Abdirayimov Azizbek Ro‘ziqul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oq boshli karam (Brassica oleracea L.) ning texnologik xususiyatlari asosida pektin moddalarini olish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi 06.01.11 - “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash” ixtisosligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T6062
Ilmiy rahbar: Muminov Najmiddin Shamsiddinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdunabi Fatxullaev, texnika fanlari doktori, professor; Djamalov Zohid Zafarovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oq boshli karam (Brassica oleracea L.) dan pektin moddalarini ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor oq boshli karamdan pektin moddalarini ajratib olishning texnologiyasi ishlab chiqilgan;
oq boshli karam Tashkenskaya 10, Buxarest F1 va Supreme Ventaj F1 navlaridan pektin moddalari kukun holida ajratib olingan;
oq boshli karamdan pektin moddalarini ajratib olishga tayyorlash, 2-4 soat davomida 50-70°C haroratda quritish, 2 oydan-24 oygacha uzoq muddatli saqlash sharoiti va maqbul o‘lchamlari 1,5-1,7 mm ekanligi isbotlangan;
oq boshli karamdan pektin moddalarini ajratib olish gidroliz-ekstraksiya jarayonining xomashyoni gidrolizlovchi agent (0,1-0,3% li (COOH)2; 0,05-0,1% li HCI) ga nisbati 1:4 gidromodulda, maqbul harorati 70ºC, vaqt davomiyligi 60 daqiqada 6,5 % unum bilan pektin moddalari ajralishi aniqlangan;
oq boshli karamdan gidroliz-ekstraksiya qilib olingan pektin moddalari ekstraktini cho‘ktirishda ishlatiladigan samarali organik cho‘ktiruvchi sifatida etil spirti - C2H5OH ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xomashyo sifatida karam navlarini texnologik xususiyatlarini baholash va pektin moddalarini ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
organoleptik va fizik-kimyoviy sifat ko‘rsatkichlari ustun bo‘lgan pektin olish texnologiyasi “GUL VA ASAL QANDOLAT” MChJ va “VITA GUM ELASTIC” MChJga qarashli qandolat ishlab chiqarish sexida 1 tonna mahsulotga nisbatan joriy etilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2025-yilning 16-apreldagi №16-35/04-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan reseptura asosida 1 tonna tayyorlangan marmeladni ba’zi bir sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘zini ustunligini ko‘rsatdi hamda ishlab chiqarishdan olinadigan sof foyda 71 000 000-74 000 000 mln. so‘mni tashkil etib, yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
oq boshli karamdan ajratib olingan pektin namunalari asosida oziq-ovqat sanoati uchun pektin ishlab chiqarish texnologiyasi “MALIKA – ShAMS” XKga qarashli qandolat ishlab chiqarish sexida 1 tonna mahsulotga nisbatan joriy etilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2025-yilning 16-apreldagi №16-35/04-25-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan reseptura asosida 1 tonna tayyorlangan marmeladni ishlab chiqarishdan olinadigan sof foyda 72 000 000 mln. so‘mni tashkil etib, yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.