Jiyanov Laziz Najimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Iqtisodiy hududlarning investision jarayonlarini tahlil qilish va baholash metodikasini takomillashtirish”, 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3871.
Ilmiy rahbar: Isomov Bekmurod Sayfiddinovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.08.03
Rasmiy opponentlar: Nizomov Asliddin Badriddinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Iqtisodiy hududlarning investision jarayonlarini tahlil qilish va baholash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqada ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashga yo‘naltirilgan loyihalarni moliyalashtirishda aylanma fonddan foydalanish asosida pul oqimlarini qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy resurslarni to‘plash, investisiyalar jalb etish va ularni moliyalashtirishga asoslanuvchi “revolver” mexanizmiga ustuvorlik berish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
hududlarda investision faoliyatning samaradorligini aniqlashda investision faollikning intensiv va ekstensiv ko‘rsatkichlari uyg‘unlashtirilgan integral indikatorlar (ijtimoiy- 15%, iqtisodiy-30 %, ekologik-30%, institutsional-25%)ga asoslanuvchi ko‘p mezonli baholash tizimi ilmiy asoslangan;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi ustun hududlarda investision salohiyatni oshirishda mahalliy drayverlardan samarali foydalanish uchun xorijiy investisiyaga asoslanuvchi agrar ishlab chiqarishga ixtissoslashgan “Buxoro agropolis” erkin iqtisodiy hududi taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda hududiy investisiya faoliyatini multiplikativ modelning vaqt seriyasida har bir darajasini trend, mavsumiy va tasodifiy komponentlaridan foydalangan holda 2030-yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiy hududlarning investision jarayonlarini tahlil qilish va baholash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
mintaqada ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashga yo‘naltirilgan loyihalarni moliyalashtirishda aylanma fonddan foydalanish asosida pul oqimlarini qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy resurslarni to‘plash, investisiyalar jalb etish va ularni moliyalashtirishga asoslanuvchi “revolver” mexanizmiga ustuvorlik berish maqsadga muvofiqligini asoslash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PQ-Z182-son “Nududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor shora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2026-yil 12-yanvardagi 07-14-00013-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqada aylanma fonddan foydalanish asosida pul oqimlarini qo‘llab-quvvatlash sharoitda hududning o‘z resurslaridan oqilona foydalanish va ichki salohiyatni oshirishga imkon yaratgan;
hududlarda investision faoliyatning samaradorligini aniqlashda investision faollikning intensiv va ekstensiv ko‘rsatkichlari uyg‘unlashtirilgan integral indikatorlar (ijtimoiy- 15%, iqtisodiy-30 %, ekologik-30%, institutsional-25%)ga asoslanuvchi ko‘p mezonli baholash tizimini qo‘llash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PQ-Z182-son “Nududlarpipg jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor shora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2026-yil 12-yanvardagi 07-14-00013-son ma’lumotnomasi). Natijada, Buxoro viloyatining investision aktivlik indeksi 0,364 va respublikaning indeksi 0,396 darajada barqaror investision aktivlik indeksi sifatida hududlarning investision jozibadorligini baholash aniqligi ortgan.
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi ustun hududlarda investision salohiyatni oshirishda mahalliy drayverlardan samarali foydalanish uchun xorijiy investisiyaga asoslanuvchi agrar ishlab chiqarishga ixtissoslashgan “Buxoro agropolis” erkin iqtisodiy hududini tashkil etish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni doirasida Buxoro viloyati hokimining «Buxoro viloyatida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, xizmat ko‘rsatish va turizmni rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2024-yil 16-avgustdagi 379-2-0-Q/24-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2026-yil 12-yanvardagi 07-14-00013-son ma’lumotnomasi). Ushbu yangilikni amaliyotga joriy etish viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga mo‘ljallangan dasturni ishlab chiqishda foydalanilgan;
O‘zbekistonda hududiy investisiya faoliyatini multiplikativ modelning vaqt seriyasida har bir darajasini trend, mavsumiy va tasodifiy komponentlaridan foydalangan holda 2030-yilgacha ishlab chiqilgan prognoz parametrlari Buxoro viloyati investisiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi tomonidan investisiyalar jalb etishning mintaqaviy dasturlari va yo‘l xaritalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2026-yil 12-yanvardagi 07-14-00013-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish 2030-yilga borib, asosiy kapitalga kiritilgan ivestisiyalar 63,5 foizga oshirish imkonini bergan.