Fayzullayev Xurshid Ismatilla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Fransuz va o‘zbek tillarida rasmiy-idoraviy hujjatlarning lingvopragmatik tahlili (ariza va tavsiyanomalar misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3199
Ilmiy rahbar: Ashurov Shaxobiddin Saidovich, filologiya fanlari nomzodi, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Fil.37.02
Rasmiy opponentlar: Dmitriy Anatolevich Kiselyov, filologiya fanlari doktori, professor; Nishonov Patxiddin Payziboevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II.Tadqiqotning maqsadi fransuz va o‘zbek tillaridagi ariza va tavsiyanomalar matnining kommunikativ-pragmatik komponentlarini tizimlashtirish va ularning nutqiy intensiyalarini lingvopragmatik jihatdan o‘rganishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fransuz va o‘zbek tillari hujjatchiligining tarixiy va hozirgi kundagi holati qiyosiy-tipologik jihatdan tavsiflangan hamda so‘rov, tavsiya qilish, ma’lumot berish kabi kommunikativ vazifalar asosida shakllangan rasmiy hujjatlarning ariza va tavsiyanoma kabi turlari ijtimoiy-etiket mazmunini shakllantiruvchi rasmiy janrlar ekanligi dalillangan;
fransuz va o‘zbek tillaridagi ariza va tavsiyanomalar matniga xos kommunikativ vaziyatning muloqot usuli, maqsadi, ohangi kabi komponentlari va ularni ifodalalovchi lisoniy va nolisoniy pragmatik vositalar kommunikantlar o‘rtasidagi ijtimoiy-me’yoriy tamoyillar ifodasi ekanligi isbotlangan, boshlang‘ich va natijaviy pragmatik maqsad ijrosini voqelantiruvchi eksplisit va implisit omillar kommunikativ verbal jihatdan yoritib berilgan; 
fransuz va o‘zbek tillaridagi ariza va tavsiyanomalar matnining lokutiv, illokutiv va perlokutiv aktlarida uchraydigan direktiv, konstativ, avtoritativ va komissiv nutqiy akt intensiyalari aniqlangan va shu orqali nutqiy akt turlarini voqelantiruvchi illokutiv fe’llar, performativ qurilmalar kabi pragmatik vositalar ochib berilgan;
fransuzcha va o‘zbekcha ariza hamda tavsiyanomalar matnidagi kommunikativ taktika va strategiya muammosi adresantning adresatga ta’sir ko‘rsatish tamoyiliga asoslanganligi va ularning neytral ohang, rasmiy qoliplashgan iboralar singari lingvopragmatik vositalari aniqlangan, buning natijasida, ushbu pragmatik tamoyilning ikkala til rasmiy-idoraviy uslubiga xos differensial kommunikativ-pragmatik va struktur xususiyatlari hamda nodifferensial semantik-pragmatik  xususiyatlari namoyon etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fransuz va o‘zbek tillarida rasmiy-idoraviy hujjatlarni lingvopragmatik aspektda tahlil qilish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
hujjatchilikning tarixiy ildizlari va hozirgi kundagi holati, rasmiy-idoraviy ish hujjatlari nomenklaturasi hamda ariza va tavsiyanomalarning ijtimoiy-etiket belgilarini hosil qiluvchi tarkibiy mezonlar tadqiqi orqali olingan xulosalardan  Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2025-yil 15-oktyabr kuni “Samarqand FM 105.2” radiokanalida jonli efirga uzatilgan “Kun mavzusi” eshittirishining navbatdagi son ssenariysini  tayyorlashda  asosiy manba sifatida foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokanalining 2025-yil 20-oktyabrdagi  № 01-07 / 347-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur eshittirishning mavzu doirasidagi ma’lumotlar bazasi rasmiy-idoraviy hujjatlar borasidagi zamonaviy yondashuvlar asosida boyitilgan  va eshittirish ssenariysi nafaqat amaliy rasmiy-idoraviy ish yuritish tajribasiga, balki zamonaviy ilmiy tadqiqotlar natijalariga tayangan holda shakllantirilgan;
fransuz va o‘zbek tillaridagi ariza va tavsiyanomalar matniga xos kommunikativ vaziyat turlari mavzusi  bo‘yicha chiqarilgan ilmiy natijalardan Toshkent Fransuz Alyansining ta’limiy va madaniy-ma’rifiy faoliyatida amaliy vosita  sifatida qo‘llanilgan (Toshkent Fransuz Alyansining 2025-yil 20-oktyabrdagi  № 187-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, idoraviy hujjatlardagi pragmatik maqsad  ijrosini  voqelantiruvchi boshlang‘ich, natijaviy, eksplisit va implisit omillar orqali  Toshkent Fransuz Alyansi mashg‘ulotlarida  fransuz tilini o‘rganuvchilarning rasmiy uslub bo‘yicha kompetensiyalarini rivojlantirish, o‘quvchilarning yozma nutq madaniyatini yuksaltirish hamda madaniyatlararo muloqotni yanada boyitish uchun mustahkam nazariy va amaliy asos yaratilgan;
fransuz va o‘zbek tillaridagi ariza va tavsiyanomalar matnining lokutiv, illokutiv va perlokutiv aktlarida uchraydigan nutqiy akt intensiyalarining pragmatik vositalari yuzasidan olingan natijalar 2023-2024-yillarda amalga oshirilishi belgilangan Al-201704-sonli “Umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining ona tili (o‘zbek tili)  fani  bo‘yicha malakasini  baholash  hamda 14 ta fandan test tizimini ishlab  chiqish” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (A.Avloniy  nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish ilmiy-tadqiqot institutining   2025-yil 16-oktyabrdagi  № 03-17-09-976-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, nutqiy akt turlarining direktiv, konstativ, avtoritativ va komissiv intensiyalari bo‘yicha ishlab  chiqilgan  tavsiyalar mazkur loyiha  materiallarining takomillashtirilishiga xizmat qilgan;
fransuz va o‘zbek tillarida yozilgan ariza va tavsiyanomalar matnida qo‘llanilgan kommunikativ strategiya va taktikalarning adresant-adresat munosabatiga ta’sir ko‘rsatish tamoyillari bo‘yicha aniqlangan differensial va nodifferensial xususiyatlar haqidagi ilmiy xulosalardan 2022–2024-yillarda amalga oshirilishi mo‘ljallangan hamda Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi va AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtirilgan SUZ80020GR0039-raqamli “English Access Microscholarship Program”  nomli  xalqaro loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining   2025-yil 24-oktyabrdagi  № 3293/02-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, rasmiy-idoraviy uslub bo‘yicha o‘quv adabiyotlari, darsliklar, monografiyalar yaratish, shuningdek, rasmiy-idoraviy hujjatlar tilining funksional imkoniyatlarini tahlil etishga doir ilmiy ishlanmalarni optimallashtirish uchun amaliy ma’lumotlar asosi shakllantirilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish