Xamrakulova Maftunaxon Shuxrat qizining  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Turli yoshdagi nogiron farzandli oilalar psixologik farovonligining determinanatlari (Orolbo‘yi mintaqasi oilalar misolida)”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/P1319.
Ilmiy rahbar: Jumaniyozova Nasiba Ramatillaevna  psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti,  DSc.01/2025.27.12.R.03.02.
Rasmiy opponentlar: Karshieva Dilafruz Suyunovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Isokova Muazzam Tolkinovna psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Buxora  xalqaro unversiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: turli yoshdagi nogiron farzandli oilalar psixologik farovonligining determinantlarini tadqiq etish hamda ularning psixologik farovonlik darajasini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
psixologik farovonlik determinantlarini darajaviy ifodalanishiga ko‘ra turli yoshdagi nogiron farzandi bor ota-onalardagi affektiv, kognitiv, konativ, refleksiv komponentlarlarning oila resurslari bilan integrativ namoyon bo‘lishi tufayli, nogiron farzandli oilalarda stress bilan bog‘liq holatlarning differensial harakterga ega ekanligi aniqlangan; 
turli yoshdagi nogiron farzandli oilalarning psixologik farovonligini psixodiagnostik imkoniyatlari shaxslarning emotsional charchash, depersonalizatsiya, ota-onalar yutuqlarining reduksiyasini refleksiv baholash muhimligi tufayli, “Ota-onalarda so‘nish” so‘rovnomasini psixometrik ko‘rsatkichlarga ko‘ra kiritish asosida takomillashtirilgan; 
oila a’zolarining psixoemotsional (stress va xavotirlanish) holatiga korreksion-adaptiv ta’sir etish natijasida bola bilan simbiotik munosabatda bo‘lish, ota-onalarning koping strategiyalarini shakllantirish va oilaning psixoterapevtik imkoniyatlaridan foydalanish darajasini kuchaytirganligi tufayli kognitiv, emotsional va xulq-atvorning konstruktiv o‘zgarishi bolaning individual holatini qabul qilishga erishish mumkinligi asoslangan; 
 turli yoshdagi nogiron bolalarning jamiyatga integratsiyasini ta’minlash jarayoni ota-onaning kognitiv, emotsional, xulqiy sohalariga ta’sir etish orqali farzandini qabul qilish, u bilan hamkorlik qilish, jamiyatdagi statusini baholash kabi hislarini rivojlantirish muhimligi tufayli “psixolog-oila-defektolog” psixologik xizmat triadasiga “matonatli ota-onalar maktabi”ni kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Turli yoshdagi nogiron farzandli oilalar psixologik farovonligining determinantlariga oid muammoni tadqiq etish asosida: 
turli yoshdagi nogiron farzandi bor oilalar holatining differensial namoyon bo‘lishiga ko‘ra, shaxsning hayot tarzidan qoniqish darajasiga qarab, hayot mazmuni bilan bog‘liq qadriyatlarning ijtimoiy nuqtai nazardan o‘zgarishi tufayli, ularda hissiy, ekzistensial, ijtimoiy-me’yoriy farovonlikning ustuvor ekanligi dalillanganligiga oid takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti  huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 18-avgustdagi PM-110 sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 18-avgustdagi PM-110-son ma’lumotnomasi). Natijada turli yoshdagi nogiron farzandi bor oilalarda hayot tarzidan qoniqish darajasi bilan bog‘liq bo‘lgan hissiy, ekzistensial, ijtimoiy-me’yoriy farovonlikning ustuvorligini o‘rganish va tavsiflash imkoniyati yaratilgan;
nogiron farzandi bor oilalarni farovonlikka erishish uchun shaxsning hayotdan qoniqish darajasini oshirish, o‘z-o‘ziga ishonch va o‘zini to‘g‘ri baholash qobiliyatini rivojlantirish, ulardagi xavotir darajasining hayotiy stresslarga bog‘liq holda kamaytirish orqali kognitiv, emotsional va xulq-atvor sohalariga kompleks ta’sir ko‘rsatish muhimligi asoslangan takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti  huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 18-avgustdagi PM-110 sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 18-avgustdagi PM-110-son ma’lumotnomasi). Natijada nogiron farzandi bor oilalarning psixologik farovonlikka erishishi uchun kognitiv, emotsional va xulq-atvor sohalariga kompleks ta’sir etish muhimligi ilmiy tadqiq etilgan; 
nogiron farzandi bor ota-onalarda xavotirlanish darajasining namoyon bo‘lishidagi differensial farqlarning mavjudligiga ko‘ra ijtimoiy, hissiy, motivatsion-irodaviy sohani rivojlantirishdagi integrativ  jihatlarni shaxs farovonligiga intensiv ta’siri tufayli nogiron farzandi bor oilalarda vaziyatli va shaxsiy xavotirlanishning psixoemotsional jihatdan ustuvor ekanligi asoslangan takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti  huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 18-avgustdagi PM-110 sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 18-avgustdagi PM-110-son ma’lumotnomasi). Natiajada ota-onalarda xavotirlanish darajasining namoyon bo‘lishidagi differensial farqlarni shaxs farovonligiga ta’sirini tadqiq qilish nogiron farzandi bor oilalarda vaziyatli va shaxsiy xavotirlanishning psixoemotsional jihatdan ustuvor ekanligi asoslangan; 
nogiron farzandi bo‘lgan oilalarning farovonlik darajasini shakllantirishda ulardagi hissiy, ekzistensial, ego, gedonistik, ijtimoiy-me’yoriy farovonlik va hayotdan qoniqish darajasini oshirish orqali xavotirlanish holatiga korreksion-adaptiv ta’sir etish muhimligi tufayli shaxs hissiy-motivatsion sohasini barqarorlashtirish zarurligiga asoslangan takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti  huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 18-avgustdagi PM-110 sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 18-avgustdagi PM-110-son ma’lumotnomasi). Natiajada ota-onalarda xavotirlanish darajasining namoyon bo‘lishidagi differensial farqlarni shaxs farovonligiga ta’sirini tadqiq qilish nogiron farzandi bor oilalarda vaziyatli va shaxsiy xavotirlanishning psixoemotsional jihatdan ustuvor ekanligi asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish