Xodjanova Shaxnoza Iskandarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yurak ishemik kasalligida qon trombotsitlarining antiagregantlarga rezistentligining klinik-patogenetik va genetik omillari asosida antiagregant davoni muvofiqlashtirish” 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Tib1031
Ilmiy rahbar: Alyavi Anis Lyutfullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor, FA akademigi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.02
Rasmiy opponentlar: Shodikulova Gulandom Zikriyaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Turaqulov Rustam Ismatullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Kenjaev Majid Latipovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda antiagregantlar rezistentlik holatiga ta’sir etuvchi klinik, laborator va genetik omillarni baholash asosida davoni muvofiqlashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi :
yurak ishemik kasalligi bo‘lgan o‘zbek populyasiyasidagi bemorlarda aspiringa rezistentlik (24,5%), klopidogrel rezistentlik (29,1%) va qo‘sh rezistentlik (8,7%) statistik jihatdan asoslandi (P<0.05) hamda aspiringa rezistent bemorlarda zichligi past lipoproteidlar ortishi va zichligi yuqori lipoproteidlar pasayishi, klopidogrelga rezistent bemorlarda zichligi past lipoproteidlar va trigliseridlar oshishi hamda qo‘sh rezistent bemorlarda umumiy xolesterin va aterogen indeksning keskin ortishi orqali lipid muvozanati buzilishi antiagregant rezistentlikning patogenetik zvenosi ekanligi isbotlangan;
aspirin va klopidogrelga rezistent bemorlarda exokardiografik ko‘rsatkichlardan chap qorincha otish fraksiyasi, TAPSE va E/A nisbatlari trombotsitlar agregatsiyasining ingibirlanishi bilan teskari bog‘liq ekanligi va yallig‘lanish markerlaridan C-reaktiv oqsili, interleykin-6 va interleykin-1β darajalari bilan teskari korrelyasion aloqa mavjudligi asoslangan;
YuIK bilan og‘rigan bemorlarda ilk bor ITGB3 (PlA2+), ITGA2 (TT), GP1BA (Met+), va P2RY12 (H2+) gen polimorfizmlarining aspirin rezistentligi bilan ishonchli bog‘liqligi aniqlandi hamda ushbu polimorfizm tashuvchilari noxush yurak-qon tomir hodisalarining ortishi bilan uzviy bog‘liq ekanligi, CYP2C19*2 va CYP2C19*3 allellarining tashuvchilarida esa klopidogrel rezistentligi va trombotsitar agregatsiyasining ingibirlanishi past darajasi bilan xarakterlanishi hamda ushbu polimorfizm tashuvchilarda noxush yurak-qon tomir hodisalari 3,1 baravar ko‘p uchrashi asoslangan;
logistik regressiya tahlili orqali ilk bor YuIK bilan og‘rigan bemorlarda antiagregant dori vositalariga rezistentlikni bashoratlashda C-reaktiv oqsil >5 mg/l, IL-6 >4 pg/ml, zichligi past lipoproteid >3.5 mmol`/l, trombotsitlar >350×10⁹/l, ADF-indusirlangan agregatsiya >55% va CYP2C19*2 tashuvchilari asosiy mustaqil bashoratlash omillari ekanligi aniqlangan va ular asosida individual xavfni baholash shkalasi ishlab chiqilgan;
tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan shaxsiylashtirilgan davo algoritmi trombotsitlar faolligi, genetik polimorfizmlar va yallig‘lanish markerlarini hisobga olgan holda dori tanlash imkonini bergan hamda ushbu modelni klinik amaliyotga joriy etish miokard infarkti, insul`t va stent trombozi holatlarini 8,4% dan 3,1% gacha kamaytirib, shaxsiylashtirilgan yondashuvning yuqori klinik hamda prognostik samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yurak ishemik kasalligida qon trombotsitlarining antiagregantlarga rezistentligining klinik-patogenetik va genetik omillari asosida antiagregant davoni muvofiqlashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: trombotsitlar agregatsiyasini araxidon kislotasi va ADF ta’sirida baholash orqali aspirin va klopidogrelga nisbatan rezistentlik holatlari aniqlash orqali kasallikning rivojlanishi va tashxisiy ahamiyati asoslanganligi Toshkent shaxridagi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasining 03.06.2025 yildagi 67-sonli, Toshkent shahridagi 3-son klinik shifoxonasining 24.06.2025 yildagi 48-sonli, Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasining 30.06.2025 yildagi 01-70-sonli hamda Navoiy shahridagi viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 02.07.2025 yildagi 3892-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 17 dekabrdagi 31/19-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ushbu ilmiy yangilik asosida klinik amaliyotga kiritilgan turli induktorlar ta’sirida trombotsitlar agregatsiyasini aniqlash orqali uzoq muddat antiagregant qabul qilayotgan yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda antiagregantlarning samaradorligini baxolash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarda trombotsitlar agregatsiya tekshiruvini aniqlab, rezistentlik holatini tashxislash jarayonini erta amalga oshirish kasallik og‘irlashib asoratlar erta rivojlanmasidan oldin to‘g‘ri antiagregant davoni tanlash bemorni shifoxonada uzoq muddat saqlash, yuqori qiymatli apparat tekshiruvlari va intensiv terapiya ehtiyojlarini sezilarli darajada kamaytirdi. Xulosa: yurak ishemik kasalligida antiagregant terapiyaning samaradorligini aniqlashda trombotsitlar agregatsiyasining ingibirlanish foizi (Inhibition of Platelet Aggregation – IPA (TAI)) hamda turli induktorlar ta’siridagi optik agregometriya usuli muxim axamiyatga ega xisoblanadi. Ushbu usul tashxislash, bashoratlash, nazorat vazifalarini bajaruvchi samarali vosita sifatida klinik amaliyotga joriy etildi.
ikkinchi ilmiy yangilik: yurak ichi gemodinamik ko‘rsatkichlar antiagregant dori vositalariga rezistentlik bilan uzviy bog‘liqligini asoslanganligi Toshkent shaxridagi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasining 03.06.2025 yildagi 67-sonli, Toshkent shahridagi 3-son klinik shifoxonasining 24.06.2025 yildagi 48-sonli, Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasining 30.06.2025 yildagi 01-70-sonli hamda Navoiy shahridagi viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 02.07.2025 yildagi 3892-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 17 dekabrdagi 31/19-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Aspirin va klopidogrelga rezistentlik holatlari nafaqat trombotsitar faollikka, balki miokard faoliyati, nasos quvvati va mikrotsirkulyator dinamikaga ham ta’sir ko‘rsatishi antiagregant davo samaradorligini baholashda exokardiografik parametrlarni integratsiya qilish zarurligini ko‘rsatdi. Iqtisodiy samaradorligi: Antiagregantlarga rezistentlik holatini exokardiografik parametrlar bilan taqqoslab baholash ko‘pgina invaziv tekshiruv va amaliyotlarni o‘tkazish ehtiyojini kamaytirdi. Xulosa: gemodinamik ko‘rsatkichlar bilan antiagregantlarga rezistentlik darajalari o‘rtasidagi yuqori darajadagi ta’sir etishiga oid patogenetik mulohazalarni aniqlashga xizmat qiladi.
uchinchi ilmiy yangilik: antiagregant dorilarga rezistentlik holatlari lipid almashinuvi buzilishi, yallig‘lanish jarayonlari va umumiy qon ko‘rsatkichlari bilan chambarchas bog‘liqligining asoslanganligi Toshkent shaxridagi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasining 03.06.2025 yildagi 67-sonli, Toshkent shahridagi 3-son klinik shifoxonasining 24.06.2025 yildagi 48-sonli, Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasining 30.06.2025 yildagi 01-70-sonli hamda Navoiy shahridagi viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 02.07.2025 yildagi 3892-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 17 dekabrdagi 31/19-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: tadqiqot natijalari antiagregant davoga javobni individual baholashda lipid profili va yallig‘lanish biomarkerlarini, shuningdek, qon umumiy tahlili parametrlarini kompleks tarzda tahlil qilish zarurligini ko‘rsatadi va bu yondashuv klinik amaliyotda shaxsiylashtirilgan davo strategiyalarini ishlab chiqish, rezistentlik holatlarini erta prognozlash va asoratlarni kamaytirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Iqtisodiy samaradorlik: umumiy klinik, metabolik va yallig‘lanish biomarkerlarini kompleks tahlil qilish asosida antiagregant davo samaradorligini baholash orqali yuqori qiymatli intensiv terapiya yoki kardiologik statsionarda davolash ehtiyojlarini kechiktirish yoki oldini olish imkoni yaratildi. Xulosa: antiagregant dorilarga rezistentlik holatlari lipid almashinuvi buzilishi, yallig‘lanish jarayonlari va qon umumiy tahlili ko‘rsatkichlari bilan chambarchas bog‘liqligi ilmiy asoslab berildi. Bu yondashuv bemorlar sog‘lig‘ini saqlash sog‘liqni saqlash tizimida ortiqcha xarajatlarni tejash imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: aspirin rezistentligida ITGA2 (TT) va P2RY12 (H2+), klopidogrel rezistentligida CYP2C19 LOF (*2/*3) genotiplarining farmakogenetik skriningi yuqori trombotik xavfga ega bemorlar guruxida antiagregant davo samaradorligini optimallashtirishining asoslanganligi Toshkent shaxridagi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasining 03.06.2025 yildagi 67-sonli, Toshkent shahridagi 3-son klinik shifoxonasining 24.06.2025 yildagi 48-sonli, Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasining 30.06.2025 yildagi 01-70-sonli hamda Navoiy shahridagi viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 02.07.2025 yildagi 3892-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 17 dekabrdagi 31/19-son xulosasi). Ijtimoiy samardorlik: ushbu ilmiy yangilik asosida yurak ishemik kasalligida antiagregant dori vositalariga rezistentlik holatining genetik aspektlari asosida kompleks taxlil qilish erta bashorat qilish imkoniyatlari kengaydi va ushbu model asosida ishlab chiqilgan “individual rezistentlik shkalasi” klinik amaliyotda shaxsiylashtirilgan antiagregant davoni tanlashda ishonchli prognostik vosita bo‘lib xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorlik: farmakogenetik skrining orqali antiagregant davo samaradorligini optimallashtirish keraksiz laborator taxlillar, qimmatli instrumental tekshiruvlar va asossiz shifoxonaga yotqizilishlarning oldi olindi. Xulosa: Mahalliy populyasiyada genetik polimorfizmlarni aniqlash orqali rezistentlik xavfini bashorat qilish va terapiya strategiyasini individuallashtirish imkoniyatini berdi. Shu bilan birga, bemorlar uchun xayot sifatini saqlab qolishda va salomatlikni barqarorlashtirishda muxim omil bo‘lib xizmat qildi.
beshinchi ilmiy yangilik: shaxsiylashtirilgan antiagregant terapiya taktikasining ilmiy va amaliy asoslanganligi Toshkent shaxridagi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasining 03.06.2025 yildagi 67-sonli, Toshkent shahridagi 3-son klinik shifoxonasining 24.06.2025 yildagi 48-sonli, Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasining 30.06.2025 yildagi 01-70-sonli hamda Navoiy shahridagi viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 02.07.2025 yildagi 3892-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 17 dekabrdagi 31/19-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: shaxsiylashtirilgan antiagregant yondashuv klinik foydani aniq ta’minlaydi: yurak-qon tomir asoratlari MACE (major adverse cardiovascular events), MI, insul`t va stent trombozi chastotalarini sezilarli kamaytiradi, asoratsiz yashash ehtimolini oshirib resurslardan oqilona foydalanishga yordam beradi hamda genetik–funksional–klinik integratsiyaga asoslangan algoritm yurak-qon tomir xavfini aniq stratifikatsiya qiladi, dori tanlovini optimallashtiradi va yuqori xavfli bemorlarda davolash natijalarini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorlik: individuallashtirilgan yondashuvning ma’lum bir iqtisodiy xarajatlarga ega bo‘lsada (genotiplash, funksional testlar), ammo ularning xavf-xarajatga nisbatan samarasi yuqori bo‘lib ushbu iqtisodiy samaradorlik shifoxonalarda resurslarni maqsadli va oqilona taqsimlashga, tibbiy jixozlar va laboratoriya xizmatlaridan foydalanishni optimallashtirishga xizmat qildi. Xulosa: shaxsiylashtirilgan antiagregant davo algoritmining klinik amaliyotga joriy qilinishi rezistentlik bilan bog‘liq muammolarni kamaytirish, asoratlar xavfini pasaytirish va zamonaviy kardiologiyada individual yondashuv tamoyillarini mustahkamlashga olib keldi. Bu ilmiy yangilik tibbiy amaliyotda yuqori qiymatga ega bo‘ldi va uning joriy etilishi yurak ishemik kasalligida antiagregant davoni samarali boshqarish va oqilona tadbirlar qo‘llash imkoniyatini berdi.