Luqmanov Bunyod Murtazaevichning
fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy xo‘jalik barqaror rivojlanishining iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.01- “Iqtisodiyot nazariyasi” ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.32.PhD/Iqt5370
Ilmiy rahbar: Mamatov Mamajon Axmatjanovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03
Rasmiy opponentlar: Mambetjanov Qahramon Qurbandurdievich iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Rasulova Dilfuza Valievna iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yashil iqtisodiyotni tartibga solish asosida milliy xo‘jalik barqaror rivojlanish iqtisodiy mexanizmining nazariy va uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘lib hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
institutsional nazariya yondashuvlaridan kelib chiqib, “milliy xo‘jalik” tushunchasining iqtisodiy mazmuni milliy xo‘jalikni barqaror rivojlanish indeksi, tarkibiy diversifikatsiya koeffisienti, institutsional sifat ko‘rsatkichlari integral indikatorlarini uyg‘unlashtiruvchi konseptual model nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan;
barqaror rivojlanish nazariyasi va “yashil iqtisodyot” konsepsiyasiga tayanilgan holda barqaror rivojlanish mezonlarining ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy va raqamli jihatlari yangi to‘rt o‘lchovli tizim sifatida aniqlangan hamda “yashil” iqtisodiyot bozor va rejali, rasmiy va norasmiy tartibga solish institutlari va instrumentlarining kompleks kombinatsiyasi sifatida talqini asoslangan;
O‘zbekiston iqtisodiyotini raqamlashtirish hamda atrof muhitning ifloslanish ko‘rsatkichlarini logorifmlash, o‘zaro korelatsion bog‘liqligini ifodalovchi ekonometrik model orqali milliy xo‘jalik barqaror rivojlantirishga ta’siri baholash asosida 2025-2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari aniqlangan;
raqobat nazariyasi va “yashil” o‘sish konsepsiyalarini integratsiya qilgan holda “yashil” iqtisodyotni tartibga solish asosida milliy xo‘jalikni barqaror rivojlantirish iqtisodiy mexanizmi” sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, biznes va jamoatchilik tashabbuslarini rag‘batlantirish, kreativ yondashuvlar va yirik sanoat korxonalarini to‘rt yo‘nalish (ekologik, texnologik, moliyaviy va ijtimoiy) bo‘yicha tarmoqlararo boshqaruv modeli sifatida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Milliy xo‘jalik barqaror rivojlanish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar asosida:
institutsional nazariya yondashuvlaridan kelib chiqib, “milliy xo‘jalik” tushunchasining iqtisodiy mazmuni milliy xo‘jalikni barqaror rivojlanish indeksi, tarkibiy diversifikatsiya koeffisienti, institutsional sifat ko‘rsatkichlari integral indikatorlarini uyg‘unlashtiruvchi konseptual model nuqtayi nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining 2025 yil 14 iyuldagi 717/01-07-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida institutsional nazariya yondashuvlaridan kelib chiqib, “milliy xo‘jalik” tushunchasining iqtisodiy mazmuni milliy xo‘jalikni barqaror rivojlanish indeksi, tarkibiy diversifikatsiya koeffisienti, institutsional sifat ko‘rsatkichlari integral indikatorlarini uyg‘unlashtiruvchi konseptual model nuqtayi nazaridan munosabatlar kengroq nazariy bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
barqaror rivojlanish nazariyasi va “yashil iqtisodyot” konsepsiyasiga tayanilgan holda barqaror rivojlanish mezonlarining ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy va raqamli jihatlari yangi to‘rt o‘lchovli tizim sifatida aniqlangan hamda “yashil” iqtisodiyot bozor va rejali, rasmiy va norasmiy tartibga solish institutlari va instrumentlarining kompleks kombinatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiing 2025 yil 14 iyuldagi 717/01-07-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida barqaror rivojlanish nazariyasi va “yashil iqtisodiyot” konsepsiyasiga tayanilgan holda barqaror rivojlanish mezonlarining ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy va raqamli jihatlari yangi to‘rt o‘lchovli tizim sifatida aniqlangan hamda “yashil” iqtisodiyot bozor va rejali, rasmiy va norasmiy tartibga solish institutlari va instrumentlarining kompleks kombinatsiyasining nazariy bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekiston iqtisodiyotini raqamlashtirish hamda atrof muhitning ifloslanish ko‘rsatkichlarini logorifmlash, o‘zaro korelatsion bog‘liqligini ifodalovchi ekonometrik model orqali milliy xo‘jalik barqaror rivojlantirishga ta’siri baholash asosida 2025-2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining 2025 yil 14 iyuldagi 717/01-07-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyatining 2022-2026 yilga mo‘ljallangan yangi taraqqiyot strategiyasi dasturini takomillashtirish va 2025 yilda Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Konsepsiyasini, “Qashqadaryo viloyatining 2025 yilgi “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” davlat dasturi” ishlab chiqishda foydalanilgan.
raqobat nazariyasi va “yashil” o‘sish konsepsiyalarini integratsiya qilgan holda “yashil iqtisodyotni tartibga solish asosida milliy xo‘jalikni barqaror rivojlantirish iqtisodiy mexanizmi” sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, biznes va jamoatchilik tashabbuslarini rag‘batlantirish, kreativ yondashuvlar va yirik sanoat korxonalarini to‘rt yo‘nalish (ekologik, texnologik, moliyaviy va ijtimoiy) bo‘yicha tarmoqlararo boshqaruv modeli sifatida chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining 2025 yil 14 iyuldagi 717/01-07-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida raqobat nazariyasi va “yashil” o‘sish konsepsiyalarini integratsiya qilgan holda “yashil iqtisodyotni tartibga solish asosida milliy xo‘jalikni barqaror rivojlantirish iqtisodiy mexanizmi” sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, biznes va jamoatchilik tashabbuslarini rag‘batlantirish, kreativ yondashuvlar va yirik sanoat korxonalarini to‘rt yo‘nalish (ekologik, texnologik, moliyaviy va ijtimoiy) bo‘yicha tarmoqlararo boshqaruv modelini hamda chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish tajribasiga ega bo‘ladi.