Axrorova Sevinch Abrorovnananing
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Autizm sindromli bolalarda muloqot ko‘nikmalarini shakllantirishning korreksion-pedagogik asoslari”, 13.00.03 – Maxsus pedagogika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7215.
Ilmiy rahbar: Arslanova Madina Mansurovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi PhD.01/2025.27.12. Ped.04.03
Rasmiy opponentlar: Xoliqov Azamat Qaxramonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Teshaboeva Feruza Raximovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi autizm sindromli bolalarda kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirishning korreksion-pedagogik asoslarini tahlil etish va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
autizm sindromli bolalarning kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirishning korreksion-pedagogik xususiyatlari bolalarda nigohli kontakt muddatini uzaytiruvchi o‘zbek tili qonuniyatlariga moslashtirilgan korreksion-adaptiv resurslarni logoped va ota-onalarning metodik hamkorligida adaptivlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
autizm sindromli bolalarning kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirish modeli bolalarda mayda va umumiy motorikani rivojlantiruvchi multisensorik xaritani neyropsixologik mobilizatsiya muhitida personal moslashuvchanlikda korreksiya metodlari elementlariga bosqichma-bosqich singdirish asosida takomillashtirilgan;
autizm sindromli bolalarning kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi so‘z va predmet o‘rtasidagi assotsiatsiyaga asoslangan alternativ muloqot mashqlarini korreksion ta’sirning o‘zbek tilida leksik baza algoritmlarida simulyativ monitoringda transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
autizm sindromli bolalarning kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirishning didaktik ta’minotini buyruqdan nutqiy ifodagacha leksik-grammatik o‘yinlarni relaks mashqlar bilan konstruktiv integratsiyasini korreksion-rivojlantiruvchi faoliyat traektoriyasi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Autizm sindromli bolalarda kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirishning korreksion-pedagogik asoslarini tahlil etish va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
autizm sindromli bolalarda kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirishning korreksion-pedagogik asoslarini, korreksion-adaptiv resurslarini pedagog va ota-onalarning metodik hamkorligini kuchaytirishga oid takliflari “Logopedik texnologiya” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22 dekabrdagi 537-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 537297-sonli guvohnoma). Natijada, autizm sindromli bolalarning kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonini didaktik ta’minlashga xizmat qilgan;
autizm sindromli bolalarning kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirish modeli bolalarda mayda va umumiy motorikani rivojlantiruvchi multisensorik xaritani neyropsixologik mobilizatsiya muhitida personal moslashuvchanlikda korreksiya metodlari elementlariga bosqichma-bosqich singdirishga oid tavsiyalari “Neyropedagogika. Neyrologopediya” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 429738-sonli guvohnoma). Natijada, autizm sindromli bolalar kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan korreksion-pedagogik jarayonni modellashtirish bo‘yicha tavsiyalarni targ‘ib etishga erishilgan;
autizm sindromli bolalarning kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi so‘z va predmet o‘rtasidagi assotsiatsiyaga asoslangan alternativ muloqot mashqlarini korreksion ta’sirning leksik baza algoritmlarida simulyativ monitoringda transformatsiyalash usullari va adaptiv resusrlari Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining maktabgacha ta’lim amaliyotiga joriy etilgan (Respublika tashxis markazining 2025-yil 18-noyabrdagi 01/10-01-361-sonli dalolatnomasi). Natijada, autizm sindromli bolalarda kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishga oid metodik ta’minot takomillashtirilgan.