Mirzaeva Azizahon Sherzodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi):
«O‘rta daromad tuzogʻidan» chiqishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish, 08.00.01-“ Iqtisodiyot nazariyasi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt452.
Ilmiy rahbar: Vaxabov Abduraxim Vasikovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.1.01.10.
Rasmiy opponentlar: Rasulova Dilfuza Valievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Suyun Ortiqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda “O‘rta daromad tuzog‘i”dan chiqishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
monetarizm konsepsiyasiga ko‘ra, respublikada «O‘rta daromad tuzog‘i»dan chiqishning iqtisodiy mexanizmini yangi ish o‘rinlari yaratadigan iqtisodiyot sub’ektlarini ish o‘rinlar sonidan kelib chiqqan holda uchta guruhga (51≤ J1≤100; 101≤ J2≤200; 201≤ J3≤500) ajratib, ularga o‘z loyihalarini amalga oshirishlari uchun tabaqalashgan imtiyozli kreditlar (J1-5 mlrd; J2-10mlrd; J3-15 mlrd) berish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
inklyuziv iqtisodiy o‘sish nazariyasiga ko‘ra, aholining daromad manbalarini diversifikatsiyalash samaradorligini oshirishga tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan respublikada inson kapitalini rivojlantirish bilan bog‘liq xarajatlarning yarmini davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan qoplab berish orqali erishishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
fiskal rag‘batlantirish konsepsiyasiga ko‘ra, respublikada aholining o‘rtacha daromadlari barqarorligini ta’minlashga kambag‘al aholi uchun yangi ish o‘rinlari yaratgan ishlab chiqaruvchilarga ish o‘rinlari soniga qarab 50 foizdan 100 foizgacha barcha to‘g‘ri soliqlardan ozod qilish orqali erishish taklifi asoslangan;
YaIMning aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan qismi o‘sish sur’atlariga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqning ekonometrik modelini ishlab chiqish asosida mazkur ko‘rsatkichning 2030-yilgacha bo‘lgan ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«O‘rta daromad tuzog‘i»dan chiqishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
respublikada «O‘rta daromad tuzog‘i»dan chiqishning iqtisodiy mexanizmini yangi ish o‘rinlari yaratadigan iqtisodiyot sub’ektlarini ish o‘rinlar sonidan kelib chiqqan holda uchta guruhga (51≤ J1≤100; 101≤ J2≤200; 201≤ J3≤500) ajratib, ularga o‘z loyihalarini amalga oshirishlari uchun 7 yil muddatga 14 foizdan tabaqalashgan imtiyozli kreditlar (J1-5 mlrd; J2-10mlrd; J3-15 mlrd) berish orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 12 iyun PF-93-sonli “Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining 1-ilovasining 1a-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 22 avgustdagi 06-05-33-9486-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida respublikada tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan yangi ish o‘rinlarining yaratilishi, aholining samarali bandligi va ularning barqaror daromad manbalari shakllanishiga erishiladi;
aholining daromad manbalarini diversifikatsiyalash samaradorligini oshirishga tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan respublikada inson kapitalini rivojlantirish bilan bog‘liq xarajatlarning yarmini davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan qoplab berish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 12 iyun PF-93-son “Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining 1-ilovasining 3-a-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 22 avgustdagi 06-05-33-9486-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi respublikada tadbirkorlik sub’ektlari xarajatlarining qisqarishi, ishsiz fuqarolarning yangi kasblarni egallashi va malakasi oshishi imkoniyatini yaratadi;
fiskal rag‘batlantirish konsepsiyasiga ko‘ra, respublikada aholining o‘rtacha daromadlari barqarorligini ta’minlashga kambag‘al aholi uchun yangi ish o‘rinlari yaratgan ishlab chiqaruvchilarga ish o‘rinlari soniga qarab 50 foizdan 100 foizgacha barcha to‘g‘ri soliqlardan ozod qilish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 12 iyun PF-93-son “Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining 1-ilovasining 3-a-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 22 avgustdagi 06-05-33-9486-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida tadbirkorlik sub’ektlarini rag‘batlantirish orqali respublikada aholining samarali bandligi va barqaror daromadga ega bo‘lishlarini ta’minlashga erishiladi;
YaIMning aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan qismi o‘sish sur’atlariga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqning ekonometrik modelini yaratish asosida ishlab chiqilgan 2030 yilgacha bo‘lgan ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PF-158-son “O‘zbekiston-2030” Strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni 1-ilovasi, 45- maqsadining maqsadli ko‘rsatkichlarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 22 avgustdagi 06-05-33-9486-son ma’lumotnomasi). Ushbu modelning amaliyotga joriy qilinishi natijasida yalpi ichki mahsulot hajmi 240 milliard dollarga etishiga erishiladi.