Ubaydullaeva Vasila Sadullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ta’lim xizmatlari ko‘rsatishda davlat-xususiy sherikligining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4678.
Ilmiy rahbar: Saidaxmedova Nodira Ilxomovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Salaev San’atbek Kamilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xalmuratov Kuanish Polatovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: ta’lim xizmatlari ko‘rsatishda davlat-xususiy sherikligining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat-xususiy sherikligi asosida maktabgacha ta’lim tizimi bo‘yicha loyihalashtirish tartibini loyihani amalga oshirish yillari va texnologik bosqichlari bo‘yicha investisiya davri, loyiha doirasidagi chora-tadbirlarning ketma-ketligi va davomiyligi tasviriy ko‘rinishda, vaqt bo‘yicha (grafik-reja), moliyalashtirish manbalari va hajmlari inobatga olingan holda aks ettirish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
davlat-xususiy sherikligining asosiy prinsiplari ta’lim tizimiga moslashgan holda hududlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj va kambag‘al oilalarning farzandlarini ta’lim muassasalari xizmatlaridan imtiyozli foydalanishlariga yo‘naltirish orqali takomillashtirish taklifi ishlab chiqilgan;
davlat-xususiy sherikligining hamkorligini investision faolligini oshirish asosida tarbiyalanuvchilarning qamrovi past bo‘lgan hududlarda oilaviy shakldagi maktabgacha ta’lim tizimi faoliyatini rivojlantirishning maxsus jamg‘armasini tashkil etish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda davlat-xususiy sherikligi asosidagi maktabgacha ta’lim tizimida sifat darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tadqiq qilish asosida qamrov darajasining o‘sish sur’atlarining 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
ta’lim xizmatlari ko‘rsatishda davlat-xususiy sherikchiligining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
davlat-xususiy sherikligi asosida maktabgacha ta’lim tizimi bo‘yicha loyihalashtirish tartibini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 apreldagi “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 259-son qarori ijrosi yuzasidan kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha imtiyozlar ishlab chiqish hamda DXSh loyihalari samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining 2025 yil 25 iyuldagi 14/4-son ma’lumotnomasi). Davlat-xususiy sherikligi asosida maktabgacha ta’lim tizimi bo‘yicha loyihalashtirish tartibini loyihani amalga oshirish yillari va texnologik bosqichlari bo‘yicha investisiya davri, loyiha doirasidagi chora-tadbirlarning ketma-ketligi va davomiyligi tasviriy ko‘rinishda, vaqt bo‘yicha (grafik-reja), moliyalashtirish manbalari va hajmlari inobatga olingan holda aks ettirish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 apreldagi “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 259-son qarori ijrosi yuzasidan kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha eng muhim imtiyozlarini ishlab chiqish, davlat-xususiy sherikligi loyihalari samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining 2025 yil 25 iyuldagi 14/4-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish davlat va biznes o‘rtasida sheriklik munosabatlarini takomillashtirish, raqobatbardoshlikni oshirish tizimining konseptual modeli asosida ta’lim sifati ko‘rsatkichlariga ta’sirini muvofiqlashtirish va ta’lim sohasida DXSh asosidagi strategik loyihalar 59 taga etish imkonini bergan;
davlat-xususiy sherikligining asosiy prinsiplari ta’lim tizimiga moslashgan holda hududlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj va kambag‘al oilalarning farzandlarini ta’lim muassasalari xizmatlaridan imtiyozli foydalanishlariga yo‘naltirish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 oktyabrdagi “Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishning huquqiy va institutsional bazasini yaratish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3980-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 30 oktyabrdagi “Davlat-xususiy sheriklik sohasini takomillashtirish va kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VMQ-720-sonli qarori ijrosi yuzasidan Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha eng muhim imtiyozlarni ishlab chiqish bo‘yicha rejaviy dasturlarini qabul qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026 yil 5 fevraldagi 03-33-682-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasida davlat va biznes o‘rtasida sheriklik munosabatlarini takomillashtirish, ta’lim tizimiga moslashgan holda hududlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj va kambag‘al oilalarning farzandlari DXSh asosida ta’lim muassasalari xizmatlaridan imtiyozli foydalanilgan;
davlat-xususiy sherikligining hamkorligini investision faolligini oshirish asosida tarbiyalanuvchilarning qamrovi past bo‘lgan hududlarda oilaviy shakldagi maktabgacha ta’lim tizimi faoliyatini rivojlantirishning maxsus jamg‘armasini tashkil etish taklifi Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy instituti faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 martdagi “Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-51-sonli farmoni ijrosi yuzasidan taklifi joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026 yil 5 fevraldagi 03-33-682-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish davlat-xususiy sherikligining hamkorligini investision faolligini oshirish asosida tarbiyalanuvchilarning qamrovi past bo‘lgan hududlarda oilaviy shakldagi maktabgacha ta’lim tizimi faoliyatini rivojlantirishning maxsus jamg‘armasini tashkil etish zarurligi ilmiy asoslangan. Bu maxsus jamg‘arma homiylar mablag‘lari asosida shakllantirilishi maqsadga muvofiq bo‘lib, unda davlat-xususiy sektor sheriklikning shakllari orasida xususiy sektorning investisiya majburiyatlari bilan davlat shartnomalarini o‘zida aks ettirgan ta’lim tizimiga ustuvorlik kasb etadi;
O‘zbekistonda davlat-xususiy sherikligi asosidagi maktabgacha ta’lim tizimida sifat darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tadqiq qilish asosida qamrov darajasining o‘sish sur’atlarining 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 oktyabrdagi “Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishning huquqiy va institutsional bazasini yaratish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3980-son qarori ijrosini ta’minlashda qabul qilingan dasturlarning bajarilishida foydalanilgan (Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining 25 iyuldagi 14/4-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish davlat-xususiy sheriklik loyihalarining amalga oshirilishida moliyaviy imkoniyatlarni oshirishning strategik yo‘nalishlarini aniqlash imkonini bergan.