Turobova Shahnoza Umirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Konchilik, qazib olish sanoati xodimlariga psixologik xizmat ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirish”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/P678.
Ilmiy rahbar: Hayitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.R.03.02.
Rasmiy opponentlar: Ismoilova Nurjahon Zuxriddinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Umarov Baxriddin Mingboevich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro xalqaro universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi – konchilik va qazib olish sanoati xodimlarining mehnat faoliyatiga xos ijtimoiy-psixologik determinantlarni empirik o‘rganish asosida ularga psixologik xizmat ko‘rsatish mexanizmlarini ishlab chiqish va takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
konchilik va qazib olish sanoati xodimlarining asosiy ehtiyojlardan qoniqqanlik darajasi moddiy baraqrorlik va xavfsizlik ehtiyojlarining keskin ustuvor, yuqori ijtimoiy-psixologik ehtiyojlarning esa past darajada namoyon bo‘lishiga asoslanib shaxsning psixologik barqarorligi va kasbiy moslashuvi natijaviyligini belgilovchi determinant sifatida dalillangan;
konchilik va qazib olish sanoati xodimlarida hissiy tajribalarga intilish, impulsivlik va tavakkalchilik xususiyatlarining barcha tarmoqlarda barqaror namoyon bo‘lishi vaxta usuli sharoitida shakllangan xulq-atvor modeli bilan bog‘liqligiga asoslanib, impulsiv sezgirlik, zerikishga moyillik va sarguzashtga yo‘nalganlik kabi stimullaryar omillar texnologik intizom hamda xavfsizlik me’yorlarini buzish ehtimolini oshiruvchi ijtimoiy-psixologik determinant sifatida asoslangan;
konchilik va qazib olish sanoati xodimlarida ishdan qoniqishning sust namoyon bo‘lishi vertikal munosabatlar, rag‘batlantirish, ish mazmuni va ichki kommunikatsiya kabi tashkiliy omillarning past baholanishi tufayli, mehnat muhiti va psixologik farovonlik o‘rtasidagi funksional bog‘liqlikning tashkiliy qo‘llab-quvvatlash darjasiga to‘g‘ri proporsional ekanligi isbotlangan;
konchilik va qzib olish sanoati xodimlarining motivatsion ehtiyojlar tizimi (makro), ijtimoiy-tashkiliy munosabatlar (mezo) va individual-tipologik xususiyatlar (mikro) o‘rtasidagi nomutanosibliklar, «Aktor-sherik o‘zaro bog‘liqlik modeli»ga ko‘ra, konchi psixologik holatining faqat aktor effekti emas, balki jamoa, rahbariyat va vaxta usulidagi mehnat tizimi tomonidan yuzaga keladigan sherik effekti bilan o‘zaro qo‘shma ta’siri natijasi ekanligini ko‘rsatib, ushbu o‘zaro ta’sir emotsional toliqish, xavf idrokining buzilishi va kasbiy so‘nishning dominant psixologik determinantlari sifatida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Konchilik, qazib olish sanoati xodimlariga psixologik xizmat ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishi asosida:
konchilik va qazib olish sanoati xodimlarining asosiy ehtiyojlardan qoniqqanlik darajasi moddiy baraqrorlik va xavfsizlik ehtiyojlarining keskin ustuvor, yuqori ijtimoiy-psixologik ehtiyojlarning esa past darajada namoyon bo‘lishiga asoslanib shaxsning psixologik barqarorligi va kasbiy moslashuvi natijaviyligini belgilovchi determinant sifatida dalillangan xulosalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 3-dekabrdagi PM–179-son buyrug‘i bilan «Psixologik xizmatni tashkil etishning me’yoriy-huquqiy asoslari» moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zMPU huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 3-dekabrdagi PM–179-son ma’lumotnomasi). Natijada, konchilik va qazib olish sanoati xodimlarining biopsixologik va ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini tizimli o‘rganib, psixologik xizmatni takomillashtirishni ilmiy jihatdan asoslashga zamin yaratilgan;
konchilik va qazib olish sanoati xodimlarida hissiy tajribalarga intilish, impulsivlik va tavakkalchilik xususiyatlarining barcha tarmoqlarda barqaror namoyon bo‘lishi vaxta usuli sharoitida shakllangan xulq-atvor modeli bilan bog‘liqligiga asoslanib, impulsiv sezgirlik, zerikishga moyillik va sarguzashtga yo‘nalganlik kabi stimulyar omillar texnologik intizom hamda xavfsizlik me’yorlarini buzish ehtimolini oshiruvchi ijtimoiy-psixologik determinant sifatida asoslangan xulosalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 3-dekabrdagi PM–179-son buyrug‘i bilan «Psixologik xizmatni tashkil etishning me’yoriy-huquqiy asoslari» moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zMPU huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 3-dekabrdagi PM–179-son ma’lumotnomasi). Natijada, konchilik va qazib olish sanoati xodimlarining asosiy ijtimoiy-psixologik ehtiyojlari integrativ tahlil qilingan hamda ularning yosh, jins va demografik ko‘rsatkichlar bo‘yicha dinamikasi bilan psixologik xulq-atvor me’yorlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash ko‘lami kengaytirilgan;
konchilik va qazib olish sanoati xodimlarida ishdan qoniqishning sust namoyon bo‘lishi vertikal munosabatlar, rag‘batlantirish, ish mazmuni va ichki kommunikatsiya kabi tashkiliy omillarning past baholanishi tufayli, mehnat muhiti va psixologik farovonlik o‘rtasidagi funksional bog‘liqlikning tashkiliy qo‘llab-quvvatlash darjasiga to‘g‘ri proporsional ekanligi isbotlangan xulosalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 3-dekabrdagi PM–179-son buyrug‘i bilan «Psixologik xizmatni tashkil etishning me’yoriy-huquqiy asoslari» moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zMPU huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 3-dekabrdagi PM–179-son ma’lumotnomasi). Natijada, konchilik va qazib olish sanoati xodimlarining ishdan qoniqish darajasi baholangan hamda tarmoqlar, jins, yosh va mehnat staji kesimidagi farqlar ijtimoiy-psixologik jihatdan asoslangan;
konchilik va qzib olish sanoati xodimlarining motivatsion ehtiyojlar tizimi (makro), ijtimoiy-tashkiliy munosabatlar (mezo) va individual-tipologik xususiyatlar (mikro) o‘rtasidagi nomutanosibliklar, «Aktor-sherik o‘zaro bog‘liqlik modeli»ga ko‘ra, konchi psixologik holatining faqat aktor effekti emas, balki jamoa, rahbariyat va vaxta usulidagi mehnat tizimi tomonidan yuzaga keladigan sherik effekti bilan o‘zaro qo‘shma ta’siri natijasi ekanligini ko‘rsatib, ushbu o‘zaro ta’sir emotsional toliqish, xavf idrokining buzilishi va kasbiy so‘nishning dominant psixologik determinantlari sifatida dalillangan xulosalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 3-dekabrdagi PM–179-son buyrug‘i bilan «Psixologik xizmatni tashkil etishning me’yoriy-huquqiy asoslari» moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zMPU huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 3-dekabrdagi PM–179-son ma’lumotnomasi). Natijada, konchilik va qazib olish sanoati xodimlarida hissiy tajribalarga intilish darajasi subshkalalar asosida o‘lchangan, uning jins, yosh, mehnat staji va tarmoqlar kesimidagi farqlari ijtimoiy-psixologik tahlil qilingan, hissiy ko‘rsatkichlar bilan ishdan qoniqish komponentlari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan hamda psixologik xizmat dasturi ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish