Mirzaaxmadov Durbek XXX
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
«Xizmat ko‘rsatish korxonalari raqobatbardoshligini oshirishning institutsional asoslarini takomillashtirish», 08.00.05. - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4021
Ilmiy rahbar: Shadieva Gulnora Mardievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/25.12.2024.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Ergashev Raxmatulla Xidirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Murodova Nodira Qullievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi sharoitida xizmat ko‘rsatish korxonalari raqobatbardoshligini oshirishning institutsional asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “xizmat ko‘rsatish korxonasi raqobatbardoshligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni korxonaning mijoz qiymatini raqobatchilardan yuqori darajada yaratish va barqaror etkazib berish qobiliyatini xizmat sifati, xizmat jarayoni samaradorligi, innovatsiya va raqamli kanallar qamrovi hamda mijoz sadoqati ko‘rsatkichlarini birlashtirgan “yaxlit raqobatbardoshlik indeksi” orqali o‘lchash nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan;
xizmat ko‘rsatish korxonalari raqobatbardoshligini oshirishda xizmatlar bozorini rivojlantirishning hudud institutsional biznes muhiti bilan o‘zaro aloqasini mustahkamlash (BM = 25%-29%), xizmat ko‘rsatish sohasida raqobatni qo‘llab-quvvatlashning institutsional omillarini faollashtirish (IO = 32%-37%) hamda xo‘jalik subektlari o‘rtasida raqobatdosh ustunliklarni ta’minlash (RU = 34%-43%)ning maqbul chegaralari asoslangan;
xizmat ko‘rsatish sohasida klasterni rivojlantirishning geografik muvofiqligini ta’minlash imkonini beradigan tuzilmalarning o‘zaro hamkorligini amalga oshirish, ishlab chiqarilgan xizmatlar oqimini muvofiqlashtirish hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlarini tashkil etishning muayyan shakllarini joriy etish asosida “Samarqand viloyati savdo va xizmatlar klasteri” hududiy klasterni tashkil etish modeli ishlab chiqilgan;
Samarqand viloyatida xizmat ko‘rsatish sohasining samarali rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida jami xizmatlar hajmini oshirishning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xizmat ko‘rsatish korxonalari raqobatbardoshligini oshirishning institutsional asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
uslubiy yondashuvga ko‘ra “xizmat ko‘rsatish korxonasi raqobatbardoshligi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini korxonaning mijoz qiymatini raqobatchilardan yuqori darajada yaratish va barqaror etkazib berish qobiliyatini xizmat sifati, xizmat jarayoni samaradorligi, innovatsiya va raqamli kanallar qamrovi hamda mijoz sadoqati ko‘rsatkichlarini birlashtirgan “yaxlit raqobatbardoshlik indeksi” orqali o‘lchash nuqtai-nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Xizmatlar sohasi iqtisodiyoti” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Kengashining 2025-yil 23-aprelda o‘tkazilgan yig‘lishi 11-son bayonnomasi, ro‘yxatga olish raqami №504). Ushbu taklifdan foydalanish talabalarda xizmat ko‘rsatish korxonalari raqobatbardoshlik integral indeksini hisoblash asosida ularning reytingini aniqlash va bozordagi mavqeini baholash bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkonini bergan;
xizmat ko‘rsatish korxonalari raqobatbardoshligini oshirishda xizmatlar bozorini rivojlantirishning hudud institutsional biznes muhiti bilan o‘zaro aloqasini mustahkamlash (BM = 25%-29%), xizmat ko‘rsatish sohasida raqobatni qo‘llab-quvvatlashning institutsional omillarini faollashtirish (IO = 32%-37%) hamda xo‘jalik sub'ektlari o‘rtasida raqobatdosh ustunliklarni ta’minlash (RU = 34%-43%)ning maqbul chegaralarini asoslash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining “Savdo va xizmatlar sohasini rivojlantirishda tadbirkorlikka ko‘maklashish boshqarmasi” amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 29-avgustdagi 05-9169-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish xizmat ko‘rsatish korxonasining bozordagi mavqeini saqlab qolish va yanada mustahkamlash hamda uning raqobat ustunliklarini maksimal darajada oshirish imkonini bergan;
xizmat ko‘rsatish sohasida klasterni rivojlantirishning geografik muvofiqligini ta’minlash imkonini beradigan tuzilmalarning o‘zaro hamkorligini amalga oshirish, ishlab chiqarilgan xizmatlar oqimini muvofiqlashtirish hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlarini tashkil etishning muayyan shakllarini joriy etish asosida “Samarqand viloyati savdo va xizmatlar klasteri” hududiy klasterni tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining “Savdo va xizmatlar sohasini rivojlantirishda tadbirkorlikka ko‘maklashish boshqarmasi” amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 29-avgustdagi 05-9169-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish klaster ishtirokchilarining geografik muvofiqligini ta’minlash imkonini beradigan tuzilmalarning o‘zaro hamkorligini mustahkamlash asosida korxonalar raqobatbardoshligini oshirish imkonini bergan;
Samarqand viloyatida xizmat ko‘rsatish sohasining samarali rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida jami xizmatlar hajmini oshirishning 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining “Savdo va xizmatlar sohasini rivojlantirishda tadbirkorlikka ko‘maklashish boshqarmasi” amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 29-avgustdagi 05-9169-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish 2030-yilga kelib, Samarqand viloyatida jami xizmatlar hajmini 17,7%ga va xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tomonidan yaratilgan yalpi mahsulot hajmini 18,4%ga oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish