Ermatov Nosir Toxirovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Oilaviy tadbirkorlik faoliyatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish”, 
08.00.13 – “Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2025.1.PhD/Iqt5239.
Ilmiy rahbari: Kurbonbekova Mohichehra Turobjonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.1.23.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Allayarov Shamsiddin Amanullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Xasanov Tohir Abdurashidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Oilaviy tadbirkorlik faoliyatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholining tadbirkorlik salohiyati darajasi va iqtisodiy savodxonlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni baholash asosida tadbirkorlikni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha qisqa (1 yilgacha), o‘rta 
(5 yilgacha) va uzoq (10 yilgacha) davrlarga mo‘ljallangan dasturlarni amaliyotga joriy etish asoslangan;
oilaviy tadbirkorlikni samarali boshqarish imkoniyatlaridan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash yo‘nalishida (quritish-qadoqlash-sotish), to‘qimachilik uchun (mato-tikuv-sotish-onlayn savdo), asalarichilik uchun (ari parvarishi-asalchilik-qadoqlash-sotish-onlayn savdo), charm buyumlari uchun (charm-qo‘l mehnati-sumka/kamar-onlayn savdo) ishlab chiqarish zanjirini joriy etish asoslangan;
biznes muhitni yaxshilash orqali oilaviy tadbirkorlik salohiyati darajasini aniqlash uslubiyotini ishlab chiqish asosida tadbirkorlik salohiyatining “past” (0-3 ball), “o‘rta” (4-6 ball) va “yuqori” 
(7-10 ball) ko‘rsatkichlari aniqlangan;
O‘zbekistonda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishning tadbirkorlik salohiyatiga ta’sirini ko‘p omilli korrelyasion model asosida biznes muhitni rivojlanishining 2035-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oilaviy tadbirkorlik faoliyatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
aholining tadbirkorlik salohiyati darajasi va iqtisodiy savodxonlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni baholash asosida Toshkent viloyati misolida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq davrlarga mo‘ljallangan dasturlarni amaliyotga joriy etish borasidagi taklifi Toshkent viloyati shahar va tumanlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 17-dekabrdagi 05-33-14217-sonli, Toshkent viloyati hokimining 2025-yil 13-oktyabrdagi 1/2-4-5811-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2024-2025-yillarda Angren, Chirchiq, Olmaliq shaharlari hamda Quyi Chirchiq, Oqqo‘rg‘on, Ohangaron va Piskent tumanlarida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda aholi o‘rtasida iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha ko‘nikmalarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on, Bekobod, Bo‘ka, Quyi Chirchiq, Parkent tumanlari hamda Nurafshon, Olmaliq, Angren hamda Ohangaron shaharlarida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun tumanlar imkoniyatlaridan kelib chiqib qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash yo‘nalishida (quritish-qadoqlash-sotish), to‘qimachilik uchun (mato-tikuv-sotish-onlayn savdo), asalarichilik uchun (ari parvarishi-asalchilik-qadoqlash-sotish-onlayn savdo), charm buyumlari uchun (charm-qo‘l mehnati-sumka/kamar-onlayn savdo) ishlab chiqarish zanjirini joriy etish taklifi Toshkent viloyati hokimligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 17-dekabrdagi 
05-33-14217-sonli, Toshkent viloyati hokimining 2025-yil 13-oktyabrdagi 1/2-4-5811-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida yuqorida nomi keltirilgan tuman va shaharlarda ishlab chiqarish zanjirini joriy etilishi orqali ko‘pgina mahallalarda yangi ish o‘rinlari yaratilishi bilan birga aholida tadbirkorlikka bo‘lgan ishtiyoq sezilarli ravishda o‘sgan;
“biznes muhit”ni yaxshilash orqali oilaviy tadbirkorlik salohiyati darajasini aniqlash uslubiyotini viloyat tumanlar kesimida joriy etish orqali tumanlarining tadbirkorlik salohiyatini past (0-3 ball), o‘rta (4-6 ball) va yuqori (7-10 ball) ko‘rsatkichlarini aniqlash taklifi Toshkent viloyati hokimligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan  (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 17-dekabrdagi 05-33-14217-sonli, Toshkent viloyati hokimining 2025-yil 13-oktyabrdagi 1/2-4-5811-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida iqtisodiy rivojlanish darajasi past hamda ishsizlik darajasi nisbatan yuqori bo‘lgan tumanlar aholisi uchun o‘z biznesini rivojlantirishga ko‘maklashish imkoni yaratilib, keyingi yillarda ortda qolayotgan viloyatdagi Oqqo‘rg‘on, Piskent, Bekobod, Quyi Chirchiq, Bo‘stonliq tumanlarining biznes muhitini yaxshilashga asos bo‘lgan;
Toshkent viloyatida oilaviy tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining hududiy iqtisodiy salohiyat va shart-sharoit omillari ta’sirini ifodalovchi hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishning tadbirkorlik salohiyatiga ta’sirini ko‘p omilli korrelyasion modeli asosida biznes muhitni rivojlanishining 2035-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari Toshkent viloyati hokimligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 17-dekabrdagi 05-33-14217-sonli, Toshkent viloyati hokimining 2025-yil 13-oktyabrdagi 1/2-4-5811-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Toshkent viloyatida oilaviy tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining iqtisodiy salohiyat va shart-sharoit omillari ta’sirida shakllanuvchi istiqboldagi ko‘rsatkichlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilib, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishning tadbirkorlik salohiyatiga ta’sirini ko‘p omilli korrelyasion modeli asosidagi biznes muhitni rivojlanishining 2035-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari nafaqat viloyat uchun, balki tumanlardagi iqtisodiy imkoniyatlarni ishga solish, qisqa, o‘rta va uzoq muddatli rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqishda asosiy hujjat sifatida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish