Saidov Farrux Faxriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli texnologiyalar asosida sug‘urta bozori faoliyatini takomillashtirish”, 08.00.16 - “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3658
Ilmiy rahbari: Qo‘chqorov Toxir Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.09/2025.27.12.T.01.02
Rasmiy opponentlar: Abdimo‘minova Saodat Taxirjonovna iqtisodiyot fanlari falsafa doktori; G‘ulomov Sherzod Rajabboevich, Texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston sug‘urta bozorini raqamli texnologiyalar asosida ijtimoiy-iqtisodiy takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
transformatsiyalashgan sug‘urta ekotizimida modulli, moslashuvchan va oson kengayuvchi echimlar yaratish orqali baholash uchun raqamli sug‘urtani IaaS (Insure as a Service- xizmat sifatida) baholash usuli “Alskom sug‘urta kompaniyasi” AJning faoliyatiga taklifi berilgan;
zamonaviy raqamli texnologiyalar (sun’iy intellekt) asosida sug‘urta xizmatlarini avtomatlashtirish, shaxsiylashtirish va mijozlarga integratsiyalashgan holda etkazib berishga qaratilgan kompleks yondashuv “Alskom sug‘urta kompaniyasi” AJning raqamli sug‘urta faoliyatini rivojlantirish taklifi berilgan;
sug‘urta kompaniyalari faoliyatini tashkil etuvchi asosiy yo‘nalishlar o‘rtasidagi o‘zaro uyg‘unlik (kongruentlik) asosida boshqarishga yo‘naltirilgan tashkilotning texnologik yangilanish, raqamlashtirish, investision moslashuvchanlik va tashqi muhitga moslashish qobiliyatini sezilarli darajada oshirish maqsadida “Alskom sug‘urta kompaniyasi” AJni innovatsion rivojlanish konguruemtlik asosidagi tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi taklif qilingan;
sug‘urta sohasida moliyaviy va operatsion ko‘rsatkichlarning aniq prognozini olish maqsadida “Alskom sug‘urta kompaniyasi” AJning samaradorligi ko‘rsatkichlarining DeepAR modeliga ko‘ra istiqbolli avtoregressiv vaqt qatori algoritmi asosida ishlab chiqildi va “Alskom sug‘urta kompaniyasi” AJga taqdim etildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Transformatsiyalashgan sug‘urta ekotizimida modulli, moslashuvchan va oson kengayuvchi echimlar yaratish orqali baholash uchun raqamli sug‘urtani IaaS (Insure as a Service- xizmat sifatida) baholash usuli “Alskom sug‘urta kompaniyasi” AJning faoliyatiga taklifi berilgan (2025 yil 1-iyuldagi №05-2661 sonli dalolatnomasi). Natijada “Alskom sug‘urta kompaniyasi” AJning faoliyatida sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish tezligini oshirish, yangi bozor segmentlariga tezda chiqish imkoniyatlarini kengaytiruvchi echimlar yaratish orqali baholash uchun raqamli sug‘urtani IaaS (Insure as a Service- xizmat sifatida) baholash taklifi orqali 2025-yilning 1-choragida sug‘urta xizmatlarini sotuv hajmi o‘rtacha 6 foizga oshgan;
zamonaviy raqamli texnologiyalar (sun’iy intellekt) asosida sug‘urta xizmatlarini avtomatlashtirish, shaxsiylashtirish va mijozlarga integratsiyalashgan holda etkazib berishga qaratilgan kompleks yondashuv “Alskom sug‘urta kompaniyasi” AJning raqamli sug‘urta faoliyatini rivojlantirish taklifi berildi (2025 yil 1-iyuldagi №05-2661 sonli dalolatnomasi). Natijada, “Alskom sug‘urta kompaniyasi” AJning raqamli sug‘urta faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha biznes reja loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan;
sug‘urta sohasida moliyaviy va operatsion ko‘rsatkichlarning aniq prognozini olish maqsadida “Alskom sug‘urta kompaniyasi” AJning samaradorligi ko‘rsatkichlarining DeepAR modeliga ko‘ra istiqbolli avtoregressiv vaqt qatori algoritmi asosida ishlab chiqildi va “Alskom sug‘urta kompaniyasi” AJga taqdim etildi (2025 yil 1-iyuldagi №05-2661 sonli dalolatnomasi). Buning asosida jamiyatning sug‘urta bozorida Yalpi sug‘urta mukofoti bo‘yicha ulushi 2025-yil yakuniga qadar 4,13 foizni tashkil etishi kutilmoqda;
sug‘urta kompaniyalari faoliyatini tashkil etuvchi asosiy yo‘nalishlar o‘rtasidagi o‘zaro uyg‘unlik (kongruentlik) asosida boshqarishga yo‘naltirilgan tashkilotning texnologik yangilanish, raqamlashtirish, investision moslashuvchanlik va tashqi muhitga moslashish qobiliyatini sezilarli darajada oshirish maqsadida “Alskom sug‘urta kompaniyasi” AJni innovatsion rivojlanish konguruemtlik asosidagi tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi taklifi ilgari surilgan (2025 yil 1-iyuldagi №05-2661 sonli dalolatnomasi). Mazkur mexanizm “Alskom sug‘urta kompaniyasi” AJning raqamli sug‘urta faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha 2025-2027 yillarda jamiyat faoliyatini raqamlashtirish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanish ko‘zda tutilgan;