G‘aniev Axrorjon Alisher o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek immigrantlarining ijtimoiy-psixologik moslashuviga ta’sir etuvchi psixologik omillar (Koreya Respublikasida istiqomat qiluvchi O‘zbekiston fuqarolari misolida)”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4PhD/P1073.
Ilmiy rahbar: Dumarov Mashxurbek Xasanovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.R.03.02.
Rasmiy opponentlar: Karimova Vasila Mamanosirovna psixologiya fanlari doktori, professor; Baratov Sharif Ramazonovich, psixologiya fanlari doktori, professor 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy Koreyada istiqomat qiluvchi o‘zbek immigrantlarining ijtimoiy-psixologik moslashuviga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash asosida ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Janubiy Koreyadagi o‘zbek migrantlarining ijtimoiy-psixologik moslashuvida madaniy intellektning psixologik rezilentlikka uyg‘un namoyon bo‘lishi muhimligiga ko‘ra til bilan bog‘liq to‘siqlarning darajasi milliy identifikatsiyani saqlagan holda koreys jamiyatiga adaptiv integratsiyasini ta’minlovchi yetakchi omil ekanligi aniqlangan;
o‘zbek immigrantlarining migratsiya va akkulturatsiya jarayonlaridagi psixologik mexanizmlariga ko‘ra moslashuvning individual hamda ijtimoiy omillari (yoshi, jinsi, iqtisodiy ta’minoti) o‘rtasidagi bog‘liqlikka asoslanib psixologik farovonlikning stress menejment darajasi til kompetensiyasi orqali namoyon bo‘lishi isbotlangan;
O‘zbekistonlik immigrantlarning moslashuv jarayonini psixologik mexanizmlariga ko‘ra ijtimoiy adaptatsiya strategiyalari va akkulturatsiya stressining shaxsiy resurslarni faollashtirishi natijasida shaxsiy va madaniy rivojlanishdagi ichki transformatsiyaning ijtimoiy kompensatsiya konstruktlari asosida yuzaga chiqishi dalillangan;  
Janubiy Koreyada istiqomat qiluvchi o‘zbekistonlik immigrantlarning ijtimoiy-psixologik moslashuvini qo‘llab-quvvatlashda akkulturatsiya va identifikatsiya muvozanatini ta’minlash muhimligiga asoslanib  integrativ moslashuv modelining dinamik transformatsion shakli taklif qilingan;
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:  O‘zbek immigrantlarining Janubiy Koreya jamiyatiga moslashish jarayonidagi ijtimoiy-psixologik omillarini aniqlash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Janubiy Koreyadagi o‘zbek migrantlarining ijtimoiy-psixologik moslashuvida madaniy intellektning psixologik rezilentlikka uyg‘un namoyon bo‘lishi muhimligiga ko‘ra til bilan bog‘liq to‘siqlarning darajasi milliy identifikatsiyani saqlagan holda koreys jamiyatiga adaptiv integratsiyasini ta’minlovchi yetakchi omil ekanligi asosidagi ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 17-maydagi PM-92-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” modullariga kiritildi (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 17-maydagi PM-92-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ilmiy ishlanma oliy ta’lim jarayonida ijtimoiy-psixologik bilimlarni boyitish va migratsiya psixologiyasi bo‘yicha amaliy tayyorgarlikni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
o‘zbek immigrantlarining migratsiya va akkulturatsiya jarayonlaridagi psixologik mexanizmlariga ko‘ra moslashuvning individual hamda ijtimoiy omillari (yoshi, jinsi, iqtisodiy ta’minoti) o‘rtasidagi bog‘liqlikka asoslanib psixologik farovonlikning stress menejment darajasi til kompetensiyasi orqali namoyon bo‘lishi isbotlandi va ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 17-maydagi PM-92-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” modullariga kiritildi (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 17-maydagi PM-92-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ilmiy natijalar migratsiya psixologiyasi sohasida ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish hamda amaliy psixologik faoliyatda akkulturatsiya jarayonlarini baholash mezonlarini takomillashtirishga xizmat qilmoqda.
O‘zbekistonlik immigrantlarning moslashuv jarayonini psixologik mexanizmlariga ko‘ra ijtimoiy adaptatsiya strategiyalari va akkulturatsiya stressining shaxsiy resurslarni faollashtirishi natijasida shaxsiy va madaniy rivojlanishdagi ichki transformatsiyaning ijtimoiy kompensatsiya konstruktlari asosida yuzaga chiqishi ilmiy jihatdan asoslab berildi va ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 17-maydagi PM-92-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” modullariga kiritildi (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 17-maydagi PM-92-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ilmiy asoslangan metodologiya ijtimoiy-psixologik tadqiqotlarda migrantlarning moslashuv strategiyalarini baholash va psixologik yordam dasturlarini takomillashtirishda qo‘llanilmoqda.
Janubiy Koreyada istiqomat qiluvchi o‘zbekistonlik immigrantlarning ijtimoiy-psixologik moslashuvini qo‘llab-quvvatlashda akkulturatsiya va identifikatsiya muvozanatini ta’minlash muhimligiga asoslanib  integrativ moslashuv modelining dinamik transformatsion shakli taklif qilingan, shu bilan birgalikda, ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 17-maydagi PM-92-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” modullariga kiritildi (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 17-maydagi PM-92-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu amaliy tavsiyalar migratsiya psixologiyasi sohasida ijtimoiy-psixologik yordam tizimini takomillashtirish, psixokorreksion ishlarning samaradorligini oshirish va madaniyatlararo moslashuv dasturlarini rivojlantirishga zamin yaratdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish