Yusupxodjaeva Umida Baxodir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘smirlar psixologik salomatligiga ota-ona munosabatlarining ta’siri”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2023.2.PhD/P557.
Ilmiy rahbar: Xalilova Nargiza Ikromalievna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti,  DSc.01/2025.27.12.R.03.02.
Rasmiy opponentlar: Begmatov Abdullajon Serojiddinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Kamilova Nodira G‘ayratovna, psixologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: o‘smirlar psixologik salomatligiga ota-ona munosabatlarining ta’sirini o‘rganish asosida bu jarayon rivojlanishiga xizmat qiluvchi amaliy usullarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlik davrida psixologik salomatlik kompetentlarining o‘zaro aloqadorligiga ko‘ra yoshga xos rivojlanish dinamikasida ijtimoiy, “men” vektori, ma’naviy, oilaviy va ijodiy sohalarning integratsiyalashuvi asosida refleksiv mexanizmlar psixologik salomatlikni ta’minlovchi ustuvor regulyativ omil sifatida namoyon bo‘lishi dalillangan.
psixologik salomatlikning refleksiv jarayonlar bilan uyg‘un rivojlanishi natijasida o‘smir shaxsida avtosimpatiya, boshqalardan kutilgan munosabatlar doirasi hamda o‘zini-o‘zi qabul qilish komponentlari yetakchi ahamiyat kasb etishi asoslanishi tufayli shaxsning o‘z “men”iga nisbatan munosabati psixologik salomatlikning muhim determinanti ekanligi ilmiy jihatdan isbotlangan.
shaxsda psixologik salomatlikning shakllanishi oilaviy muhit xususiyatlari bilan bog‘liq holda kechishiga ko‘ra avtonomiya, emotsional masofa, rad etish va hamkorlikka asoslangan hamda ota-ona obro‘si bilan mustahkamlangan “ota-onalik ustanovkalari” bolaning oilaviy munosabatlardan qoniqish darajasini oshirish orqali psixologik salomatlikka ta’sir etuvchi hal qiluvchi omil sifatida namoyon bo‘lishi dalillandi.
o‘smirlik davrida psixologik salomatlikni rivojlantirishda shaxsning o‘zini hurmat qilish va o‘zini baholashga oid shaxsiy, o‘z qobiliyatlarini anglashga qaratilgan kognitiv, salbiy kechinmalarni engish bilan bog‘liq emotsional hamda kommunikativ xulq-atvor komponentlarining ustuvor shakllanishi asosida refleksiv-qadriyatli sohani maqsadli ravishda qo‘llab-quvvatlash zarurligi asoslangan.
IV. tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “o‘smir bolalar psixologik salomatligiga ota-ona munosabatlarining ta’siri” psixologik xususiyatlariga oid muammoni tadqiq etish natijasida:
o‘smirlik davrida psixologik salomatlik kompetentlarini o‘zaro aloqadorligiga ko‘ra, ijtimoiy, men vektor, ma’naviy, oilaviy, ijodiy kabilarni yoshga bog‘liq o‘zaro integratsiyalashuvi tufayli refleksiv jarayonlar ustuvor xarakterga ega ekanligi  dalillashga doir ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 10-iyundagi PM-96-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 10-iyundagi PM-96-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘smirlik davrida psixologik salomatlik komponentlarini uyg‘un holda rivojlanishida oilaviy va ma’naviy etuklik  ustuvor xarakterga ega ekanligini aniqlangan.
o‘smirlik davrida psixologik salomatlikning refleksiv jarayonlar bilan uyg‘un holda rivojlanishi natijasida autosimpatiya, boshqalardan kutilgan munosabatlarning ko‘lami, o‘zini-o‘zi qabul qilish kabi komponentlarning ustuvor xarakterga ekanligiga asoslanib, shaxsning o‘ziga bo‘lgan munosabati muhim psixologik determinant ekanligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 10-iyundagi PM-96-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 10-iyundagi PM-96-a-son ma’lumotnomasi). Natijada,  o‘smirlik davrida psixologik salomatlik refleksiv jarayonlarning komponentlari bilan bilan bog‘liqlik jihatlari asosida tavsiyalar ishlab chiqilgan.
shaxsda psixologik salomatlikning shakllanishi avtonomik, emosional masofa, rad etish, hamkorlik ota-ona obro‘si bilan barqaror shakllangan “ota-onalik ustanovka” lari indikatori bolaning oilaviy munosabatlardan qoniqish darajasini kuchaytirilganligi sababli oiladagi ota-ona munosabatlarini ta’siriga bog‘liq ekanligi dalillangan ma’lumotlar dalillangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 10-iyundagi PM-96-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 10-iyundagi PM-96-a-son ma’lumotnomasi). Natijada,  oilada ota-ona munosabatlarining barqaror rivojlanishi o‘smir psixologik salomatligini belgilovchi omil ekanligi hamda yoshga bog‘liq rivojlanish imkoniyatlari tahlil qilingan. 
o‘smirlik davrida psixologik salomatlikni rivojlantirishda shaxsning o‘z-o‘zini hurmat qilish, o‘zini baholash bilan bog‘liq shaxsiy, o‘z qobiliyatlarini anglash bilan bog‘liq kognitiv, salbiy kechinmalarni engish bilan bog‘liq emosional, kommunikativ ko‘nikmalar bilan bog‘liq xulq-atvor komponentlarning ustuvor shakllanishiga erishish muhimligi tufayli refleksiv-qadriyatli sohaga adaptiv ta’sir etish zarurati isbotlangan isbotlangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 10-iyundagi PM-96-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 10-iyundagi PM-96-a-son ma’lumotnomasi).  Natijada, o‘smir shaxsida psixologik salomatlikning yetakchi komponentlariga asoslanib, shaxs sohasiga korresion-rivojlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishning amaliy imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish