Nurxonov Nurkomil Qahramon  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishining iqtisodiy-statistik tahlili (Qashqadaryo viloyati misolida)” 08.00.06 – “Ekonometrika va statistika” (iqtisodiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2173
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Ilmiy rahbar: Jumaev Qurbanmurat Xurramovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi 
PhD.03/2025.27.12.I.12.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Abduganiev Otabek Allajonovich (Termiz davlat universiteti) va Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Namozov Gafur Shokulovich (Termiz iqtisodiyot va servis universiteti) tavsiya etiladi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi hududlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ishlab chiqarish jarayonlarini statistik tadqiq etish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
hududlar kesimida qishloq xo‘jaligi tarmog‘idagi tarkibiy-tuzilmaviy o‘zgarishlarni baholashda, ularga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olib, agrar sektorning natijaviy ko‘rsatkichlari (yalpi hosil, hosildorlik, mahsuldorlik va boshqalar) statistik usullarda baholangan;
hududlar kesimida qishloq xo‘jaligi tarmog‘idagi tarkibiy-tuzilmaviy o‘zgarishlarga ta'sir etuvchi omillar asosida agrar sektorning natijaviy ko‘rsatkichlarni statistik usullarda baholashda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur'atlari bo‘yicha 4 ta intervaldan (< 100,0%; 100,0 – 102,9%; 103,0 – 106,9%; ≥ 107,0%) iborat tizim taklif etilgan;
hudud qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining rivojlanish darajasini baholash “yuqori” (QXB≥0,8), “barqaror” (0,6≤ QXB ≤0,79), “o‘rtacha” (0,4 ≤ QXB ≤0,59), “past” (QXB<0,4) guruhlari qiymat chegaralarini belgilash orqali takomillashtirilgan;
Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish asosiy ko‘rsatkichlarining 2029-yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli prognoz parametrlari ko‘p omilli va ARIMA ekonometrik modellari asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishining iqtisodiy-statistik tahlili (Qashqadaryo viloyati misolida) mavzusidagi tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hududlar kesimida qishloq xo‘jaligi tarmog‘idagi tarkibiy-tuzilmaviy o‘zgarishlarni baholashda, ularga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olib, agrar sektorning natijaviy ko‘rsatkichlari (yalpi hosil, hosildorlik, mahsuldorlik va boshqalar) statistik usullarda baholash bilan bog‘liq taklif O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining № 05/04-04-641-sonli ma’lumotnomasi) Ushbu ko‘rsatkichlar tizimi tarmoqni rivojlanish ko‘rsatkichlarining istiqboldagi barqaror holatini ta’minlashda o‘tkaziladigan statistik tahlillarni samaradorlik darajasini yanada oshirishga zamin yaratadi. Natijada, tarmoqda faoliyat yurituvchi subektlarning faoliyatini tadqiq etish orqali olingan natijalardan foydalanish hisobiga ularning faoliyati samaradorligi ortishi asoslab berilgan;
hududlar kesimida qishloq xo‘jaligi tarmog‘idagi tarkibiy-tuzilmaviy o‘zgarishlarga ta'sir etuvchi omillar asosida agrar sektorning natijaviy ko‘rsatkichlarni statistik usullarda baholashda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur'atlari bo‘yicha 4 ta intervaldan (< 100,0%; 100,0 – 102,9%; 103,0 – 106,9%; ≥ 107,0%) iborat tizim bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining № 05/04-04-641-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tarmoqni rivojlanish ko‘rsatkichlarining istiqboldagi barqaror holatini ta’minlashda o‘tkaziladigan statistik tahlillarni samaradorlik darajasini yanada oshirishga zamin yaratib, tarmoqda faoliyat yurituvchi subektlarning faoliyatini tadqiq etish orqali olingan natijalardan foydalanish hisobiga ularning faoliyati samaradorligi ortishi asoslab berilgan;
hudud qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining rivojlanish darajasini baholash “yuqori” (QXB≥0,8), “barqaror” (0,6≤ QXB ≤0,79), “o‘rtacha” (0,4 ≤ QXB ≤0,59), “past” (QXB<0,4) guruhlari qiymat chegaralarini belgilash orqali takomillashtirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining № 05/04-04-641-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hudud qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining rivojlanish darajasini baholashda QXB ko‘rsatkichi asosida “yuqori”, “barqaror”, “o‘rtacha” va “past” guruhlar uchun aniq qiymat chegaralari belgilandi hamda hududlarni rivojlanish darajasiga ko‘ra ishonchli tabaqalashtirish imkonini yaratgan;
Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish asosiy ko‘rsatkichlarining ko‘p omilli va ARIMA ekonometrik modellari asosida ishlab chiqilgan 2029-yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining № 05/04-04-641-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni o‘rta muddatda rivojlantirishga qaratilgan optimal qarorlar qabul qilish mexanizmi takomillashtirilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish