Raxmatov Karim Raximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bel-dumg‘aza sohasidagi «Operatsiya qilingan umurtqa pog‘onasi» sindromining klinik, nevrologik asoratlari va davolashga radiochastotali ablyasiya yordamida yondashuv” 14.00.13 – Nevrologiya, 14.00.28 – Neyroxirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2025.2.PhD /Tib5966.
Ilmiy rahbarlar: Sanoeva Matlyuba Jaxonkulovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Norov Abduraxmon Ubaydullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12. Tib.05.02.
Rasmiy opponentlar: Haydarova Dildora Qodirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xazratkulov Rustam Bafoevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: «operatsiya qilingan umurtqa pog‘onasi sindromi»da nevrologik asoratlarni o‘rganish, radiochastotali ablyasiya yordamida bel-dumg‘aza sohasi jarrohligidan so‘ng rivojlanadigan surunkali og‘riq sindromini davolash usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bel-dumg‘aza sohasidagi «operatsiya qilingan umurtqa pog‘onasi sindromi» nokompression shaklida reflektor va neyropatik og‘riq komponentining ustunligi funksional cheklanish darajasi bilan ishonchli o‘zaro bog‘liq ekanligi klinik va instrumental tekshirish (nevrologik ko‘rik, funksional sinov, ENMG va og‘riq shkalalari) usullari asosida isbotlangan;
bel-dumg‘aza sohasidagi «operatsiya qilingan umurtqa pog‘onasi sindromi»da tushkunlik va xavotir belgilarining klinik kechishi surunkali og‘riq sindromining ifodalanishi hamda harakatning funksional cheklanishi darajasiga ta’sir etuvchi klinik-psixologik omil ekanligi asoslangan;
bel-dumg‘aza sohasidagi «operatsiya qilingan umurtqa pog‘onasi sindromi»da neyroxirurgik sabablar (faset bo‘g‘imi zararlanishi, chandiqli epidurit, segmentar morfologik o‘zgarishlar) kompleks klinik va neyrovizual tahlil asosida aniqlanib, radiochastotali ablyasiya (denervatsiya) qo‘llashning tanlov mezonlari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalari tizimli ravishda asoslangan;
radiochastotali ablyasiya qayta ochiq jarrohlik o‘tkazish usuliga muqobil usul sifatida og‘riq sindromini kamaytirish, funksional holatni yaxshilash va neyromodulyasiyaga asoslangan klinik ahamiyatli samaradorlikka ega ekanligi isbotlangan hamda ularning rivojlanish darajasiga ko‘ra differensial davolash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Davolash samaradorligini takomillashtirish, olingan tekshiruv natijalari va shakllangan nevrologik asoratlar asosida:
birinchi ilmiy yangilik. Bel-dumg‘aza sohasidagi «operatsiya qilingan umurtqa pog‘onasi sindromi» nokompression shaklida reflektor va neyropatik og‘riq komponentining ustunligi funksional cheklanish darajasi bilan ishonchli o‘zaro bog‘liq ekanligi klinik va instrumental tekshirish (nevrologik ko‘rik, funksional sinov, ENMG va og‘riq shkalalari) usullari asosida isbotlanganligi bo‘yicha «Bel-dumg‘aza sohasining «Operatsiya qilingan umurtqa pog‘onasi sindromi»da og‘riqni radiochastotali ablyasiya yordamida davolash usuli» (Abu Ali ibn Sino Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashining 2024 yil 28 fevraldagi 24-m/034-sonli ma’lumotnomasi) va «Bel – dumg‘aza sohasi «operatsiya qilingan umurtqa pog‘onasi sindromi»da nevrologik belgilarni erta tashxislash algoritmi» (Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashining 2025 yil 28 martdagi №25-m/083-sonli ma’lumotnomasi) mavzusidagi uslubiy tavsiyanomalar tasdiqlangan. Tadqiqot natijasi bel-dumg‘aza sohasida o‘tkaziladigan turli jarrohlik muolajasidan so‘ng rivojlanuvchi nevrologik asoratlarni tashxislash, oldini olish, davo samaradorligini oshirish, maxsus nevrologik va neyroxirurgik xizmat sifatini takomillashtirish imkonini bergan. Ijtimoiy samaradorligi: nokompression shaklida reflektor va neyropatik og‘riq komponentining ustunligi, funksional cheklanish darajasi bilan ishonchli o‘zaro bog‘liqligi davolashning differensial usulini tanlash va mehnat qobiliyatini erta tiklashga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: «operatsiya qilingan umurtqa pog‘onasi sindromi»da aniqlangan nevrologik asoratlar, og‘riq sindromini davolashning takomillashtirilgan usulini qo‘llash har bir bemor uchun byudjet hisobidan 1.235.000 so‘m mablag‘ tejalishiga olib kelgan. Xulosa: nevrologik asoratlarni erta tashxislash samaradorligi statsionar davolanish davomiyligining 12 kundan 8 kunga qisqarganligi, kunlik mablag‘ 99.950 so‘mga qisqarganligi, umumiy byudjet hisobidan 1.235.000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinganligi bilan belgilanadi.
