Yaxyaev Erkin Yaxyaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
«Qishloq joylarda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish asosida aholi turmush darajasini oshirish », 08.00.05. - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2746
Ilmiy rahbar: Sharipov To‘lqin Saidahmedovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/25.12.2024.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Qulmamat Janzakovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Mustafaev Golib Sultonmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotning innovasion rivojlanishi sharoitida qishloq joylarida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish asosida aholi turmush darajasini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq joylarida xizmat ko‘rsatish sohasini diversifikasiyalash, ijtimoiy infratuzilma obektlarini istiqbolli joylashtirish rejasini ishlab chiqish, talab va taklif monitoringini amalga oshirish hamda tadbir-korlikni qo‘llab-quvvatlashni muvofiqlashtiruvchi kengashni tashkil etish taklifi asoslangan;
qishloq hududlarida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish va aholi turmush darajasini oshirish hududiy dasturi (dasturlari)ni ishlab chiqish va amalga oshirilishini Hududiy turmush darajasi markazi shaklida boshqarishning funksional-tashkiliy modeli taklif etilgan;
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishning hududiy dasturi zamona-viy xizmat turlari bo‘yicha kasbga tayyorlash va ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha o‘qitish sifatini oshirish, mikromoliyalashtirish uchun ijtimoiy investisiya jamg‘armalari mablag‘larini jalb etish, iqtisodiy sherikchilik shaklini qo‘llashga ko‘ra bir nechta oilaning ishlab chiqarish resurslarini birlashtirish asosida kooperativlarni tashkil etish kabilarga ko‘ra takomillshatirilgan;
Samarqand viloyatida xizmatlar bozorining barqaror rivojlanish tendensiyalari hamda aholi turmush darajasini oshirishning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiyotning innovasion rivojlanishi sharoitida qishloq joylarida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish asosida aholi turmush darajasini oshirish bo‘yichaolingan natijalar asosida:
qishloq joylarida xizmat ko‘rsatish sohasini diversifikasiyalash, ijtimoiy infratuzilma obektlarini istiqbolli joylashtirish rejasini ishlab chiqish, talab va taklif monitoringini amalga oshirish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashni muvofiqlashtiruvchi kengashni tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2025-2026-yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 18-avgustdagi 05-9325-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif joylarda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va ularning faolligi va mas’uliyatini oshirish imkonini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
qishloq hududlarida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish va aholi turmush darajasini oshirish hududiy dasturi (dasturlari)ni ishlab chiqish va amalga oshirilishini Hududiy turmush darajasi markazi shaklida boshqarishning funksional-tashkiliy modeli taklifi O‘zbekiston Respub-likasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2025-2026-yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 18-avgustdagi 05-9325-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishga ko‘ra qishloq aholisining turmush darajasini oshirishni hudud rivojlanish strategik yo‘nalishiga muvofiqligini ta’minlash imkonini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hududiy dasturiga yondashuv zamonaviy xizmat turlari bo‘yicha kasbga tayyorlash va ko‘nikmalarni shakllan-tirish bo‘yicha o‘qitish sifatini oshirish, mikromoliyalashtirish uchun ijtimoiy investisiya jamg‘armalari mablag‘larini jalb etish, iqtisodiy sherikchilik shaklini qo‘llashga ko‘ra bir nechta oilaning ishlab chiqarish resurslarini birlashtirish asosida kooperativlarni tashkil etish kabilarga ko‘ra takomillshatirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2025-2026-yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbir-korlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 18-avgustdagi 05-9325-sonli ma’lumot-nomasi). Ushbu taklif qishloq joylarida xizmat xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish orqali tadbirkorlik faolligini oshirish hamda aholi farovonligini ta’minlash imkonini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
Samarqand viloyatida xizmatlar bozorining barqaror rivojlanish tendensiyalari vaa aholi turmush darajasini oshirishning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2025-2030-yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 30-avgustdagi 08-10-25-13945-sonli ma’lumot-nomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish 2030-yilga kelib, Samarqand viloyatida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real umumiy daromadlar hajmini 55,8 %ga va o‘rtacha oylik ish haqini oshirish imkonini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan.