Quyliev Ulug‘bek Rashidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5031.
Ilmiy rahbar: Yangiboev Husniddin Abdumajitovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
Rasmiy opponentlar: Haydarov Nizomiddin Hamroevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tuxliev Bozor Karimovich, iqtisodiyot doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistοnda zamοnaviy axbοrοt-kοmmunikatsiya texnοlοgiyalarini qo‘llash οrqali sοliq ma’muriyatchiligini takοmillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan ibοrat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ortiqcha to‘langan soliq summasi soliq to‘lovchiga uning yozma arizasiga ko‘ra, soliq organi tomonidan olingan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida, tadbirkorlik subektlarining yuqori barqarorlik reytingiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subektlariga esa uch kun ichida qaytarilish taklif etilgan;
soliq nazorati jarayonlarining shaffofligini kamida 20 foizga, hujjat aylanish tezligini esa 35 foizgacha oshirish imkonini beruvchi elektron tovar-transport yuk xatlari tizimini barcha xo‘jalik yurituvchi subektlar uchun majburiy qilish taklif etilgan;
soliq ma’murchiligi sifatini oshirish orqali soliqlarning belgilangan me’yorlar va muddatlarda undirilish darajasini 15 foizga yaxshilash orqali fuqarolar va tadbirkorlar zimmasidagi soliq yukini 12 foizga kamaytirish hamda elektron soliq xizmatlaridan foydalanish samaradorligini 25 foizga oshirish taklif etilgan;
o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan ijtimoiy soliq to‘lagan o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga onlayn shaklda xizmat ko‘rsatish hamda raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha taklif etilgan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali soliq ma’muriyatchiligi bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
ortiqcha to‘langan soliq summasi soliq to‘lovchiga uning yozma arizasiga ko‘ra, soliq organi tomonidan olingan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida, tadbirkorlik subektlarining yuqori barqarorlik reytingiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subektlariga esa uch kun ichida qaytarilish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 15-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘gʻrisida”gi O‘RQ-1000-son Qonuni bilan tasdiqlanib, Soliq kodeksining 104-moddasining to‘rtinchi qismiga o‘zgartirish kiritilib, amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025-yil 24-iyundagi 16/1-72502-sonli ma’lumotnomasi). Natijada soliq ma’muriyatchiligi hamda iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va mamlakatning investisiyaviy jozibadorligini yaxshiladi;
soliq nazorati jarayonlarining shaffofligini kamida 20 foizga, hujjat aylanish tezligini esa 35 foizgacha oshirish imkonini beruvchi elektron tovar-transport yuk xatlari tizimini barcha xo‘jalik yurituvchi subektlar uchun majburiy qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘gʻrisida”gi 673-sonli qarorida tasdiqlanib, amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025-yil 24-iyundagi 16/1-72502-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tadbirkorlik sub’ektlariga qulayliklar yaratildi shuningdek soliq xizmat organlarining zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarni ko‘rsatish sifati ta’ⅿinⅼangan;
soliq ma’murchiligi sifatini oshirish orqali soliqlarning belgilangan me’yorlar va muddatlarda undirilish darajasini 15 foizga yaxshilash orqali fuqarolar va tadbirkorlar zimmasidagi soliq yukini 12 foizga kamaytirish hamda elektron soliq xizmatlaridan foydalanish samaradorligini 25 foizga oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi “2025-2030-yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini tasdiqlash to‘gʻrisida”gi 210-son qarori bilan tasdiqlanib amaliyotga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025-yil 24-iyundagi 16/1-72502-sonli ma’lumotnomasi). Natijada soliq ma’murchiligi adolatli, samarali va natijalarga erishildi hamda soliq to‘lovchilarning soliq yukini kamaytirish va elektron xizmatlari ta’minlangan;
o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan ijtimoiy soliq to‘lagan o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga onlayn shaklda xizmat ko‘rsatish hamda raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘gʻrisida”gi PQ-62-son qarorida tasdiqlanib, amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025-yil 24-iyundagi 16/1-72502-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yosh tadbirkorlik sub’ektlari rag‘batlantirildi hamda raqamli texnologiyalar tatbiq etilgan innovatsion loyihalar hamda ijtimoiy tadbirkorlik yo‘nalishidagilar qo‘llab-quvvatlanishi ta’minlandi.