ikkinchi ilmiy yangilik. Bel-dumg‘aza sohasidagi «operatsiya qilingan umurtqa pog‘onasi sindromi»da tushkunlik va xavotir belgilarining klinik kechishi surunkali og‘riq sindromining ifodalanishi hamda harakatning funksional cheklanishi darajasiga ta’sir etuvchi klinik-psixologik omil ekanligi asoslanganligi bo‘yicha «Bel-dumg‘aza sohasining «Operatsiya qilingan umurtqa pog‘onasi sindromi»da og‘riqni radiochastotali ablyasiya yordamida davolash usuli» (Abu Ali ibn Sino Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashining 2024 yil 28 fevraldagi 24-m/034-sonli ma’lumotnomasi) va «Bel – dumg‘aza sohasi «operatsiya qilingan umurtqa pog‘onasi sindromi»da nevrologik belgilarni erta tashxislash algoritmi» (Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashining 2025 yil 28 martdagi №25-m/083-sonli ma’lumotnomasi) mavzusidagi uslubiy tavsiyanomalar tasdiqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: bel-dumg‘aza sohasidagi «operatsiya qilingan umurtqa pog‘onasi sindromi»da tushkunlik va xavotir belgilarining mavjudligi kasallik shakllanish omillarini bartaraf qilish, jarrohlikdan keyingi asoratlar, nogironlik rivojlanishini bartaraf etishning profilaktik tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bel-dumg‘aza sohasidagi «operatsiya qilingan umurtqa pog‘onasi sindromi»da tushkunlik va xavotir belgilarini aniqlash kasallik davolash usullarini to‘g‘ri tanlash, asoratlar profilaktikasini o‘tkazish, statsionar davo davomiyligini qisqartirish, maqsadli va individual davolashga yondashish byudjet mablag‘idan 2.511.892 so‘m tejash imkonini bergan. Xulosa: «operatsiya qilingan umurtqa pog‘onasi sindromi»da psixoemotsional holatni stabillashtirish davolash muolajasining samaradorligini oshirish hamda 2.511.892 so‘m iqtisod qilinishi imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik. Bel-dumg‘aza sohasidagi «operatsiya qilingan umurtqa pog‘onasi sindromi»da neyroxirurgik sabablar (faset bo‘g‘imi zararlanishi, chandiqli epidurit, segmentar morfologik o‘zgarishlar) kompleks klinik va neyrovizual tahlil asosida aniqlanib, radiochastotali ablyasiya (denervatsiya) qo‘llashning tanlov mezonlari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalari tizimli ravishda asoslanganligi bo‘yicha «Bel-dumg‘aza sohasining «Operatsiya qilingan umurtqa pog‘onasi sindromi»da og‘riqni radiochastotali ablyasiya yordamida davolash usuli» (Abu Ali ibn Sino Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashining 2024 yil 28 fevraldagi 24-m/034-sonli ma’lumotnomasi) va «Bel – dumg‘aza sohasi «operatsiya qilingan umurtqa pog‘onasi sindromi»da nevrologik belgilarni erta tashxislash algoritmi» (Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashining 2025 yil 28 martdagi №25-m/083-sonli ma’lumotnomasi) mavzusidagi uslubiy tavsiyanomalar tasdiqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: bel-dumg‘aza sohasi «operatsiya qilingan umurtqa pog‘onasi sindromi»da radiochastotali ablyasiya (denervatsiya) qo‘llashning tanlov mezonlari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalarining shakllantirilishi har bir holatda shaxsiylashtirilgan davo, profilaktika usuli hamda ablyasiyaning soni, davomiyligi tartibini belgilab mehnatga layoqatsizlik kunlarini qisqartirishga imkon yaratgan. Iqtisodiy samaradorligi: bel-dumg‘aza sohasi «operatsiya qilingan umurtqa pog‘onasi sindromi»ni differensial davolashda radiochastotali ablyasiya usulini qo‘llash har bir bemor uchun byudjet hisobidan 1.235.000 so‘m mablag‘ning tejalishiga imkon yaratgan. Xulosa: bel-dumg‘aza sohasi «operatsiya qilingan umurtqa pog‘onasi sindromi»da differensial davo muolajasini qo‘llash nevrologik asoratlarni kamaytirish, nogironlik rivojlanishining oldini olish va 1.235.000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik. Radiochastotali ablyasiya qayta ochiq jarrohlik o‘tkazish usuliga muqobil usul sifatida og‘riq sindromini kamaytirish, funksional holatni yaxshilash va neyromodulyatsiyaga asoslangan klinik ahamiyatli samaradorlikka ega ekanligi isbotlangan hamda ularning rivojlanish darajasiga ko‘ra differensial davolash usuli ishlab chiqilganligi bo‘yicha «Bel-dumg‘aza sohasining «Operatsiya qilingan umurtqa pog‘onasi sindromi»da og‘riqni radiochastotali ablyasiya yordamida davolash usuli» (Abu Ali ibn Sino Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashining 2024 yil 28 fevraldagi 24-m/034-sonli ma’lumotnomasi) va «Bel – dumg‘aza sohasi «operatsiya qilingan umurtqa pog‘onasi sindromi»da nevrologik belgilarni erta tashxislash algoritmi» (Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashining 2025 yil 28 martdagi №25-m/083-sonli ma’lumotnomasi) mavzusidagi uslubiy tavsiyanomalar tasdiqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: radiochastotali ablyasiya yordamida differensial davolash usulini ishlab chiqish og‘riq sindromini kamaytirish, umurtqa funksional holatini yaxshilash, qayta jarrohlik o‘tkazish usulini imkon qadar kamaytirish, mehnatga layoqatlilikni tiklash, nogironlik rivojlanishining oldini olishga imkon yaratgan. Iqtisodiy samaradorligi: bel-dumg‘aza sohasi jarrohligidan keyin paydo bo‘lgan nevrologik o‘choqli belgilarni radiochastotali ablyasiya (denervatsiya) usulida davolash neyromodulyator vosita sifatida shaxsiylashtirilgan davolash samaradorligini oshirib har bir bemor uchun 2.511.892 so‘m mablag‘ning tejalishiga imkon yaratgan. Xulosa: bel-dumg‘aza sohasi «operatsiya qilingan umurtqa pog‘onasi sindromi»da nevrologik asoratlarni davolashda radiochastotali ablyasiya qo‘llash orqali har bir bemor uchun 2.511.892 so‘m mablag‘ iqtisod qilingan.
Tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyoti, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali (26.09.2024 y; buyruq № 197-son), Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (04.12.2024 y; buyruq № 01-2/439-son), Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (09.04.2025 y; buyruq № 12-T-son) va Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi (11.04.2025 y; buyruq № 524-2-42-TB/2025-son) amaliy tibbiyotiga joriy qilingan. Uning natijasida nevrologik asoratlar, jumladan og‘riq, sensomotor va vegetativ o‘zgarishlar kamaygan, kasallik kechishi barqarorlashgan, bemorlarning kasalxonada davolanish muddati qisqargan va hayot sifati yaxshilangan. Ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik Kengashning 2025 yil 07 oktyabrdagi 26/22-sonli xulosasi olingan.