor hisobiga 455000 so‘m tejam yuzaga keldi. 75 nafar bemor miqyosida ushbu iqtisodiy samara ESalgoritm=455000×75=34125000 so‘mni tashkil etgan. KoboToolbox eletkron registr orqali ma’lumot to‘plash qog‘oz shaklidagi ish yuritishni bartaraf etib, vaqt va material xarajatlarini qisqartirdi. Qog‘oz shaklida bir anketa uchun 30 daqiqa, raqamli formatda esa 15 daqiqa sarflanishi hisobga olinsa, bir anketa bo‘yicha 0,25 soat mehnat tejaladi. 1 soatlik mehnat qiymati 50000 so‘m deb qabul qilinganda, 272 nafar ishtirokchi uchun mehnat tejami EStime=0,25×50000×272=3400000 so‘mni tashkil etdi. Chop etish va arxivlash xarajatlari tejami ESprint=10000×272=2720000 so‘m, xatolarni qayta kiritish bilan bog‘liq xarajatlar tejami ESerror=5000×272=1360000 so‘mni tashkil etdi. Raqamli ma’lumotlar bazasini joriy etishdan olingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy samara 7480000so‘mga teng bo‘lib, umumiy kompleks iqtisodiy samara ES=450000000+34125000+7480000=491605000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: raqamli transformatsiyani joriy etish subklinik gipotireoz va gipertenziv buzilishlarni erta aniqlash samaradorligini oshirib, klinik qaror qabul qilish jarayonini optimallashtirish, xavf-stratifikatsiya va algoritmni qo‘llash orqali og‘ir asoratlar sonini qisqartirish, statsionar va diagnostik xarajatlarni kamaytirish imkonini bergan va tadqiqot miqyosida umumiy iqtisodiy samara 491 mln 605 ming so‘mni tashkil etgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: subklinik gipotireoz fonida gipertenziv buzilishlarning og‘ir shakllari rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan vegetativ disregulyasiyaning erta kliniko-funksional belgilari aniqlangan hamda ushbu omillar kasallik og‘ir kechishining prognostik markerlari ekanligi isbotlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 fevralda 6i-16/u-son bilan tasdiqlangan va «Subklinik gipotireoz bilan homilador ayollarda gipertonik holatlarni erta diagnostika qilish usullarini optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik RIO va BSIATM Namangan filialining 2024 yil 4 martdagi 25-son va Farg‘ona filialining 2024 yil 6 maydagi 100-son hamda Andijon shahar 1-tug‘ruq komplekining 2024 yil 8 iyuldagi 133-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 25 apreldagi 16/08-son xulosasi). Ilmiy yangilikning tibbiy samaradorligi: Subklinik gipotireoz fonida gipertenziv buzilishlarning og‘ir shakllari rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan vegetativ disregulyasiyaning erta kliniko-funksional belgilarining ishonchli prognostik markyor sifatida aniqlanishi tibbiyot tizimining birlamchi bo‘g‘inda xavfni erta baholash va resurslar taqsimotini optimallashtirishga xizmat qilgan. Mazkur klinik markyorlarni amaliyotga joriy etish orqali laborator va instrumental tekshiruvlar hajmi 35% ga qisqargan, bu esa erta bosqichda maqsadli kuzatuv va davolash taktikasini tanlash imkonini kengaytirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Subklinik gipotireoz fonida gipertenziv buzilishlarning og‘ir shakllari rivojlanishi bilan bog‘liq xolatlarni bir kunlik statsionar davolash qiymati C1=600000 so‘m deb qabul qilinganda, erta prognostik baholash tufayli statsionarda yotish muddatining kamida 1 kunga qisqarishi ushbu mablag‘ning tejalishiga olib keladi. Tadqiqotga jalb qilingan 75 nafar bemor uchun umumiy iqtisodiy samara ESstatsionar=600000×75=45000000 so‘mni tashkil etib, tekshiruvlar hajmini 35% ga qisqartirish natijasida qo‘shimcha iqtisodiy tejam EStekshiruv=Ctekshiruv×0,35×N ko‘rinishida baholandi. Agar bir bemor uchun o‘rtacha 200000 so‘mlik laborator-instrumental tekshiruv xarajatlari hisobga olinsa, 75 nafar bemor bo‘yicha iqtisodiy samara 200000×0,35×75=5250000 so‘mni tashkil etadi. Mazkur klinik markyorga asoslangan erta skrining yondashuvining umumiy iqtisodiy samarasi esa ESumumiy=45000000+5250000=50250000 so‘mga teng bo‘lib, bu uning nafaqat klinik, balki tibbiy-iqtisodiy jihatdan ham yuqori samarador ekanini ko‘rsatadi. Vegetativ disregulyasiyaning klinik belgilariga asoslangan baholash mexanizmi og‘ir gipertenziv asoratlarning oldini olish orqali byudjet xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish imkonini bergan. Xulosa: vegetativ disregulyasiyaning erta kliniko-funksional belgilari prognostik markyor sifatida joriy etilishi skriningni soddalashtirib, tekshiruvlar hajmi va statsionar muddatini qisqartirish orqali 75 nafar bemor miqyosida 50 mln 250 ming so‘m iqtisodiy tejamni ta’minlagan.
