Radjapova Nozima Shavkatovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Grek yong‘og‘i barglari quruq ekstraktini olish va uning asosida BFQ texnologiyasini ishlab chiqish», 15.00.01 – Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Far114.
Ilmiy rahbar: Karieva Yokut Saidkarimovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK rakami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.06/2025.27.12.Far.23.01.
Rasmiy opponentlar: Tuxtaev Xakim Raxmonovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor;  Xalilov Ravshan Muradjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: grek yong‘og‘i (Juglans regia L.) barglaridan gel`mintlarga qarshi ta’sirga ega quruq ekstrakt olish va uning asosida kapsula shaklidagi BFQ texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor grek yong‘og‘i barglaridan yuglonni ekstraksiya qilish uchun maqbul sharoitlar Boks-Uilson matematik rejalashtirish usulida aniqlangan;
yuglonning spirtli eritmasini lotin kvadratlari 3×3 sxema bo‘yicha matematik rejalashtirish usuli yordamida havoni majburiy shamollatish qurilmasida quritishning maqbul sharoiti belgilangan va quruq ekstrakt olishning sanoat texnologiyasi ishlab chiqilgan;
grek yong‘og‘i barglari QEning struktura-mexanik, farmako-texnologik xossalari va nam yutish kinetikasini aniqlash natijasida kapsula shaklidagi BFQ tarkibi tanlangan va texnologiyasi ishlab chiqilgan;
grek yong‘og‘i barglari QE va uning asosidagi biologik faol qo‘shimchaning sifat va miqdor ko‘rsatkichlari aniqlangan hamda me’yorlar belgilanib, amaldagi me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilgan talablarga muvofiqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Grek yong‘og‘i barglari quruq ekstraktini olish va uning asosida BFQ texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Yunglon quruq ekstrakti» uchun korxona farmakopeya maqolasi loyihasi O‘zR SSV huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi Markazi» Davlat muassasasiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun topshirilgan («Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi Markazi» Davlat muassasasining 2025 yil 8 iyuldagi 41/11-12619-son xati, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Ushbu me’yoriy hujjatning tasdiqlanishi samarali antigel`mint dori vositasini ishlab chiqarish imkonini beradi;
grek yong‘og‘i barglari quruq ekstrakti asosidagi BFQ ishlab chiqarish bo‘yicha Texnologik yo‘riqnoma (TI 27664053-16:2025) O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan va O‘zR SSV tomonidan ushbu BFQni ishlab chiqarish uchun ruxsat berilgan (979471-son ruxsatnoma). Natijada, «MALIKA LABORATOPIES» MChJda kapsula shaklidagi biologik faol qo‘shimchani ishlab chiqarish imkonini bergan;
grek yong‘og‘i barglari quruq ekstrakti uchun tajriba sanoat reglamenti «Samarkand-England Eco-Medical» MChJ QK bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (OPR 8017-1509-2025). Mazkur hujjatning tasdiqlanishi natijasida gel`mintlarga qarshi dori vositasi uchun me’yoriy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilishi va ro‘yxatga olinishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish