Abduvalieva Ikbolxon Xolmurod kizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Miokard infarktida buyrak zararlanishining laborator markerlarini solishtirma o‘rganish va renal disfunksiyani erta tashxislash” 14.00.25 – «Klinik-laborator va funksional diagnostika», 14.00.05 – «Ichki kasalliklar» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib 4675.
Ilmiy rahbarlar: Muxamedova Nurxon Xalimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Gadaev Abdigaffar Gadaevich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib 01.02. raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Aripov Orifjon Abdumalikovich tibbiyot fanlari doktori, professor; Tulyaganova Dildora Karimovna tibbiyot fanlari doktori
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: miokard infarktining o‘tkir davrida buyrak koptokchalari va kanalchalarida yuzaga keluvchi o‘zgarishlarni kreatinin, sistatin S, neytrofil jelatinazaga bog‘liq lipokalin (NGAL) va buyrak zararlanishi molekulasi-1 (KIM-1) ko‘rsatkichlari asosida solishtirma tahlil qilishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
miokard infarktining ilk uch kunida bemorlarning 30% holatida o‘tkir buyrak zararlanishining erta shakllanishi kuzatilib, bu holat qon zardobida NGAL konsentratsiyasining ahamiyatli oshishi bilan namoyon bo‘lishi aniqlangan;
miokard infarktining o‘tkir davrida o‘tkazilgan qiyosiy tahlillar natijasida NGAL o‘tkir buyrak zararlanishini erta aniqlashda eng ishonchli biomarker ekanligi, KIM-1 va sistatin-C markerlari yuqori tashxisiy ahamiyatga ega bo‘lsa-da, ularning sezgirligi va maxsusligi NGAL ga nisbatan pastligi asoslangan;
miokard infarktining o‘tkir bosqichida qon zardobidagi troponin darajasi bilan NGAL o‘rtasida kuchli, KIM-1 va sistatin-C bilan esa o‘rtacha darajadagi ishonchli musbat korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi xamda kardiomiotsit nekrozining og‘irligi buyrak to‘qimasi zararlanishi biomarkerlari dinamikasi bilan uzviy bog‘liq ekanligi aniqlangan;
miokard infarkti o‘tkazgan bemorlarda standart davo tarkibida angiotenzinni aylantiruvchi ferment ingibitorlari va angiotenzin II reseptorlari antagonistlarini qo‘llash buyrak funksiyasini barqarorlashtirishga xizmat qilib, o‘tkir buyrak disfunksiyasi rivojlanish xavfini kamaytirishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Miokard infarktida buyrak zararlanishining laborator markerlarini solishtirma o‘rganish va renal disfunksiyani erta tashhislash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: miokard infarktining ilk uch kunida bemorlarning 30% holatida o‘tkir buyrak zararlanishining erta shakllanishi kuzatilib, bu holat qon zardobida NGAL konsentratsiyasining ahamiyatli oshishi bilan namoyon bo‘lishi aniqlanganligi Toshkent shahar Chilonzor tumani 34-oilaviy poliklinikasining 30.11.2025 yildagi 155-sonli buyrug‘i, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Mao-Med xususiy klinikasining 30.11.2025 yildagi 73-sonli buyrug‘i, Andijon davlat tibbiyot instituti Yu.Otabekov nomli klinikasining 13.11.2025 yil 155-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 17 dekabrdagi №31/35sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: miokard infarktining o‘tkir davrida o‘tkir buyrak zararlanishining erta shakllanishi NGAL ko‘rsatkichlarining oshishi bilan namoyon bo‘lishini aniqlash orqali, bemorlarda buyrak disfunksiyasini erta bosqichda tashxislash, yuqori xavfli holatlarni o‘z vaqtida aniqlash va kardiorenal asoratlarning oldini olishga qaratilgan maqsadli davolash choralarini amalga oshirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘tkir buyrak zararlanishini NGAL yordamida erta aniqlash orqali kasallik asoratlarining og‘irlashishini kamaytirish, shifoxonada davolanish muddatini qisqartirish va qo‘shimcha diagnostik hamda davolash xarajatlarini kamaytirish hisobiga sog‘liqni saqlash tizimi uchun mablag‘ tejalishiga erishiladi. Xulosa: miokard infarktida o‘tkir buyrak zararlanishining NGAL orqali erta aniqlanishi bemor holatini prognozlash, davolash taktikasini o‘z vaqtida optimallashtirish hamda kardiorenal asoratlarni kamaytirish orqali bemorlarning hayot sifati va mehnatga layoqatliligini saqlab qolish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: miokard infarktining o‘tkir davrida o‘tkazilgan qiyosiy tahlillar natijasida NGAL o‘tkir buyrak zararlanishini erta aniqlashda eng ishonchli biomarker ekanligi, KIM-1 va sistatin-C markerlari yuqori tashxisiy ahamiyatga ega bo‘lsa-da, ularning sezgirligi va maxsusligi NGAL ga nisbatan pastligi asoslanganligi Toshkent shahar Chilonzor tumani 34-oilaviy poliklinikasining 30.11.2025 yildagi 155-sonli buyrug‘i, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Mao-Med xususiy klinikasining 30.11.2025 yildagi 73-sonli buyrug‘i, Andijon davlat tibbiyot instituti Yu.Otabekov nomli klinikasining 13.11.2025 yil 155-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 17 dekabrdagi №31/35sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: miokard infarktining o‘tkir davrida o‘tkir buyrak zararlanishini erta aniqlashda NGAL eng ishonchli biomarker sifatida qo‘llanilishi orqali bemorlarda buyrak disfunksiyasini o‘z vaqtida tashxislash, asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirish va davolash samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan. Iqtisodiy samaradorligi: NGAL ni ustuvor diagnostik marker sifatida joriy etish orqali ortiqcha va kam samarali laborator tekshiruvlarni qisqartirish, kasallikning og‘irlashish holatlarini kamaytirish va shifoxonada davolanish muddatini qisqartirish hisobiga sog‘liqni saqlash tizimi uchun mablag‘ tejalishiga erishilgan. Xulosa: miokard infarktida o‘tkir buyrak zararlanishini erta aniqlashda NGAL ni qo‘llash tashxis qo‘yish aniqligini oshirish, davolash taktikasini o‘z vaqtida to‘g‘rilash va bemorlarda kardiorenal asoratlarning rivojlanishini kamaytirish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: miokard infarktining o‘tkir bosqichida qon zardobidagi troponin darajasi bilan NGAL o‘rtasida kuchli, KIM-1 va sistatin-C bilan esa o‘rtacha darajadagi ishonchli musbat korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi xamda kardiomiotsit nekrozining og‘irligi buyrak to‘qimasi zararlanishi biomarkerlari dinamikasi bilan uzviy bog‘liq ekanligi aniqlanganligi Toshkent shahar Chilonzor tumani 34-oilaviy poliklinikasining 30.11.2025 yildagi 155-sonli buyrug‘i, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Mao-Med xususiy klinikasining 30.11.2025 yildagi 73-sonli buyrug‘i, Andijon davlat tibbiyot instituti Yu.Otabekov nomli klinikasining 13.11.2025 yil 155-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 17 dekabrdagi №31/35sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: miokard infarktining o‘tkir davrida troponin bilan NGAL, KIM-1 va sistatin S o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlash orqali yurak va buyrak funksional o‘zgarishlarini kompleks baholash, kardiorenal asoratlarni erta aniqlash va bemor holatini prognozlash imkoni yaratilgan. Iqtisodiy samaradorligi: troponin va buyrak zararlanishi markerlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni hisobga olgan holda diagnostika algoritmini optimallashtirish orqali qo‘shimcha tekshiruvlarga ehtiyojni kamaytirish, asoratlarning oldini olish va shifoxonada davolanish xarajatlarini qisqartirishga erishilgan. Xulosa: troponin va buyrak zararlanishi biomarkerlari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlikni aniqlash kardiorenal o‘zgarishlarni erta baholash, davolash taktikasini o‘z vaqtida to‘g‘rilash va bemorlarda asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: miokard infarkti o‘tkazgan bemorlarda standart davo tarkibida angiotenzinni aylantiruvchi ferment ingibitorlari va angiotenzin II reseptorlari antagonistlarini qo‘llash buyrak funksiyasini barqarorlashtirishga xizmat qilib, o‘tkir buyrak disfunksiyasi rivojlanish xavfini kamaytirishi asoslanganligi Toshkent shahar Chilonzor tumani 34-oilaviy poliklinikasining 30.11.2025 yildagi 155-sonli buyrug‘i, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Mao-Med xususiy klinikasining 30.11.2025 yildagi 73-sonli buyrug‘i, Andijon davlat tibbiyot instituti Yu.Otabekov nomli klinikasining 13.11.2025 yil 155-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 17 dekabrdagi №31/35sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: miokard infarkti o‘tkazgan bemorlarda standart davolash tarkibida angiotenzin aylantiruvchi ferment ingibitorlari va angiotenzin reseptorlari antagonistlarini qo‘llash o‘tkir buyrak disfunksiyasining kamayishiga xizmat qilib, kardiorenal asoratlarning oldini olish va bemorlarning klinik holatini barqarorlashtirish imkonini yaratilgan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur dori vositalarini qo‘llash orqali buyrak disfunksiyasi og‘irlashishining kamayishi, qo‘shimcha davolash tadbirlariga ehtiyojning qisqarishi va statsionar davolanish muddatining kamayishi hisobiga sog‘liqni saqlash tizimi uchun xarajatlarni kamaytirishga erishilgan. Xulosa: angiotenzin aylantiruvchi ferment ingibitorlari va angiotenzin reseptorlari antagonistlarini standart terapiya tarkibida qo‘llash miokard infarktida buyrak disfunksiyasini kamaytirish, davolash samaradorligini oshirish va bemorlarda asoratlar rivojlanish xavfini pasaytirish imkonini bergan.