Atadjanova Anaxon Utkirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Atadjanova Anaxon Utkirovnaning “Usovershenstvovanie texnologii polucheniya pishhevoy dobavki iz yagod chyornoy smorodini (Ribes nigrum) i primenenie k myasnim produktam” mavzusidagi 06.01.11-“Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash” ixtisosligidan (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T6063.
Ilmiy rahbar: Fatxullaev Abdunabi, texnika fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Muminov Najmiddin Shamsiddinovich, texnika fanlari doktori, professor; Babadjanova Rimajon Kurambaevna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qorag‘at rezavor mevasi (Ribes nigrum) xom-ashyosidan ozuqaviy qo‘shimchasini olish va tabiiy antotsian, antioksidant ozuqaviy qo‘shimchasini olish va go‘sht mahsulotlarida qo‘llash texnologiyasini takomillashtirishni nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Xorazm viloyati hududlarida etishtirilgan 1000g. qora qorag‘at rezavori xom-ashyosini tarkibida vitaminlar B4 (xolin) 14 mkg, B9 (folat) 7 mkg, flavonoidlar 490 mkg, antotsianlar 100 gr rezavorda 3 g, uning quvvat ko‘rsatkichi 0,3620 D, antioksidant faollik ko‘rsatkichlari 12,5% gacha bo‘lishi aniqlangan;
Qora qarag‘at (Ribes nigrum) rezavor mevasining tuzilishi va funksional texnologik xususiyatlari aniqlanib, olma kislotasi (S4N6O5) ta’sirida rangli ozuqaviy qo‘shimcha olish texnologiyasi ishlab chiqilib, ilk bora xom dulangan koldasalarning rangi to‘q qizil rangga bo‘yalishi aniqlangan;
ekstraksiyalashda ultratovush vanna quvvati 10 litr eritma ekstraksiyasida - 2,2 kVt, chastotasi 20 kGs da 30 minut 80oC antotsianlarning ajralishi 3,99 ± 0,21 mg/sm3 ekanligi aniqlangan;
tarkibida antioksidant xususiyatga ega antotsian ingriedenti qo‘shimchasi kappa karraginan 3% qo‘shish “startoviy kultura” texnologiyasida suvli oziqaviy qo‘shimchani bog‘lash xususiyati va mahsulot rangining barqaror bo‘lishi isbotlangan;
biologik aktiv antotsian, antioksidant birikmalarini go‘sht mahsulotlari tarkibida (oqsil va vitaminlarning nisbati 100:3 gr bolishi) tayyor kolbasa mahsulotining saqlash muddatini 30 kunga uzaytirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qora qorag‘at rezavori (Ribes nigrum) asosida ozuqaviy qo‘shimchasini olish va go‘sht mahsulotlarida qo‘llash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
qora qorag‘at (Ribes nigrum) rezavori qo‘shimchasi “AFA FOOD UNION” MChJ korxonasida 1 tonna go‘sht mahsulotlarida qo‘llab yangi turdagi go‘sht kolbasa mahsuloti ishlab chiqarishga joriy qilingan (Oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2025-yil 23-iyundagi №23-68/06-25-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi mahsulotlarni realizatsiya qilish orqali 38 million so‘m foyda olishga erishilgan.
tadqiqotlar natijasida ishlab chiqilgan qora qorag‘at rezavori qo‘shimchasi “PROMEAT GROUP CORP” MChJ korxonasida “start kul’tura” texnologiyasida 1 tonna go‘sht kolbasa mahsuloti ishlab chiqarishga joriy qilingan (Oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2025-yil 23-iyundagi №23-68/06-25-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi mahsulotlarni realizatsiya qilish orqali 40 million so‘m foyda olishga erishilgan.