To‘ymurodov Abduraxmon Shuhrat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aholiga psixologik xizmat ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirish (harbiy xizmatchilar oilalari misolida)” 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/P721.
Ilmiy rahbar: Avezov Olmos Ravshanovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.P.08.10.
Rasmiy opponentlar: Safarov Dilmurod Xalimovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor, G‘aybullaev A’zam Axadovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aholiga psixologik xizmat ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholiga psixologik xizmat ko‘rsatish jarayonida xizmat vazifasini bajarishdagi ijtimoiy moslashuvchanlik va stressni boshqarish ko‘nikmalarini oiladagi shaxslararo munosabatlar dinamikasiga ta’siri tufayli oilaviy krizisli intervensiya orqali madaniy adaptiv xususiyatlarni ijobiy barqarorlashtirish muhimligi aniqlangan;
harbiy oilalarga manzilli psixologik xizmat ko‘rsatishda individual, oilaviy, psixoprofilaktik mexanizmlarni psixoeduktiv seanslar asosida uyg‘un qo‘llash muhimligiga ko‘ra, faoliyatda o‘zini o‘zi nazorat qilish xususiyatini emotsional barqarorlik bilan integrativ namoyon bo‘lishi orqali stressni boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish muhimligi aniqlangan;
harbiy xizmatchi oilalarning psixologik holati ijtimoiy adaptatsiyadagi emotsional barqarorlik inkor etish, kompensatsiya va kognitivlik, stressni boshqarishga oid himoya mexanizmlarini ta’sirida namoyon bo‘lishiga asoslanib psixologik funksional faoliyat orqali individual moslashuv darajasiga identiv ifodalanishi aniqlangan;
harbiy oilalarga psixologik xizmat ko‘rsatishda oilaviy munosabatlarni shaxs emotsional holatidagi stressga bardoshlilik orqali barqarorlashtirish muhimligiga ko‘ra, ijtimoiy psixokognitiv resurslarni kauzal atribusiya asosida konstruktiv konfrontatsiyaga bog‘liq refleksiv faollashtirish zarurligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinganligi. Aholiga psixologik xizmat ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirish (harbiy xizmatchilar oilalari misolida) bo‘yicha erishilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
aholiga psixologik xizmat ko‘rsatish jarayonida xizmat vazifasini bajarishdagi ijtimoiy moslashuvchanlik va stressni boshqarish ko‘nikmalarini oiladagi shaxslararo munosabatlar dinamikasiga ta’siri tufayli oilaviy krizisli intervensiya orqali madaniy adaptiv xususiyatlarni ijobiy barqarorlashtirish muhimligi aniqlanganligiga oid xulosa va tavsiyalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 3-maydagi PM-130-sonli buyrug‘iga asosan «Psixologik xizmat» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-maydagi PM-130-a-son ma’lumotnomasi). Natijada aholiga psixologik xizmat ko‘rsatish modeli ishlab chiqilgan;
harbiy oilalarga manzilli psixologik xizmat ko‘rsatishda individual, oilaviy, psixoprofilaktik mexanizmlarni psixoeduktiv seanslar asosida uyg‘un qo‘llash muhimligiga ko‘ra, faoliyatda o‘zini o‘zi nazorat qilish xususiyatini emotsional barqarorlik bilan integrativ namoyon bo‘lishi orqali stressni boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish muhimligi aniqlanganligi haqidagi ilmiy xulosalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 3-maydagi PM-130-a-son buyrug‘iga asosan «Psixologik xizmat» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-maydagi PM-130-a-son ma’lumotnomasi). Natijada aholiga psixologik zo‘riqishlarning kelib chiqishiga ko‘ra, inqirozli vaziyatlarda shaxs emotsional sohasida stress bardoshlilikning tafovutli strategiyalarini namoyon bo‘lishi aniqlangan;
harbiy xizmatchi oilalarning psixologik holati ijtimoiy adaptatsiyadagi emotsional barqarorlik inkor etish, kompensatsiya va kognitivlik, stressni boshqarishga oid himoya mexanizmlarini ta’sirida namoyon bo‘lishiga asoslanib psixologik funksional faoliyat orqali individual moslashuv darajasiga identiv ifodalanishi aniqlanganligiga ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 3-maydagi PM-130-sonli buyrug‘iga asosan «Psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-maydagi PM-130-a-son ma’lumotnomasi). Natijada aholiga psixologik xizmat ko‘rsatishning psixologik mexanizmlari takomillashtirilgan;
harbiy oilalarga psixologik xizmat ko‘rsatishda oilaviy munosabatlarni shaxs emotsional holatidagi stressga bardoshlilik orqali barqarorlashtirish muhimligiga ko‘ra, ijtimoiy psixokognitiv resurslarni kauzal atribusiya asosida konstruktiv konfrontatsiyaga bog‘liq refleksiv faollashtirish zarurligi dalillanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 3-maydagi PM-130-sonli buyrug‘iga asosan «Favqulodda vaziyatlar psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-maydagi PM-130-a-son ma’lumotnomasi). Natijada aholiga psixologik xizmat ko‘rsatishga doir amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.