Abdirimov Inoyatbek Axmedovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari kreativ fikrlashini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7767
Ilmiy maslahatchi F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xudoynazarov Egambergan Madraximovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.01/2025.27.12.Ped.12.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Salaeva Muhabbat Saburovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini kreativ fikrlashga o‘rgatishning pedagogik tizimini takomillashtirish asosida metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ fikrlashni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari raqamli avlodning “kulminatsiya”ga intilishini “ijodkor o‘quvchi” loyihasi orqali sinergiyaning bifurkatsion nuqtasi bilan multimodal identivligi asosida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ fikrlashini rivojlantirish metodikasi o‘quv mashg‘ulotlaridagi “pastdan-yuqori”ga yo‘nalganlikdan taksonomik arxitektonika orqali “yuqoridan-past”ga konstruktiga kognitiv generatsiya asosida o‘zgarishiga ko‘ra takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ fikrlashini rivojlantirish modeli kolobrativ yondashuvga ko‘ra “o‘rganishga o‘rgatish”ga yo‘naltirilgan subekt-resursli maʼlumotlarni gemifikatsiyalash jarayoniga metokognitiv refleksiyani kiritish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ fikrlashni rivojlantirish metodikasining samaradorligi metakreativ va refleksiv tafakkurni rivojlantirishning siklik zanjirli kichik prototiplarini generatsiya qilish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ fikrlashini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ fikrlashni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari raqamli avlodning “kulminatsiya”ga intilishini “ijodkor o‘quvchi” loyihasi orqali sinergiyaning bifurkatsion nuqtasi bilan multimodal identivligi asosida aniqlashtirishga oid takliflari “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrugʻi, 314642 raqamli guvohnoma). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ fikrlashini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ fikrlashini rivojlantirish metodikasi o‘quv mashg‘ulotlaridagi “pastdan-yuqori”ga yo‘nalganlikdan taksonomik arxitektonika orqali “yuqoridan-past”ga konstruktiga kognitiv generatsiya asosida o‘zgarishiga ko‘ra takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Xalq pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-son buyrugʻi, 332878 raqamli guvohnoma). Natijada, ijodkorlik faoliyati samaradorligini tashxis etish va korreksiyalash mazmunini jadallashtirishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ fikrlashini rivojlantirish modeli kolobrativ yondashuvga ko‘ra “o‘rganishga o‘rgatish”ga yo‘naltirilgan subekt-resursli maʼlumotlarni gemifikatsiyalash jarayoniga metokognitiv refleksiyani kiritish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalari asosida boshlang‘ich ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Kreativ fikrlash” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-maydagi 194-son buyrugʻi, 194-418 raqamli guvohnoma). Natijada, boshlang‘ich ta’lim tizimi oldiga qo‘yilayotgan bugungi strategik talablarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etish imkonini bergan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ fikrlashni rivojlantirish metodikasining samaradorligi metakreativ va refleksiv tafakkurni rivojlantirishning siklik zanjirli kichik prototiplarini generatsiya qilish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalaridan “Boshlang‘ich ta’lim konsepsiyasi” g‘oyalarini amaliyotga tatbiq qilishda foydalanilgan (Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligining 2025-yil 22-apreldagi 03-33-1118-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ijodiy mazmundagi topshiriqlar orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ fikrlashni rivojlantirish metodikasini takomillashtirilishiga xizmat qilgan.Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Mazkur tadqiqot natijalari 4 ta xalqaro va 5 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokamadan o‘tkazilgan.