Mamadaliev Dilshod Muxammadvalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bosh miya funksional muhim soxalari jarroxlik davosining o‘ziga xosliklari», 14.00.28 – Neyroxirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2025.1.PhD/Tib1287.
Ilmiy raxbar: Asadullaev Ulugbek Maksudovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/04.07.2023.Tib.170.01.
Rasmiy opponentlar: Alixodjaeva Gulnaraxon Alautdinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yoko Kato, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II.Tadqiqotning maqsadi bosh miya funksional muhim markazlari soxasida joylashgan glial o‘smalarning jarrohlik davosini bosh miya po‘stlog‘ini intraoperatsion xaritalash va uyg‘oq jarroxlik uslubini qo‘llagan xolda yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bemorlarda «uyg‘oq jarroxlik» uslubiga jarroxlik ko‘rsatmalarini aniqlab beruvchi maxsus algoritmning (muallif tomonidan tuzilgan «O‘zbek Afaziya Testi» asosida ) samaradoligi isbotlangan;
intraoperatsion elektrostimulyasion kortikal va subkortikal xaritalash va  “awake surgery” -«uyg‘oq jarroxlik» uslubi funksional muxim markazlar soxasida joylashgan o‘smalarda yuqori intraoperatsion diagnostik qiymatga ega ekanligi va  nutq va xarakat markazlarini saqlashda kam invaziv uslub sifatida xizmat qilishi isbotlangan;
bosh miya funksional muxim markazlarida rivojlangan glial o‘smalari bilan og‘rigan bemorlarda nutq funksiyalarini tekshirishda respublikamizda ilk bor «O‘zbek Afaziya Testi» qo‘llanilib, nutq faloyatini pre va intraoperatsion davrda aniqlangan; 
funksional muhim markazlar soxasida joylashgan o‘smalarda uyg‘oq jarroxlik vaqtida nutq sinovini o‘tkazish davomida bosh stabilligini ta’minlash zarur va isbotlangan (№ FAP 02278. 2023y.).
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashning tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha 2025 yil 15 fevraldagi 12/60-son xulosasiga binoan:
birinchi ilmiy yangilik: bosh miya funksional muxim markazlarida rivojlangan glial o‘smalari bilan og‘rigan bemorlarda bemorlarni «uyg‘oq jarroxlik» uslubiga ajratib oluvchi maxsus algoritm ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bosh miya yarim sharlarining funksional muhim markazlarda joylashgan o‘smalarda albatta intraoperatsion kortikal/subkortikal xaritalash o‘tkazish orqali jarrohlik bilan bog‘liq kortikal va subkortikal tuzilmalar funksional butunligini ta’minlash o‘sma rezeksiyasi uchun optimal jarrohlik yo‘lini tanlash va xavsiz rezeksiya qilish imkonini berishi bilan asoslanadi. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi: dissertatsiya ishining olingan natijalari sog‘liqni saqlash muassalari amaliyotiga, xususan, Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 2024 yil 29 fevral`dagi 29-sonli buyruq, hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiĭ-amaliĭ tibbiët markazi Buxoro filialiga 2024 yil 19- fevraldagi  30-sonli buyruq bilan neyroxirurgiya bo‘limlari faoliyatiga tadbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tatbiq etish bosh miya yarim sharlari funksional muhim markazlari o‘smalari  bilan og‘rigan bemorlarda “uyg‘oq jarrohlik” taktikasini tanlash bo‘yicha ob’ektiv qaror qabul qilishga imkon yaratdi, o‘smani xavfsiz va funksional muhim markazlarni saqlagan holda olib tashlash imkoniyatini berib, nogironlik, o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirishga zamin yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi:  bosh miya yarim sharlari funksional muhim markazlari o‘smalari  bilan og‘rigan bemorlarda jarrohlik yondashuvni tanlash algoritmini  qo‘llash orqali jarrohlikdan keyingi asoratlar sonini