Yusupov Bekzod Ergashevichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarning kognitiv faoliyatini rivojlantirishda tarkiblashtirilgan o‘quv materiallaridan foydalanish texnologiyasi” 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped4059
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.11.04.
Ilmiy rahbar: Yozieva Umida Lutfullaevna, pedagogika fanlari doktori, (DSc) dotsent.
Rasmiy opponentlar: Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor. Aslonova Orzigul Primovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quv materiallarini tarkiblashtirish asosida talabalarning kognitiv faolliyatini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarning kognitiv faoliyatini rivojlantirishda tarkiblashtirilgan o‘quv materiallarining didaktik imkoniyatlari aniqlashtirilgan; bunda yangi bilimlarni o‘zlashtirish orqali dunyoqarashni kengaytirishda ilmiy tasavvurni shakllantirish, ma’lumotlarni tizimlashtirish va amaliyotga tatbiq etish bosqichlari empirik prognozlash asosida dalillangan;
kognitiv faoliyatni rivojlantirish jarayoni konseptual didaktik tizimga tayangan holda, o‘quv-bilish kompetentligini shakllantirish hamda o‘quv materialidagi tushunchalararo mantiqiy bog‘liqlik va ketma-ketlikni ifodalovchi vektorli-grafik modellarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
kognitiv faoliyatni tarkiblashtirish mazmuni kredit-modul tizimi talablari asosida an’anaviy va elektron resurslarning mobil-didaktik kontentini intensivlashtirish, shuningdek, asosiy tushunchalarni tezaurus ko‘rinishida (alfavit, hajm va mantiqiy izchillik tartibida) tizimlashtirish orqali takomillashtirilgan;
talabalarning kognitiv faoliyatini rivojlantirish samaradorligi tashkiliy-pedagogik jarayonning rejalashtirish, rivojlantirish va tatbiq etish komponentlarini talabalarning umummadaniy salohiyati hamda mutaxassislik bilimlarini integratsiyalash darajasi asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tarkiblashtirilgan o‘quv materiallaridan foydalangan holda talabalar kognitiv faoliyatini rivojlantirish texnologisini ishlab chiqishga doir olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning kognitiv faoliyatini rivojlantirishda tarkiblashtirilgan o‘quv materiallarining didaktik imkoniyatlari aniqlashtirilgan; bunda yangi bilimlarni o‘zlashtirish orqali dunyoqarashni kengaytirishda ilmiy tasavvurni shakllantirish, ma’lumotlarni tizimlashtirish va amaliyotga tatbiq etish bosqichlari empirik prognozlash asosida dalillanganligiga doir xulosalardan “Ta’lim texnologiyalari” fanidan o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 27.12.2019 - yildagi № 1186- sonli buyrug‘iga muvofiq, nashr etishga ruxsat berilgan). Natijada, pedagogik ta’lim nazariyasi o‘quv materiallarini tarkiblashtirishga tizimli yondashuv tamoyillari asosida boyitilishiga xizmat qilgan;
kognitiv faoliyatni rivojlantirish jarayoni konseptual didaktik tizimga tayangan holda, o‘quv-bilish kompetentligini shakllantirish hamda o‘quv materialidagi tushunchalararo mantiqiy bog‘liqlik va ketma-ketlikni ifodalovchi vektorli-grafik modellarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilganligiga doir xulosalardan “Uzlyuksiz ta’limdagi tendensiyalar va zamonaviy yondashuvlar” nomli darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2024-yil 01-avgustdagi 277-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan, 277-264-sonli nashr guvohnoma). Natijada, pedagogik ta’lim jarayonida talabalar kognitiv faoliyatini rivojlantirish jarayoni innovatsion yondashuvlar bilan boyitilishiga erishilgan;
kognitiv faoliyatni tarkiblashtirish mazmuni kredit-modul tizimi talablari asosida an’anaviy va elektron resurslarning mobil-didaktik kontentini intensivlashtirish, shuningdek, asosiy tushunchalarni tezaurus ko‘rinishida (alfavit, hajm va mantiqiy izchillik tartibida) tizimlashtirish orqali takomillashtirilganligiga doir xulosalardan “Texnologiya ta’limi va uni o‘qitish metodikasi” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2024-yil 01-avgustdagi 277-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan, 277-257-sonli nashr guvohnoma). Natijada, pedagogik ta’limni kredit-modul tizimi asosida tashkil etish jarayoni tarkiblashtirilgan o‘quv materiallaridan foydalanishga doir metodika asosida takomillashtirilishiga muvaffaq bo‘lingan;
talabalarning kognitiv faoliyatini rivojlantirish samaradorligi tashkiliy-pedagogik jarayonning rejalashtirish, rivojlantirish va tatbiq etish komponentlarini talabalarning umummadaniy salohiyati hamda mutaxassislik bilimlarini integratsiyalash darajasi asosida aniqlashtirilganligiga doir tajribalardan “Inklyuziv ta’lim. Gospital pedagogika” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2024-yil 01-avgustdagi 277-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan, 277-304-sonli nashr guvohnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilar kognitiv faoliyatini rivojlantirish asosida pedagogik tayyorgarlik jarayoni mazmunan boyitilgan.