uchinchi ilmiy yangilik: «Gipertenzioskrin» va «SubTireoTest» shkalalarining klinik amaliyotda qo‘llanilishi gipertenziv buzilishlar va subklinik gipotireozning xavf darajalarini erta aniqlash orqali yuqori xavf guruhiga kiruvchi homiladorlarni ajratib olish hamda ularda individual profilaktik choralarni belgilashi asoslanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 fevralda 6i-16/u-son bilan tasdiqlangan va «Subklinik gipotireoz bilan homilador ayollarda gipertonik holatlarni erta diagnostika qilish usullarini optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik RIO va BSIATM Namangan filialining 2024 yil 4 martdagi 25-son va Farg‘ona filialining 2024 yil 6 maydagi 100-son hamda Andijon shahar 1-tug‘ruq komplekining 2024 yil 8 iyuldagi 133-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 25 apreldagi 16/08-son xulosasi). Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: «Gipertenzioskrin» va «SubTireoTest» prediktiv shkalalarini klinik amaliyotga joriy etish gipertenziv buzilishlar va subklinik gipotireoz xavfini laborator-instrumental tekshiruvlarsiz dastlabki bosqichda baholash imkonini bergan va diagnostik jarayonni iqtisodiy jihatdan optimallashtirgan. Iqtisodiy samaradorlik differensial xarajatlar tahlili asosida baholandi. Bir bemorda an’anaviy diagnostika xarajati Ca=460000 so‘m, shkala asosidagi baholash xarajati esa Cs=5000 so‘m bo‘lgan holda, bir bemorga to‘g‘ri keladigan tejam ΔC=Ca−Cs=455000 so‘mni tashkil etadi. Tadqiqot qamrovidagi 75 nafar bemor bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy samara ES1=ΔC×N=455 000×75=34125000 so‘mni tashkil etib, shkalalar qo‘llanilishi natijasida ijobiy natijalar 29% ga ortgan. Shuningdek, tibbiyotning birlamchi tizimida diagnostik xarajatlarning 42% ga qisqarishi shkalalardan foydalanish orqali diagnostik resurslar sarfini deyarli yarmigacha qisqartirish imkoni mavjudligini ko‘rsatadi. Xulosa: ishlab chiqilgan shkalalarni joriy etish kamida 34,1 mln so‘m to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy tejamni ta’minlab, diagnostik xarajatlarning 42% gacha qisqarishi orqali yuqori tibbiy-iqtisodiy samaradorlikni ta’minlagan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ishlab chiqilgan diagnostik algoritmning klinik amaliyotga joriy etilishi subklinik gipotireozni o‘z vaqtida aniqlash hamda homiladorlikni yuritishning optimal taktikasini tanlash, diagnostik va profilaktik samaradorlikni oshirishi isbotlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 fevralda 6i-16/u-son bilan tasdiqlangan va «Subklinik gipotireoz bilan homilador ayollarda gipertonik holatlarni erta diagnostika qilish usullarini optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik RIO va BSIATM Namangan filialining 2024 yil 4 martdagi 25-son va Farg‘ona filialining 2024 yil 6 maydagi 100-son hamda Andijon shahar 1-tug‘ruq komplekining 2024 yil 8 iyuldagi 133-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 25 apreldagi 16/08-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: diagnostik algoritmning klinik amaliyotga joriy etilishi natijasida 272 nafar homilador orasida xavf guruhiga kiruvchi 75 nafar ayol erta bosqichda aniqlandi va maqsadli kuzatuvga olindi. Natijada og‘ir gipertenziv asoratlar chastotasi 14,2% dan <6% gacha kamaydi, bu perinatal noqulay natijalar xavfini sezilarli darajada pasaytirishga xizmat qilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Og‘ir gipertenziv holatlarni erta aniqlash va uning asoratlarini oldini olish statsionar davolash xarajatlarini kamaytirishga xizmat qilib, iqtisodiy samaradorlik ES=C1×D×N formulasi asosida hisoblandi, bu erda C1=1,2 mln so‘m - bir koyka-kun qiymati, D=5 kun - o‘rtacha gospitalizatsiya muddati, N=75 - bemorlar soni. Bir bemorga to‘g‘ri keladigan xarajat C=1200000×5=6000000 so‘mni tashkil etib, erta diagnostika va og‘ir holatlarning kamayishi natijasida statsionar xarajatlarning qisqarishi ES1=6000000×75=450000000 so‘m iqtisodiy tejamni ta’minlagan. Bundan tashqari, og‘ir holatlar chastotasi 14,2% dan 4% gacha kamaygan deb qabul qilinganda, absolyut xavf kamayishi ΔE=0,142−0,04=0,102 ni tashkil etadi. Tadqiqot ko‘lami bo‘yicha 75 nafar bemor miqyosida bu 75×0,102≈8 ta og‘ir holatning oldi olinganini anglatadi. Bir og‘ir holat qiymati 6 mln so‘m deb hisoblanganda, oldi olingan 8 holat bo‘yicha tejam 8×6000000=48000000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: joriy etilgan diagnostik yondashuv natijasida og‘ir gipertenziv asoratlarning oldi olingan, qo‘shimcha xarajat-samaradorlik koeffisienti qiymati sifatida 48 mln so‘m to‘g‘ridan-to‘g‘ri tejam ta’minlanib, 498 mln so‘m umumiy iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.