kamaytirish hisobiga bemorlarning shifoxonada o‘rtacha yotish muddati 3–5 kungacha qisqartirildi, og‘ir funksional etishmovchilik va nutq buzilishlari xavfining pasayishi esa bemorlarning erta reabilitatsiyasi va mehnat faoliyatiga qaytishiga ko‘maklashdi, bu esa o‘z navbatida, uzoq muddatli reabilitatsiya, gormonal terapiya, dori-darmon ta’minoti va nogironlik holatidagi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat xarajatlarini kamaytirdi. Xulosa: bosh miya yarim sharlari funksional muhim markazlari o‘smalari  bilan og‘rigan bemorlarda jarrohlik yondashuv taktikasini tanlash ilmiy asoslangan, individual yondashuvni ta’minladi, asoratlar xavfini kamaytirdi, uzoq muddatli natijalarni yaxshiladi va asorat bilan bog‘liq sarf xarajatlarni kamaytiradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: intraoperatsion elektrostimulyasion kortikal va subkortikal xaritalash va  “awake surgery” -«uyg‘oq jarroxlik» uslubi funksional muxim markazlar soxasida joylashgan o‘smalarda yuqori intraoperatsion diagnostik qiymatga ega ekanligi va  nutq va xarakat markazlarini saqlashda kam invaziv uslub sifatida xizmat qilishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bosh miya yarim sharlarining funksional muxim markazlar soxasida joylashgan o‘smalarida intraoperatsion bosh miya nutq va xarakat markazlarini xaritalash nafaqat hayot uchun xavfli asoratlar yuzaga kelishining oldini olishga, balki o‘smani xavfsiz uslubda rezeksiya qilish orqali  nutq va xarakat defisitiga sabab bo‘luvchi asoratlar xavfini kamaytirish orqali davolash natijalarini yaxshilashi isbotlangan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi: dissertatsiya ishining olingan natijalari sog‘liqni saqlash muassalari amaliyotiga, xususan, Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 2024 yil 29 fevral`dagi 29-sonli buyruq, hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiĭ-amaliĭ tibbiët markazi Buxoro filialiga 2024 yil 19- fevral`dagi  30-sonli buyruq bilan neyroxirurgiya bo‘limlari faoliyatiga tadbiq etildi. Iqtisodiy samaradorligi:  bosh miya yarim sharlari funksional muhim markazlari o‘smalari  bilan og‘rigan bemorlarda jarrohlik yondashuvni tanlash algoritmini  qo‘llash orqali jarrohlikdan keyingi asoratlar sonini kamaytirish hisobiga bemorlarning shifoxonada o‘rtacha yotish muddati 3–5 kungacha qisqartirildi, og‘ir funksional etishmovchilik va nutq buzilishlari xavfining pasayishi esa bemorlarning erta reabilitatsiyasi va mehnat faoliyatiga qaytishiga ko‘maklashdi, bu esa o‘z navbatida, uzoq muddatli reabilitatsiya, gormonal terapiya, dori-darmon ta’minoti va nogironlik holatidagi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat xarajatlarini kamaytirdi. Xulosa: bosh miya yarim sharlari funksional muhim markazlari o‘smalari  bilan og‘rigan bemorlarda davolashda uyg‘oq jarrohlik uslubini joriy etish klinik samaradorlikni oshirish, asoratlar sonini kamaytirish, nogironlik darajasini pasaytirish va sog‘liqni saqlash tizimi uchun sezilarli iqtisodiy foyda ta’minlash imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: bosh miya funksional muxim markazlarida rivojlangan glial o‘smalari bilan og‘rigan bemorlarda nutq buzilishlarini baholashda “O‘zbek afaziya testi” samarasi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: qiyosiy tahlil asosida jarrohlikdan keyingi nutq buzilishlarini oldini olish maqsadida intraoperatsion kortikal va subkortikal nutq markazlarini xaritalash, va, shunga mos ravishda ishlab chiqilgan nutq testini qo‘llash orqali amaliyotdan keyingi nutq va boshqa kognitiv faoliyat defisiti kamaygan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi: ushbu test qo‘llanilishidan avval guvoxnoma olindi (№ DGU 37581) va dissertatsiya ishining olingan natijalari sog‘liqni saqlash muassalari amaliyotiga, xususan, nutq testlarini qo‘llanishi bo‘yicha xususan, Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 2024 yil 29 fevraldagi 29-sonli buyruq, hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiĭ-amaliĭ tibbiët markazi Buxoro filialiga 2024 yil 19- fevral`dagi  30-sonli buyruq bilan neyroxirurgiya bo‘limlari faoliyatiga tadbiq etildi. Iqtisodiy samaradorligi: bosh miya yarim sharlari funksional muhim markazlari o‘smalari  bilan og‘rigan bemorlarda jarrohlik yondashuvni tanlash algoritmini  qo‘llash orqali jarrohlikdan keyingi asoratlar sonini kamaytirish hisobiga bemorlarning shifoxonada o‘rtacha yotish muddati 3–5 kungacha qisqartirildi, og‘ir funksional etishmovchilik va nutq buzilishlari xavfining pasayishi esa bemorlarning erta reabilitatsiyasi va mehnat faoliyatiga qaytishiga ko‘maklashdi, bu esa o‘z navbatida, uzoq muddatli reabilitatsiya, gormonal terapiya, dori-darmon ta’minoti va nogironlik holatidagi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat xarajatlarini kamaytirdi. Xulosa: bosh miya yarim sharlari funksional muhim markazlari o‘smalari  bilan og‘rigan bemorlarda jarrohlik yondashuv taktikasini tanlash ilmiy asoslangan, individual yondashuvni ta’minladi, asoratlar xavfini kamaytirdi, uzoq muddatli natijalarni yaxshiladi va asorat bilan bog‘liq sarf xarajatlarni kamaytiradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: funksional muhim markazlar soxasida joylashgan o‘smalarda uyg‘oq jarroxlik uslubini qo‘llashda xavfsizlikni ta’minlovchi bosh tutgichi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bosh miya uyg‘oq jarroxligi amaliyotlarida bemorlarni amaliyot davomida bosh suyagini mustaxkam ushlab turishini ta’minlovchi “bosh tutgich” uskunasi ishlab chiqilgan. (№ FAP 02278. 2023y) Mazkur uskuna yordamida uyg‘oq jarrohlik davomida bemorda olib borilayotgan amaliyot xavfsizligi ta’minlanib, jarroxlik amaliyoti sifatli o‘tkazilishiga zamin yaratgan xolda, intraoperatsion turli asoratlarni kamaytirishi isbotlangan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi: dissertatsiya ishining olingan natijalari sog‘liqni saqlash muassalari amaliyotiga, xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi kundalik jarroxlik faoliyatiga tadbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: bosh suyagi qattiq fiksatsiyasi uskunasini qo‘llash yordamida uyg‘oq jarrohlik bilan bog‘liq noxos asoratlar sonining kamayishiga, tibbiy yordam sifati oshishiga, reabilitatsiya muddatining qisqarishiga va bemorlar hayot sifati yaxshilanishiga olib keldi. Iqtisodiy samaradorligi: bosh miya yarim sharlari funksional muhim markazlari o‘smalari  bilan og‘rigan bemorlarda bosh tutgich uskunasini qo‘llash jarrohlikdan keyingi asoratlar sonini kamaytirish hisobiga bemorlarning shifoxonada o‘rtacha yotish muddati 3–5 kungacha qisqartirildi, og‘ir funksional etishmovchilik va nutq buzilishlari xavfining pasayishi esa bemorlarning erta reabilitatsiyasi va mehnat faoliyatiga qaytishiga ko‘maklashdi, bu esa o‘z navbatida, uzoq muddatli reabilitatsiya, gormonal terapiya, dori-darmon ta’minoti va nogironlik holatidagi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat xarajatlarini kamaytirdi. Xulosa: bosh miya yarim sharlari funksional muhim markazlari o‘smalari  bilan og‘rigan bemorlarda bosh tutgichni qo‘llash ilmiy asoslangan, asoratlar xavfini kamaytirdi, uzoq muddatli natijalarni yaxshiladi va asorat bilan bog‘liq sarf xarajatlarni kamaytiradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish